Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Qadimgi Eron madaniyati
. Behistun qoyasiga o‘yib yozilgan 
yozuvlar, Doro I ning yozuvlari va Naqshi Rustam hamda Bobil 
va Misr yozuvlari, qadimgi Eron xalqlari tarixi va madaniyati 
to‘g‘risida birmuncha tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 
Aslida Eron hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar XIX 
asrning o‘rtalarida boshlangan bo‘lsa-da, asosiy ilmiy tekshirish 
ishlari XX asrda o‘tkazilgan Eronning qadimgi poytaxti Persepolda 
olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Eron xalqlarining 
arxitekturasi, tasviriy san’ati, hunarmandchiligi to‘g‘risida bir qator 
qimmatli ma’lumotlarni bergan.
Suza shahrida olib borilgan qazishmalar esa qadimgi Eronda 
toshdan buyumlar yasash, kulolchilik va to‘quvchilik yuksak 
darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Metallurgiya esa juda sekinlik 
bilan rivojlangan. Shu sababli uzoq vaqtgacha tosh qurollar asosiy 
mehnat quroli bo‘lib qolgan.
Qadimgi Eronda suv muqaddas hisoblangan. Shu sababli 
muqaddas Vorukash ko‘li to‘g‘risidagi tasavvur suvga e’tiqod 
asosiy elementi hisoblangan. Suv ruhi Apam-Napatga e’tiqod 
qilish muqaddas «Avesto»da saqlanib qolgan. Shuningdek, qadimgi 
Eronliklar oliy xudo – Axuramazdaning o‘g‘li – olov – Atarga ham 
sig‘inganlar, Olov xudosi marhamatli xudo hisoblangan va u uch 
boshli ajdaho Dahhokni yenggan. Shu bilan birga Qadimgi Quyosh 
xudosi Mitra, yer, suv va hosildorlik ma’budasi Anaxitaga e’tiqod 
qilish ham qadimgi eronliklar diniy qarashlarining markazida 
turgan.
Qadimgi Eron madaniyati o‘zining eng gullagan davrini er. avv. 
V asr boshlarida boshidan kechirgan. Bu davrda ko‘plab hashamatli 
saroylar va maqbaralar qurilgan. Serjilo sopol idishlar yasalib, 
bo‘rtma (relefli) haykaltaroshlik devoriy suratlar yuzaga kelgan.
Qadimgi Eron madaniyati qadimgi Sharq madaniyati ta’siri 
ostida rivojlangan. Arxeologik qazishmalar natijasida Ahamoniylar 
davlatining poytaxtlaridan Pasargad, Persepol va Suzadan ko‘plab 
binolar – saroylar, ibodaxonalar, turar-joy binolari va boshqalarning 
qoldiqlari topilgan.
47
san’atkorlar Xitoyda bo‘ladigan tantanalar va bayramlarning doimiy 
ishtirokchisi bo‘lgan. Xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha, VII – 
VIII asrlarda Markaziy Osiyoda musiqa, raqs, qo‘shiqchilik va 
dorbozlik kabi san’atning boshqa sohalari ham rivoj topgan. Xitoy 
imperatorlari saroylarida o‘tkaziladigan tantanalarda Turkistondan 
borgan dorbozlar, akrobatlar, ko‘zboylag‘ichlar, olovyutgich va 
purkagich afsungarlar hamda qiziqchilar o‘z mahoratlarini zavq-
shavq bilan namoyish qilganlar. Hatto Xitoyning Chan’on shahri 
aholisi qo‘g‘irchoq o‘yinini ilk bor VII asrda Turkistondan borgan 
san’atkorlar ijrosida tomosha qilishga muyassar bo‘lgan.
Islomgacha bo‘lgan Turkiston musiqa madaniyatining rivojla-
nishida Marv viloyatida tug‘ilib, Eron shohi Xusrav Parvez saroyida 
faoliyat ko‘rsatgan Borbad Marvaziyning hissasi beqiyos katta 
bo‘lgan. Borbadning musiqa madaniyatini rivojlantirishdagi buyuk 
xizmati azal-azaldan iqtisodiy-madaniy aloqada bo‘lgan Turon 
va Xuroson xalqlari madaniyatining yanada boyishiga olib keldi. 
Borbad qisqa muddat ichida mashhur musiqashunos, bastakor, 
mashshoq-sozanda, hatto raqqos va shoir sifatida elga tanildi. Uning 
dovrug‘i Turon-u Eronga yoyilgan. Naql qilishlaricha, Borbadning 
ovozi shunday yoqimli bo‘lganki, uning ovozini eshitgan odamning 
qo‘shiq sehridan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan. Shu sababli o‘sha 
davrning ko‘pgina hukmdorlari Borbadning o‘z saroyida xizmat 
qilishini orzu qilganlar. Borbad Xusrav Parvez II ning olimlar, 
shoirlar, san’atkorlar va hunarmand ahliga g‘amxo‘rlik qilayotganini 
eshitib, uning saroyiga yo‘l oladi. Xusrav uni o‘z saroyiga xizmat 
qilayotgan san’atkorlarga bosh qilib qo‘yadi.
