Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


Musobaqa haqida tushuncha va musobaqa turlari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə4/40
tarix23.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#118724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
valiybolllll

Musobaqa haqida tushuncha va musobaqa turlari
Musobaqa keng ma’noda har bir insonni yakka tartibda, biror raqibga nisbatan yoki jamoani jamoaga nisbatan muayyan sohada (san’at, adabiyot, ishlab chiqarish, sport va h.) raqobat ta’sirida o‘z imkoniyatlarini safarbar etib, yuksak natijaga erishish tushunchasini anglatadi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda o‘ziga xos tartib-qoidalar, shart-sharoitlar, maqsad va vazifalar belgilanadi.
Sport musobaqasi – bu ma’lum muddat ichida shakllangan yoki shakllantirilgan madaniy-ma’naviy, intellektual salohiyat, jismoniy-ruhiy va texnik-taktik tayyorgarlikka asoslangan imkoniyatlarni raqobat ta’sirida namoyish etish va yuksak natijaga erishishga qaratilgan integral jarayondir.
Sport musobaqalari, miqyosidan qat’iy nazar bir qator turlarga bo‘linadi: Olimpiada o‘yinlari, Chempionat, Kubok musobaqalari, turnirlar va h. O‘zbekistonda esa bundan tashqari boshqa davlatlarda o‘xshashligi yo‘q “Umidnihollari”, “Barkamolavlod”, “Universiada” kabi uch pog’onali va ko‘p bosqichli ommaviy sport musobaqalari an’anaviy tarzda muntazam o‘tkazilishi odat tusiga kirgan.
Tarixiy an’analarga ko‘ra har bir musobaqa o‘z miqyosi va maqomidan qat’iy nazar o‘ziga xos tarbiyaviy, ijtimoiy, siyosiy ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya va sportni sog’lomlashtiruvchi, tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni shakllantiruvchi, barkamol avlodni tarbiyalovchi xamda intellektual salohiyatni oshiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Aynan musobaqa sport geografiyasi va uni ommaviylik doirasini kengaytirishdek strategik maqsadni hal etadi.


Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari
Musobaqalarning turi (birinchiliklar, saralash musobaqalari, chempionatlar, Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va h.k.) va miqyosidan (tuman, viloyat, shahar, Respublika, Osiyo, Ovro‘pa, Jahon) qat’iy nazar, har bir musobaqa o‘ziga xos senariy va dastur asosida o‘tkaziladigan ochilish hamda yopilish marosimlari bilan farqlanadi. Musobaqaning ochilishi va yopilishiga doir senariyda rasmiy dasturlardan tashqari mahalliy, milliy va umumbashariy an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar hamda udumlarga xos turli ko‘ngilochar tadbirlar (san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblarining chiqishlari va h.k.) joy olishi mumkin.
Musobaqaning ochilish va yopilish senariysida belgilangan dastur avvaldan puxta ishlab chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi.
Quyida na’muna sifatida musobaqaning ochilish va yopilish marosimiga doir senariysi keltirilgan:
- musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sadolari ostida ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni saflantirib joylashtiradi;
- bosh hakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (komanda) bilan tashkiliy qo‘mita «markazi»ga qaratadi va tantanavor ravishda kelib tashkiliy qo‘mita raisiga ishtirokchi jamoalarning musobaqaning ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot beradi;
- tashkiliy qo‘mita raisi qisqacha musobaqaning maqsadi va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida gap yuritib, tabrik so‘zini faxriy shaxs (rahbar yoki rahbar nomidan tabriklaydigan shaxs)gaberadi;
- tabrik so‘zi yakunlanganidan so‘ng, bosh hakam ishtirokchi jamoalar nigohini davlat bayrog’i joylashtirilgan tomonga qaratadi;
- davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog’i ko‘tariladi;
- davlat madhiyasi tugab, davlat bayrog’i ko‘tarilganidan so‘ng bosh hakam musobaqa ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga sihat-salomatlik, musobaqa o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi;
- bosh hakam ishtirokchi jamoalarni musiqa sadosi ostida maydondan olib chiqadi;
- musobaqaning ochilishi marosimidan so‘ng musobaqa jadvali bo‘yicha birinchi o‘yinda ishtirok etadigan jamoalar maydonga tashrif buyurishadi va musobaqa o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə