ikkinchi signal tizimi
katta ahamiyatga ega,
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar,
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya,
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin.
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
Positive moods tend to trigger more left frontal lobe activity. People with
posi¬tive personalities—exuberant infants and alert, enthusiastic, energized, and
persis¬tently goal-directed adults—also show more activity in the left frontal lobe
than in the right.
Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki,
dastlab uning doirasida differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni
chegaralangan bo’lsa, key-inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-
qarshi qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin
XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni
asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa
sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor,
lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi:
“Ta’lim printsiplari bor ekan, hamisha tarbiya printsiplari ham bo’ladi, yoki
aksincha”.
Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy g’oyalarida chu-
qur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va
tarbiya elementlarini
bir
butun
tizim
sifatida tushundi.
K.
D.
Ushinskiyning taraqiyparvar g’oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F.
Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini
topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U
pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil
qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-
nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va
vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.SHatskiy, P.P.Blonskiy, M.M.Rubin-shteyn,
A.S.Makarenko yagona pedagog jarayonning taraqqiyotiga katta hissa qo’shishdi.
XX asrning 70-yillarida Yu.K. Babanskiy, B.S.Ilьin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy,
B.T.Lixachev, Yu.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy
qiziqish bilan qarashdi. Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik
yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi.
U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan:
tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o’zaro aloqadorlikni aniqlash
kabilarni o’zida jamlaydi.
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy katego-riyalaridan
biri.
Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilar-ning
boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi
o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.
U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim
sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va
ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyo-siy, axloqiy,
madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mo-hiyati, mazmuni
va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab
chiqarish munosabatlarining real o’zaro haraka-tiga bog’liq bo’ladi.
O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik, undagi barcha
muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-lash pedagogik
jarayonning mohiyatini tashkil etadi.
Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir.
Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari
birlashadi.
Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha
jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab
ichki munosabatlari:
- uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
- undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
- umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi.
Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda
qonuniy joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash
mumkin. Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi
joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida
belgilangani bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi.
Pedagogik jarayonning o’zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar
bilan xarakterlanadi.
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar
kiradi:
- pedagoglar;
- tarbiyalanuvchilar;
- tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p
obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni
tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga
qamrab oladi.
Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani
qo’yadigan ma’noni aks ettiradi.
Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz
belgilangan
natijalarga
erishish
mumkin
bo’lmagan
pedagoglar
va
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism
pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham
nomlanadi.
Xulosa
Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samarador-ligini aks
ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib
kelish bilan xarakterlanadi.
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-
nent)larni quyidagicha bo’lib ko’rsatadi:
- tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;
- ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishi-ni
ta’minlovchi pedagogik kadrlar;
- tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;
- ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar);
- moddiy-texnik ta’minot;
- tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy ta’mi-noti;
- shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-moiy);
- tashkil etish va boshqarish.
Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy tarkibiy
qismlari deb hisoblaydi:
- tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi
vazifalar;
- ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o’qitish;
- tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga oshiruvchi
boshqarish;
- turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim oluvchilar
guruhining tuzilishi va taqsimlanishi;
- mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo’lishlari shart;
- o’qituvchilar;
- o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filьmlar, laboratoriyalar va
boshqalar;
- o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino;
- texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar;
- bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar,
tayyorgarlik sifati qoidalari;
- bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari;
- ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: |