Borbad shoh Xusrav Parvezni adolatparvarlikka, ma’rifatparvarlik 
va raiyatparvarlikka undagan. Uni zulm qilishdan, aysh-ishratga 
berilishdan tiyib turgan. U Xusrav Parvezning san’atkorlarga homiyligi 
hurmati haqqi unga atab «Xusravoniy» nomli kuyni yaratgan. Uning 
bu xizmatlari shohning sevimli xotini Shirin tomonidan munosib 
taqdirlanadi. Malika Borbadga o‘zining Isfaxondagi mulkini in’om 
qiladi. Borbad ko‘plab shogirdlar yetishtiradi. Naql qilishlaricha. 
Sosoniylar sulolasi davrida mashhur bo‘lgan Nyokiso Changiy, 
Bomshod, Romtin, Ozodvor Changiy, Sarkash ismli san’atkorlar 
Borbadning shogirdlari bo‘lganlar. Borbad o‘z asarlarini ko‘proq 
tabiat hodisalariga bag‘ishlaydi. Bahor fasli, Navro‘z bayrami 


46
Chunki, qadimdan So‘g‘diyona va unga tutash bo‘lgan hududlarda 
kelinni oq rangdagi ulovda tushirib kelish marosimi mavjud bo‘lib, u 
o‘z yangasi va boshqa hamrohlar kuzatuvida bo‘lishi shart bo‘lgan. 
Malikani kuzatib kelayotgan ayollarning birinchisining qo‘liga 
so‘g‘dcha «malikaning yangasi» deb yozib qo‘yilgani bundan da-
lolat beradi.
Turk xoqonligi davrida musiqa, raqs, qo‘shiqchilik san’atlari, 
dorbozlik, masxarabozlik va qo‘g‘irchoqbozlik tomoshalari keng 
rivojlangan.
VI-VII asrlar Markaziy Osiyoda san’atning rivojlanganligi bilan 
xarakterlanadi. Ayniqsa, musiqa va qo‘shiqchilik san’atlari yuqori 
darajaga ko‘tarila boradi. Musiqa va qo‘shiqchilik san’atlarining 
rivojlanishi So‘g‘diyona hududida yaqqol sezilib turgan.
Qadimgi Markaziy Osiyo musiqa madaniyati yuksak darajada 
rivojlanganligini mintaqaning turli hududlarida olib borilgan 
arxeologik qazishmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar ham 
ko‘rsatadi. Bunga musiqachilar tasviri tushirilgan turli xil buyumlar 
va idishlar dalil bo‘la oladi. Masalan, rus olimi A.Belinskiyning 
ta’kidlab ko‘rsatishicha, birgina Panjikentda har bir bayram, to‘y-
tomosha va hatto dam marosimlari sozanda, xonanda va raqqosalarsiz 
o‘tmagan. Yoki V-VI asrlarga oid Bolaliktepadan topilgan tasvirda 
bazmi jamshid tasvirlangan bo‘lib, unda chang va nay chalayotgan 
sozandalar, qo‘shiq kuylayotgan xonanda ko‘zga tashlanadi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda musiqa va qo‘shiqchilik san’at-
larining rivojlanganligini So‘g‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona hudud-
larida bo‘lgan chet ellik sayyohlar va rasmiy kishilarning esdaliklari 
hamda yozishmalariga qarab bilsa bo‘ladi. Masalan, VII asrda 
Afrosiyobga kelgan buddaviy monaxning yozishicha, bu paytdagi 
har bir bayram va shodiyona qo‘shiq va raqslarsiz o‘tmagan. Nafaqat 
bayram va to‘y-tomoshalar, balki dafn marosimlarida ham sozanda 
va xonanda (go‘yanda)lar qatnashganlar. Go‘yandachilikning bizning 
davrimizgacha yetib kelganligi buning dalili bo‘la oladi. Ushbu davr 
san’atkorlari nafaqat Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatganlar, balki 
boshqa davlatlarda tashkil etilgan bayram, tantana va bazmlarda 
ham ishtirok etganlar.
Markaziy osiyolik san’at ahli bilan xitoylik san’atkorlar o‘rtasida 
doimiy hamkorlik mavjud bo‘lgan. Ko‘proq Markaziy osiyolik 
35
Er. avv. VI-IV asrlarda Persepoldagi podshoh saroyi ansambli 
o‘z qurilish uslubi jihatidan qadimgi Osuriya me’morchiligi 
uslubini eslatadi. Shoh saroyi tepalik ustiga qurilgan bo‘lib, unga 
bo‘rtma suratlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chiqib borilgan. 
Ulkan devorlarga shoh saroyining qo‘riqlovchi qanotli muqaddas 
xo‘kizlarning haykallari ishlangan. Ayniqsa, saroydan topilgan 
shoh, shuningdek unga turli xil sovg‘alar olib kelayotgan xiroj 
to‘lovchilarning suratlari muayyan syujet asosida ishlanganligi 
bilan ajralib turadi. Sarsonga 17 metrli to‘rtta ustundan ishlangan 
darvoza orqali o‘tib borilgan. Darvoza yo‘n tomonlarida esa qanotli 
muqaddas xo‘kizlar haykali bo‘lib ular odam boshli bo‘lgan. Saroy 
ansambliga shoh qabulxonasi, omborxona, yashash va ishlash uchun 
mo‘ljallangan xonalar bo‘lgan. Shox qabulxonasi o‘zining ko‘rkamligi 
va mahobatliligi bilan ajralib turgan qabulxonaning maydonni 
62,5x62,5 metr bo‘lib, uch tomondan ikki qavatli ayvonlar bilan 
o‘ralgan. Ayvon uchun o‘ta yengil va o‘ta nafis ustunlar ishlatilgan. 
Ularning balandligi 13,6 metr bo‘lgan. Ustunlarning yuqori kapitel 
(mukarnas)lari muqaddas xo‘kizlar haykaliga o‘xshatib ishlangan. 
Haykallarning yuzasi esa oltin plastinkalar bilan qoplangan. Saroy 
xonalari, devorlari va zinalarining yon tomonidagi yuzalarga 
bo‘rtma (relefli) tasvirlar ishlangan. Bu tasvirlarni tushirishda qizil, 
yashil, ko‘k ranglardan foydalanilgan. Bo‘rtma tasvirlarda shoh 
faoliyatiga bag‘ishlangan mavzular asosiy tasvirlarda shoh hayoti va 
faoliyatiga bag‘ishlangan mavzular asosiy o‘rinni egallagan. Saroyga 
boradigan zinaning yon tomoniga ishlangan bo‘rtma tasvirlar-33 
elat va urug‘larning shohga sovg‘a-salom olib kelishi tasvirlangan. 
Ularning kiyimlari va etnik tuzilishi (tashqi qiyofasi) aniq detallar 
bilan ko‘rsatilgan.
Xullas, Eron Ahamoniylari davrida vujudga kelgan san’at 
asarlari O‘rta Sharq xalqlari tarixida muhim o‘rin egallaydi. Bu 
san’at bevosita O‘rta Sharqda yashagan xalqlarning o‘zaro madaniy 
aloqalar natijasida shakllangan va mazkur xalqlar san’ati ta’siri 
ostida rivojlangan. Masalan, Persepol va Suzadagi shoh saroylarining 
qurilishida Sug‘d, Baqtriya, Xorazm, Parfiya, Marg‘iyonadan kel-
gan ustalar va san’atkorlar shuningdek Ahamoniylar davri san’ati 
va madaniyati atrofdagi boshqa mamlakatlar san’ati va mada-
niyati taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir qilgan. Qadimgi Eron ma-


36
daniyati taraqqiyotidagi O‘rta Osiyo xalqlari va qadimgi Sharqdagi 
boshqa ko‘pgina xalqlar madaniy hayoti sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. 
Geradotning yozishicha, “Eronliklar boshqa xalqlarning urf-
odatlarini boshqalardan ko‘ra tezroq qabul qilgan”. Haqiqatdan 
ham Eroniylar tasviriy san’atiga chuqurroq nazar tashlansa 
Mesopotamiyaning ko‘pgina xalqlari tasviriy san’atining ayrim 
tomonlarini qabul qilib o‘ziga singdirganligini ko‘rish mumkin. 
Masalan, podshohlarning hayoti, qahramonliklarini tasvirlovchi, 
ko‘pgina tasviriy san’at asarlari qadimgi Shumeriylarning podshosi 
qahramoni deb hisoblangan Gilgamesh singari yovvoyi hayvonlar 
bilan kurashib ularni yengayotganday qilib tasvirlangan yoki oliy 
xudo Axuramazda ossuriyaliklarning bosh xudosi Ashshurga taqliddir. 
Quyosh gardishiga makon qurgandek tasvirlangan. Yana bir misol 
saroylarning pog‘onali va zinapoyali qilib qurilishi, podshoh saroyiga 
afsonaviy hayvonlarni qo‘yilishi Mesopotamiya arxitekturasiga 
binolarni qurishda ustunli kallonnalardan foydalanishlari esa 
misrliklar arxitekturasiga mos bo‘lgan. Lekin eronliklar boshqa 
xalqlar madaniyati elementlaridan ularni umumlashtirgan, qayta 
ishlangan va ijodiy yondoshgan holda foydalanganlar, ya’ni bu 
elementlarning barchasini yagona monumental uslub asosida qayta 
ishlaganlar. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə