Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Adabiyotlar:
1. Kabirov A. Jahon tarixi. – T.: O‘qituvchi, 2001-yil.
2. Jahon madaniyati tarixi. – T.: Universitet, 2002-yil.
3. История мировой культуры. – Москва, 2000 год. 
4. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. – T.: Fan, 2000-yil.
5. Древный Восток и цивилизация культуры. – Москва, 
1999 год.
6. Атамирзаев О, Гентшке В, Муртазаева Р. Международная 
толерантность в Узбекистане. История и современность. 
– T.: Университет, 2004 год. 
7. Умаров Э, Абдуллаев М, Хакимов Э. Культурология. 
– T.: 2006 год. 


38
MAVZU: ILK O‘RTA ASRLAR DAVRI MADANIYATI VA 
SAN’ATI
Reja:
1. Eftalitlar davri madanivati.
2. Turk xoqonligi davri madaniyati, san’ati. 
3. Ilk o‘rta asrlarda diniy qarashlar.
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga ilk o‘rta asrlar davri 
madaniyati va san’ati hamda diniy qarashlar to‘g‘risida tushunchalar 
berishdan iborat.
Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, hayot sahnasida yangi 
bir sulolalar davlatchiligi – eftalitlar davlati paydo bo‘ldi. Efta-
litlar qadimgi Orolbo‘yi ko‘chmanchi massagetlar avlodlaridan 
bo‘lib, o‘z davrida o‘ta jangariligi va hujumkorligi bilan ajralib 
tur 
ganlar. Shu sababli qisqa vaqt ichida sharqiy Turkistondan 
Kas piy bo‘ylarigacha bo‘lgan katta hududlarni o‘zlariga bo‘ysun-
dir 
ganlar. Hatto, sosoniylardan bo‘lgan podshoh Peruzni ham 
(459-484) mag‘lubiyatga uchratib, eroniylarni o‘lpon to‘lashga maj-
bur qilganlar.
Eftalitlarning qisqa muddat ichida kuchli davlat barpo etishida, 
birinchidan, barcha qabila-urug‘larning azaliy an’analariga qat’iy 
bo‘ysunishi, ikkinchidan, umumqabila uchun qabul qilingan huquq 
va axloq me’yorlarini buzganlarga ko‘riladigan jazoning qat’iy qilib 
qo‘yilganligi, uchinchidan, ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchi hayot 
kechiruvchi qabilalarning jangarilik xarakteri muhim rol o‘ynagan. 
Eftalitlarda ko‘p erlilik (poliandriya) an’anasi, ya’ni aka-ukalarning 
bir ayo‘lni xotinlikka olishi hamda zodagonlarning ko‘p xotin olish 
an’anasi, yuqori tabaqa vakilining 20 va undan ortiq do‘stlarga ega 
bo‘lishi va vafot etganda o‘zining sevimli oti va do‘stlari birgalikda 
dafn etilishi kabi an’analar qonun darajasida bo‘lgan. Qabul qilingan 
43
hududlarni ham qo‘lga kiritadilar. Besh-yildan so‘ng turklar Parkana, 
Choch viloyatlarini, so‘ngra Sirdaryodan kechib o‘tib, Zarafshon 
vodiysiga kirib boradilar. Samarqand, Kesh (Shahrisabz), Naxshab 
(Qarshi) va Buxoro shaharlarini egallaydilar. Buxoro yaqinida Efta-
litlarning qo‘shinlari bilan to‘qnashib, ularni tor-mor etadilar va 
butun Amudaryo bo‘ylaridan Kaspiy dengizigacha bo‘igan yerlarni 
o‘z tasarrufiga o‘tkazadilar.
Turk xoqonligi Vizantiya bilan savdo-iqtisodiy va madaniy 
hamkorlik o‘rnatadi. 575-576-yillarda turklar Kimmeriylar Bosforini 
egallashib, Qrim yarimoroligacha kirib boradilar.
Xullas, VI asrning 70-80-yillariga kelib, Enasoy daryosining 
yuqori oqimidan to Amudaryo bo‘ylarigacha, Manjuriyadan 
Kimmeriy Bosforigacha bo‘lgan ulkan hududlar Turk xoqonligining 
tasarrufiga o‘tadi. Turklar o‘zlari bosib olgan hududlarning ichki 
hayotiga aralashmaydilar va hokimiyatni yerli sulolalar hukmdorlari 
orqali boshqaradilar. Natijada, turk xoqonligi tasarrufidagi ko‘plab 
mayda feodal hokimiyatlar vujudga keladi. Xoqonlikka kiruvchi 
yerli sulolalar hukmdorlarning boyishi uchun xalqni ayovsiz talashi, 
urug‘-aymoqchilikning kuchayib ketishi va mayda feodallarning 
hokimiyat uchun zimdan kurash olib borishi tufayli Turk xoqonligi 
603-yilda ikki mustaqil davlatga – Mo‘g‘ulistonda tashkil topgan 
Sharqiy turk davlati va Markaziy Osiyo, Jung‘oriya hamda Sharqiy 
Turkistonni birlashtirgan G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi.
VII asrning birinchi choragida G‘arbiy turk xoqonligi kuchayib, 
shimoliy chegaralarini Oltoy hududlarigacha, janubiy chegaralarini 
esa Hind daryosi bo‘ylarigacha kengaytiradi. Yettisuv G‘arbiy 
turk xoqonligining markaziga, Siyob shahri esa uning poytaxtiga 
aylanadi. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi o‘troq hayot 
kechirib, dehqonchilik bilan, shaharlar va yirik qishloqlar aholisi 
savdo-sotiq hamda hunarmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. 
Hunarmandchilikning kulolchilik, to‘qimachilik, misgarlik, chilan-
garlik, temirchilik, zargarlik kabi turlari ancha rivojlangan. Farg‘ona 
va So‘g‘diyonada oltin, mis, temir, simob va boshqa ma’danlar qazib 
olingan. Turk xoqonligining xazinasi savdo-sotiqdan keladigan 
daromad va viloyatlardan to‘lanadigan boj hisobiga to‘lg‘azilgan. 
Hunarmandchilik, dehqonchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi, 
birinchidan, o‘troq aholining jipslashuviga sabab bo‘lgan bo‘lsa, 


42
marosimlarga olib kiradi. Tuproqqal’a (Xorazm), Varaxsha (Buxoro) 
va Panjikent (Tojikiston Respublikasi) dagi ibodatxonalar bezaklari 
bu fikrimizning dalili bo‘la oladi. Masalan, Panjikentdagi motam 
marosimining suratda tasvirlanishi bunga misol bo‘la oladi. 
Eftalitlar o‘z urf-odatlari, ayniqsa, dafn marosimlariga ko‘ra kuchli 
tabaqalanishga ega bo‘lganlar. Oddiy eftalitlar murdasi tuproqqa 
qo‘yilgan. Boy-badavlat kishilar vafot etganda esa, ularning jasadi 
maxsus tayyorlangan tosh dahmaga qo‘yilgan. Urug‘ boshlig‘i vafot 
etganda, juda katta tantana bilan dafn marosimi o‘tkazilgan. Odatga 
ko‘ra urug‘ning eng boy-badavlat kishilari 20 va undan ham ko‘proq 
sodiq do‘stlarga ega bo‘lgan.
IVasrda yashagan tarixchi Ammian Marselinning yozishiga ko‘-
ra, Xionit shahzodasi vafot etganda, uning murdasi kuydirilib, uning 
atrofiga sodiq do‘stlarining terrakota haykalchalari o‘tkazib qo‘yil-
gan.
Xulosa qilib aytganda, eftalitlarning 100-yildan oshiqroq hukm-
ronligi davri Markaziy Osiyodagi xalqlarning jipslashuvi, turli qa-
bi 
lalarning qo‘shilishi, iqtisodiy va madaniy hayotning yanada 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Turk xoqonligi davri madaniyati, san’ati va diniy qarashlari
V asrning ikkinchi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va 
Janubiy Sibir hududlarida uyushgan yangi bir kuch – turk qabilalar 
ittifoqi vujudga keladi. Bu ittifoqning eng ko‘zga ko‘ringan boshlig‘i 
Bumin VI asrning o‘rtalarida o‘sha davrdagi Osiyoning ancha kuchli 
davlati hisoblangan Jujan xoqonligiga katta zarba beradi va o‘zining 
Turk xoqonligiga asos soladi.
Bumin xoqon ukasi Istemi bilan birga qisqa vaqt ichida Enasoy 
(Yenisey) daryosi bo‘ylarida yashovchi qirg‘izlarni, janubi-g‘arbiy 
Manjuriyadagi kidanlar va shimoliy Xitoyni bosib oladi. Xitoy 
imperatorlari-yiliga yuz ming to‘p ipak mato hisobida o‘lpon 
to‘lashga majbur bo‘ladilar. «Yabg‘u xoqon» unvoniga ega bo‘lgan 
Istemi boshchiligidagi Turk qo‘shinlari tezlikda Yettisuv, Sharqiy 
Turkiston va uning atrofida yashovchi turkiy qabilalar yerlarini, 
Markaziy Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizigacha bo‘lgan 
hududlarini bosib oladilar.
558-yilga kelgach, turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) daryolari 
bo‘ylarini hamda Shimoliy Kavkazdagi avarlar yashaydigan 
39
huquq me’yorlari barcha uchun qat’iy qonun tusiga ega bo‘lgan. 
Masalan, o‘g‘irlik uchun kim bo‘lishidan qat’iy nazar, eng avvalo, 
o‘g‘irlangan mol o‘n baravar qilib undirib olingan, so‘ngra o‘lim 
jazosiga mahkum etilgan.
Eftalitlarning kuchli davlatga ega bo‘la borishi ularning o‘troq-
lashuviga olib kelgan, sun’iy sug‘orish shohobchalari kengayib, 
dehqonchilik madaniyati yuksala borgan. Qalin mudofaa devorlari 
bilan o‘ralgan istehkomli qal’alar, qo‘rg‘onlar soni tezlik bilan ko‘-
paygan. Bu davrda Amudaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zaraf-
shon va Chirchiq daryolari bo‘ylarida dehqonchilik rivojlanadi. 
Mazkur daryolardan suv ichuvchi shaharlarda hunarmandchilik 
taraqqiy etadi. Ayniqsa, kulolchilik, chilangarlik, shisha ishlab 
chiqarish, bo‘zchilik va sarrojlik, zargarlik va qurolsozlik yuksaladi. 
Chorvachilik va dehqonchilik rivojlanib, sun’iy sug‘orish tizimlari 
qurilishi avj oladi.
Eftalitlarda hokimiyatni boshqarish maxsus kengash zimmasida 
bo‘lgan. Hokimiyat tepasida kengash ma’qullagan kishi turgan. U 
taxtni kengash tasdiqlagan qonun asosida boshqargan. Eftalitlar 
davrida Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya va Shosh viloyatlarida mus-
tahkam va hashamatli qo‘rg‘onlar vujudga kelgan. Savdo-sotiqning 
gurkirab rivojlanishi eftalitlar davlatchiligi iqtisodiyotining yanada 
rivojlanishiga olib keladi, harbiy qudratini yana oshiradi. Tashqi 
savdoga ipak, bo‘yoq mahsulotlari, rangli shishalar, qimmatbaho 
tosh, arg‘umoq otlar, matolar, qurol-yarog‘lar chiqariladi.
Albatta, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti nafaqat mamlakatning 
madaniy hayotiga, balki unga chegaradosh bo‘lgan boshqa 
davlatlar va mintaqalar bilan bo‘ladigan madaniy aloqalariga ham 
samarali ta’sir ko‘rsatadi. Eftalitlar mamlakat ichkarisidagi katta-
kichik shaharlarda hashamatli binolar qurdiradi. Eftalitlar davri 
arxitekturasida ikki qavatli qilib qasrlar qurish odat tusiga kirgan. 
Qasrlar shaharning markazida, tuproq bilan baland qilib ko‘tarilgan 
joyda (eng baland qismi yoki tuproq bilan sun’iy ravishda 
ko‘tarilgan balandlik tepasiga) qurilgan. Masalan, hozirgi Buxoro 
viloyati hududida joylashgan qadimgi Varaxsha, Poykand shaharlari, 
Xorazmdagi Tuproqqal’a shahri, Qashqadaryo viloyatidagi qadimgi 
Zahoki Moron qasrlari ana shunday sun’iy tepalik ustiga qurilgan 
bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan nihoyatda mahobatli bo‘lib ko‘ringan.


40
Eftalitlar davri arxitekturasida, eng avvalo, ibodatxona yoki 
qasr ning tashqi mahobatliligiga va uning ichki bezaklariga alohida 
e’tibor berilgan. Ichki devorlar rangli suratlar, naqshlar va hay-
kallar bilan bezatilgan. Masalan, hozirgi Surxondaryo viloyati 
hududida joylashgan qadimgi Bolaliktepa shahrida qurilgan qasr 
devor 
larida saqlanib qolgan devoriy suratlar o‘zining nafaqat 
tabiiy ligi, rangdorligi, balki maishiy hayotning bir bo‘lagini badiiy 
tasvirlashi bilan ham ajralib turadi. Haykaltaroshlikda ko‘proq terra-
kota va koroplastika haykaltaroshligidan foydalanilgan. Bu davr 
haykaltaroshligida hudud va unda yashovchi kishilarning kiyim-
kechaklari, taqinchoqlari va o‘xshash tomonlari ko‘zga tashlanib 
turgan. Ma’bud yoki ma’budalar haykallari (albatta yirik va ulkan 
haykallar yasalmagan) da uni yaratuvchi haykaltaroshning diniy 
dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.
Arxeologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, binolar bir necha qavat 
qilib qurilgan. Uy devorlari turli naqshlar va suratlar bilan beza-
tilgan. Ayniqsa, ibodatxonalarga katta e’tibor berilgan. Ularning 
ichki tomonini bezashda qimmatbaho toshlardan va oltindan foyda-
langanlar. Eftalitlar davrida Poykent shahri, Tuproqqal’a (hozirgi 
Xorazm hududida), qadimgi Chochdagi Oqtepa qal’asi, qadimgi 
Varaxsha qo‘rg‘onlari shaharsozlikning namunalari hisoblangan. 
Misol tariqasida Varaxsha qo‘rg‘onini olib qarasak, eftalitlar davrida 
me’morchilik san’ati qanchalik rivojlanganligining guvohi bo‘lamiz. 
Varaxsha qo‘rg‘oni ulkan kvadrat shaklida mustahkam tepa ustiga 
qurilgan. Binoning devorlari ganch bilan suvalgan va devoriy 
suratlar bilan bezatilgan.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy o‘zining «Buxoro 
tarixi» asarida Varaxsha haqida shunday deb yozadi: «... Varaxsha ... 
katta qishloqlar jumlasidan bo‘lib, Buxoro singari edi. U podshohlar 
turadigan joy bo‘lib, mustahkam hisorga ega bo‘lgan, chunki 
podshohlar (u hisorni) bir necha marta mustahkamlaganlar. Uning 
Buxoro shahrining devorlari singari devori ham bo‘lgan. Bu qishloq 
Buxoro devorining ichkarisida joylashgan. Unda shunday bir obod 
qasr bo‘lganki, go‘zallikda uni namuna qilib ko‘rsatar edilar».
Eftalitlar davrida saroylar, ibodatxona va boy-badavlat kishilarning 
turar joylari ichki bezagida sujetli tasviriy san’at asarlari va turli xil 
naqshlardan foydalanish odatiy tusda bo‘lgan. Masalan, Bolaliktepa 
41
qasri devorlariga tushirilgan ziyofat marosimi nihoyatda yorqin 
bo‘yoqlar bilan chizilgan bo‘lib, unda gilamchalar ustida juft-juft 
bo‘lib tiz cho‘kib o‘tirgan erkak va ayollar tasvirlangan.
Erkaklarning egnida uchburchak shaklida keng qaytarma yoqali 
va hoshiyali uzun kamzul, oyog‘ida mahsi, belidagi ingichka ka-
marga qayirma uchli xanjar osilgan. Birida vaza, ikkinchisida tug‘ro 
tutgan qo‘llarining jimjilog‘iga bittadan ikkita yirik ko‘zli uzuk ta-
qilgan. O‘ng qo‘lida qadah, so‘lida ko‘zgu tutgan ayollarning kiyim-
kechaklari nihoyatda bashang. Ichki libos ustidan hoshiyali qaytarma 
yoqali hamda uqali uzun va keng guldor yopinchiq – qabo yelkaga 
tashlangan. Quloqlarida Buxoroning yakkadur ziragi, jimjiloqlarida 
esa yoqut ko‘zli uzuk taqilgan. 
Xullas, Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollarning 
tashqi qiyofasi VI asrda eftalitlar hukmdori huzurida bo‘lgan 
budda kohinini hayratga solgan saroy zodagoni ayollarini eslatadi. 
Kohinning ta’riflashicha, o‘sha vaqtlarda eftalit malikalari juda 
qimmatbaho matodan tikilgan, orqa etagi uch quloch va undan 
ham uzunroq bo‘lgan serbezak ko‘ylak kiyar, uning etagini maxsus 
joriyalar ko‘tarib yurganlar.
Eftalitlar davrida diniy e’tiqodlar xilma-xilligi - zardushtiylik, 
Anaxita va Mitraga, buddaviylik, iuadizm va nasroniylik mavjud 
bo‘lgan. Buxoro vohasida esa ko‘proq Siyovushga e’tiqod qilish 
rivojlangan. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida ko‘rsatilishicha, 
«podshoh Afrosiyob o‘z kuyovi Siyovushni o‘ldiradi. «Buxoro 
aholisi Siyovushning o‘ldirilishi haqida ajoyib ashulalar to‘qiganlar, 
kuychilar bu qo‘shiqlarni «Kini Siyovush» - «Siyovush jangi» deb 
ataydilar. Siyovushga e’tiqod qiluvchilar Navro‘z kuni uning qabri 
atrofida katta bayram o‘tkazganlar. Bu bayram «Navro‘zi kishavarzon» 
– «Dehqonlar navro‘zi deb atalgan. Buxoro otashparstlari Siyovush 
dafn etilgan joyni aziz tutganlar va unga atab har-yili har bir erkak 
Navro‘z kuni Quyosh chiqmasdan o‘sha joyda bittadan xo‘roz 
so‘yadi. Buxoro aholisining Siyovushning o‘ldirilishiga bag‘ishlab 
aytgan marsiyalari bo‘lib, u barcha viloyatlarida mashhur bo‘lgan. 
Kuychilar unga moslab kuy tuzganlar va qo‘shiq qilib aytganlar. 
Qo‘shiqchilar uni «otashparastlar yig‘isi deb ataganlar.
Shuningdek, Eftalitlar davrida O‘rta Osiyo va Sharqiy Turkistonda 
Monizm keng tarqala boshlaydi. Monizm tasviriy san’atni diniy 


64
har bir bоsqichdan so‘ng milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. 
Mustaqillikka intilish g‘оyasi va harakati o‘zga xalqlar tоmоnidan 
yaratilgan madaniyatlarni inkоri emas. Markaziy Оsiyo madaniyatida 
umuminsоniy ahamiyatga mоlik jamiki madaniyat yutuqlari ijоdiy 
uygunlashganidek, ayni paytda mintaqa madaniyati bоshqa xalqlar 
madaniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatdi va ularni bоyitdi.
Mavjud adabiyotlar va fikrlar tahlili asоsida Markaziy Оsiyodagi 
xalqlar milliy madaniy uyg‘оnishni uch davrga bo‘lishi mumkin:
1. IX-XII asrlar – arab bоsqinidan keyingi davr.
2. XIV-XV asrlar mo‘g‘ul istilоsidan keyingi davr.
3. Mustaqillik davri.
Mustaqillik va milliy madaniyat uyg‘оnish hоdisalari mоhiyatan, 
ichki jihatdan uzviy bоg‘liq bo‘lib, bu xususda akademik M.M. 
Xayrullayev shunday yozadi: “Mustaqillik va uyg‘оnish, Mustaqillik 
va yuksalish uzviy bоg‘liqdir, uyg‘оnish bizdan aql-idrоkni, bilimni, 
iste’dоdu qоbiliyatni, faоllikni, kuch-g‘ayratni talab etadi”.
Milоdni yuz-yilliklar bоshlarida Kushоn pоdshоligi, so‘ng 
Eftalitlar davlati va Turk xоqоnligi davrlarida ham Xоrazm vоhasida, 
Sug‘diyonada (Samarqand, Buxоrо, Qarshi), Ustrushоnada (Sirdaryo, 
Jizzax), Chоch (Tоshkent va uning atrоfi), Fargоna vilоyatlarida, 
Chоg‘aniyonda (Termiz, Denоv) mоddiy va madaniy taraqqiyot 
davоm etgan. Bu davrlarda me’mоrchilikda yangicha naqsh uslublari 
keng rivоjlangan, binоkоrlikda pishgan g‘isht ishlatish bоshlangan. 
VI-VII asrlarda ahоli o‘rtasida savоdxоnlikka intilish kuchaygan 
edi. Xitоy manbalarining guvоxlik berishicha, Sug‘diyonada o‘gil 
bоla 5 yoshga to‘lgach, yozuv va hisоbga o‘rgatilar, so‘ng‘ra 
ular 20 yoshga kirganlarida savdо ishlarini o‘rganish uchun katta 
mamlakatlarga jo‘natilar edi.
San’at, ayniqsa, devоriy tasvir rivоji yangi bоsqichga ko‘tarilgan 
edi. Haykaltarоshlik, badiiy yog‘оch o‘ymakоrlik ganchkоrlik 
taraq qiy etdi. Musiqachilar, bastakоrlar ko‘payib bоrdi, naychilar, 
o‘yinchi-yu-raqqоsalar, surnaychilarning оilaviy chiqishlari bo‘lib 
tur gan edi. Bu davrlarda diniy e’tiqоdlar o‘zarо murоsada bo‘lganligi 
ahоlini hayotida va mamlakat оsоyishtaligida muhim o‘rin tutgan. 
Shu bilan birga tabiiy fanlarga, atrоf-muhitni anglash, mavjudоtni 
kengrоq bilishga intilish kuchayadi. Xususan, o‘sha paytlarda Sug‘d 
taqvimlari tuzilganligi, hоzirgi To‘rtko‘l hududida esa rasadxоna 
49
niy jihatdan taraqqiy etgan hududlaridagi singari, eng avvalo, 
dehqonchilik madaniyatining, hunarmandchilik va iqtisodiy-madaniy 
aloqalarning rivojlanishi bilan bog‘liq holda vujudga kelgan. 
Bizgacha yetib kelgan ko‘pgina hujjatlar, taqvimlar va boshqa 
yodgorliklarda ko‘rsatilishicha, qadimgi Markaziy Osiyoda ilmi 
nujum, handasa, yer ilmi, fizika va boshqa tabiiy fanlar taraqqiyotida 
birmuncha ilgarilash mavjud bo‘lgan.
Abu Rayhon Beruniy asarlarida ko‘rsatilishicha, qadimgi Mar-
kaziy Osiyoda ilmi nujum (astronomiya) ancha rivojlangan. 
Xorazm lik, so‘g‘diyonalik, baqtriyalik va marg‘iyonalik olimlar eng 
avvalo, sayyoralar va yulduzlarning turkumlarini o‘rganib, ularga 
max sus nomlar berishadi va burj (zodiak) tizimini aniqlaydilar. 
Har bir shohlik va xonlik saroylari qoshida astronomlar guruhi 
mav jud bo‘lgan. Ular sayyoralar dunyosini kuzatganlar va harbiy 
harakatlarni amalga oshirish vaqtini, hattoki, har xil shikorlar va 
to‘y-tomoshalarni o‘tkazish mumkin bo‘lgan «qulay va noqulay» 
kunlarni aytib berganlar. Munajjimlik taqvimlarini tuzishib, osmon 
jismlari va inson taqdiri o‘rtasidagi aloqani bashorat qilganlar. 
Sug‘orish inshootlari, mustahkam qal’alar, saroylar, qasrlar va 
qo‘rg‘onlarning qurilishi handasa ilmining taraqqiy etishiga katta 
ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, metall quyish, toshni eritib shisha ishlab 
chiqarish, qurilish va turli xil binolarni bezashda xilma-xil ranglardan 
foydalanish, kimyo hamda fizika fanlarining taraqqiy etishiga sabab 
bo‘lgan.
Xullas, ilk o‘rta asrlar Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyoti 
o‘ziga xos tarzda rivojlangan. Moddiy va ma’naviy madaniy 
boyliklar yaratishda birmuncha muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bu 
davrda, ayniqsa, turli elatlar va xalqlarning tili va yozma adabiyoti, 
san’ati va fani taraqqiy etib, qo‘shni davlat va hududlar: Hindiston, 
Eron, Vizantiya, slavyan xalqlari madaniy taraqqiyotiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatgan. Ushbu davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
aloqalarning yo‘lga qo‘yishi madaniy boyliklarning boshqa o‘lkalarga 
yoyilishi va boshqa xalqlar madaniy hayotining ilg‘or yutuqlarini 
o‘rganish imkonini yaratib bergan. Bu davrda diniy dunyoqarashda 
o‘zgarishlar ro‘y bera boshlagan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə