Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari 1-kurs 114-guruh talabasi hayvonlar anato‘miyasi fanidan prezintatsiyasi kenjayev fozilbek



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə12/13
tarix31.12.2021
ölçüsü1,94 Mb.
#81983
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
FAZILBEK KENJAYEV

Nog‘orasimon qismi pars tympanica – pastga tomon yo‘nalgan bo‘lib, yaxshi rivojlanmagan. Unda qattiq nog‘ora suyak pardasi - bulla ossea bo‘ladi va u erda eshitish naychasi tuba auditiva orqali tomoqqa ochiluvchi nog‘orasimon suyak bo‘shlig‘i – cavum tympani joylashadi.

  • Nog‘orasimon qismi – pars tympanica – pastga tomon yo‘nalgan bo‘lib, yaxshi rivojlanmagan. Unda qattiq nog‘ora suyak pardasi - bulla ossea bo‘ladi va u erda eshitish naychasi – tuba auditiva orqali tomoqqa ochiluvchi nog‘orasimon suyak bo‘shlig‘i – cavum tympani joylashadi.
  • Nog‘orasimon qismining yon tomonida quloq suprasiga ochiladigan tashqi eshitish yo‘li – meatus acusticus externus bo‘ladi. Tashqi eshitish yo‘li va nog‘ora pardasi o‘rtasida til osti o‘simtasi processus hyoideus va undan orqada yuz nervlari o‘tishi uchun yuz kanalining teshigi – canalis tacialis bo‘ladi. Nog‘ora suyak pardasida muskul o‘simtasi processus mussularis joylashadi, nog‘ora pardasining oldirog‘ida esa tashqi eshitish nayining teshigi foramen tubae auditivae yotadi.
  • So‘rg‘ichsimon qismi – pars mastoidea – yaxshi rivojlanmagan va hayvon hayotining boshlanishidayoq tashqi eshitish yo‘li hamda chakka suyagining tangachasimon qismi bilan qo‘shilib ketadi. Ensa suyagining bo‘yinturuq o‘simtasi asosida so‘rg‘ichsimon o‘simta – processus mastoideus ko‘rinishida chiqadi
  • Qoyasimon qismi pars petrosa ichki quloqning chig‘anoqsimon qismidan tuzilgan, uning yuzasi miya bo‘shlig‘iga qaragan. Uning qoyasimon tarog‘i – crista petrosa qoramolda uncha yaxshi rivojlanmagan. Qoyasimon qism yuzasida bitta kattaroq teshik bo‘lib, uning ostidan ichki eshitish yo‘li – meatus acusticus internus va yuz kanali – canalis facialis ochiladi.
  • Bosh-tepa oraliq suyagi – os interparietale tepa va ensa suyaklari orasida yotadi va bilinar – bilinmas chegarada ular bilan birlashadi. U to‘rtburchak shaklda bo‘lib, miya bo‘limi suyaklarining eng kichigi hisoblanadi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə