Vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 292,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.10.2023
ölçüsü292,55 Kb.
#129079
1   2   3   4   5   6   7
Karimov Umumiy

faollashtirish 
nazariyasi
Djems-Lange 
va 
Kennon-Bardlarning 
psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi.


Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining 
retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning 
faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror 
bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir. 
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, 
tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning 
orasida, birinchi navbatda, L. Festingerning 
kognitiv dissonans nazariyasi
ni 
ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi
dissonans
dir. Bu sub’ektning 
ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga 
keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional 
kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday 
ijobiy emotsional holat
konsonans
sifatida xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar 
faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans 
bo‘lganida yuzaga keladi. 
S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan 
emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy 
o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv 
baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb va ehtiyojlari 
asosida shakllanadi. 
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar 
axborot 
beruvchi konsepsiyasi
ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional 
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini 
baholashi bilan belgilanadi.
Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba 
asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, 
zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda 
amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = 
E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va 
o‘ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – 
ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot. 


Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda 
ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); 
ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan 
holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining 
sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa 
sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. 
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. 
I.P. Pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va 
ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati 
ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, 
ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida 
sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar 
kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i 
shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi 
ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. 
Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan 
xursandchilik sezadilar. 
Inson hissiyotli kechinmalarida 

Yüklə 292,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə