Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuga oid tayanch iboralar
Madaniyat yodgorliklari, zardushtiylik, “Avesto”, yozuv, uyg‘ur 
yozuvi, Urxun-Enasoy yozuvi, xalq ijodi.
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o‘ziga xos 
xususiyatlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar madaniyati 
to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Yunon-Baqtriya madaniyati miqiyosida sharq ellinistik 
madaniyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4. Qadimgi Eron madaniyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
45
sanamlarda, zarb etilgan tangalarda, xilma-xil bezaklarda o‘z aksini 
topgan.
O‘sha davrning o‘ziga xos san’at asarlarini hamda bu san’at 
asarlarini yaratgan me’morlar, haykaltaroshlar va musavvirlarning 
dunyoqarashi, intilishlari-yu orzu-umidlarini qadimgi Bolaliktepa
Panjikent, Varaxsha, Afrosiyob, Quva va boshqa qadim shaharlar 
xarobalaridan topilgan devoriy suratlar, haykallar, ganchkor naqshlar, 
turli xil zeb-u ziynatlarda ko‘rish mumkin. Bu yodgorliklar ilk o‘rta 
asrning o‘ta murakkab siyosiy va iqtisodiy, madaniy va maishiy 
hayotining sermazmun va serjilo, jozibali va ayanchli, zavqli va 
mungli manzaralarini o‘z bag‘rida yashirib kelgan. Misol uchun, 
Bolaliktepadan topilgan devoriy suratlardagi qo‘llariga qadah 
tutgan juft-juft ayol-u erkaklarning tasviri o‘sha davr hayotining 
jozibadorligini ko‘rsatib bersa, Varaxsha saroyidagi oq fil ustidagi 
filbon va boshqa pahlavonlarning old va orqadan chovut solayotgan 
arslon hamda qanotli grifonlar bilan jang qilishi insonning hayot va 
yashash uchun kurashini ko‘rsatib beradi.
Panjikent xarobalaridagi qariyb 15 metrga cho‘zilgan rang tasvirda 
to‘riq otliq suvoriy boshchiligida choparlarning yurishi, ularning 
dushman bilan olishuvi, suvoriyning ajdaho va otliq dushmanga 
qarshi yakkama-yakka jangi, chokarlarning devlar to‘dasi bilan 
kurashi tasvirlangan. Suratning oxirida qulagan ajdahoni yanchib 
tashlab, o‘z chokarlarini boshlab borayotgan suvoriyning g‘alaba 
nashidasini surishi tasvirlangan. Panjikent xarobalarida xona 
devorlariga chizilgan suratlar turli xil mavzularga bag‘ishlangan. Bu 
suratlardan biri dehqonchilikka bag‘ishlangan bo‘lib, unda kattagina 
g‘alla xirmoni, yakka pallali tarozida g‘alla tortayotgan amaldor, 
donni qoplayotgan va qoplangan g‘allani eshakka ortishga taraddud 
ko‘rayotgan yalangoyoq keksa dehqon hamda o‘spirin tasvirlangan. 
Yana bir tasvirda Siyovushning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan aza 
marosimi ifodalangan.
Qadimgi Afrosiyob xarobalarida topilgan suratda esa tantanali 
yurish tasvirlangan. Suratda tasvirlangan oq fil, uning ustiga o‘rna-
tilgan taxtiravonga joylashib olgan malika, uning joriyasi, ot minib 
olgan hamrohlari va qo‘riqchilari ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. 
Fikrimizcha, bu suratda hukmdorning uylanish marosimiga oid kelin 
(malika)ni tushirib kelish lahzasi tasvirlangan bo‘lishi mumkin. 


44
ikkinchidan, aholining madaniy jihatdan taraqqiy etishining asosiy 
omili bo‘lib xizmat qilgan.
VII asrning boshlariga kelib ishlab chiqarish jarayonining rivoj-
lanishi, savdo-sotiq va hunarmandchilikning taraqqiy etishi yan-
gidan yangi shaharlar va qishloqlarning vujudga kelishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo va Xorazmning keng 
dasht larida yangi qo‘rg‘on va qal’alar qurilib, ularga suv chiqarilib, 
atroflar obodonlashtiriladi. Bu davrga kelib, xoqonlik hududida 
ko‘p lab qal’alar, qo‘rg‘onlar, qasrlar, saroylar, huqandozlar, ko‘shk 
va sardobalar qurilishi keng avj oladi. Bu inshootlarning qurili shida, 
birinchidan, hunarmandchilik, ikkinchidan, savdo-sotiq, uchin-
chidan, mahalliy hukmdorlarning shuhratparastligi (chunki ular 
o‘zlarini haqiqiy hukmdor, xoqon deb hisoblaganlar), to‘rtinchidan, 
markazlashgan xoqonlik tomonidan boshqarilsa-da, yerli mayda 
feodal hokimlar o‘rtasida o‘zaro nizo, bir-biriga ishonchsizlik tufayli 
o‘z-o‘zini himoya qilishga bo‘lgan intilish kabi sabablar muhim rol 
o‘ynagan. Shu boisdan mazkur arxitektura inshootlarining qurilishi 
bir necha baravar oshib ketgan. Masalan, Xorazm vohasidagi Burgut 
qal’a mavzeyida 100 ga yaqin ko‘shk va qasrli qo‘rg‘onlar qurilgan 
bo‘lsa, Buxoro atrofida 4000 ga yaqin qasrlar, Chochda 50 dan ortiq 
katta-kichik istehkomlar, yirik yer egalari qo‘rg‘onlari, ko‘shk va 
obod qishloqlar qad ko‘taradi.
Markaziy Osiyoga Shimoldan turkiy qabilalarning ko‘chib kelishi 
natijasida (er.avv. II asrdan boshlab) turkiy lahjalar va shevalarda 
gaplashish odat tusiga kirgan. Turkiy til so‘g‘d va yunon tillari 
bilan bir qatorda muomala tiliga aylangan, ya’ni Eron lahjalari 
va shevalarida so‘zlashuvchi ayrim guruhlar turkiy tilda so‘zlasha 
boshlaganlar. Eron tillari guruhidagi tillar zaminida fors-tojik tillari 
vujudga kelganidek, turkiy tillar zaminida o‘zbek, turkman, qozoq, 
qirg‘iz, uyg‘ur va boshqa turkiy tillar paydo bo‘ladi.
Eramizning boshlaridan VIII asrgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy 
hayotda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar me’morlik, haykaltaroshlik va 
tasviriy san’atda o‘z ifodasini topgan. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik 
va me’morlikning ilk o‘rta asrlarga xos bo‘lgan jihatlari ko‘proq 
o‘sha davrda qurilgan turli qasrlar, saroylar, qal’alar, qo‘rg‘onjar, 
ko‘shklar, ibodatxonalar, otashkadalar va ularni bezagan rasmlarda, 
budda va nasroniylik ibodatxonalariga o‘rnatilgan haykallar va 
37

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə