|
Анатом- мешhisoblanadi. 20-30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirin davri qisqaradiportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasihisoblanadi. 20-30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirin davri qisqaradi.
30 yoshdan so'ng uzayadi va harakat tezligi kamayadi. Bolalarda chaqqonlik
rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi.Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda
aniq bo'lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarning aniqligi va
uchinchisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan
ifodalanadi.
Yosh ulg'aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda
bo'lmaydi. 8-10 yashar qiz va o'g'il bolalarning chidamliligi bir xil bo'ladi. 12-15
yoshda ayniqsa o'g'il bolalarda ortadi.14 yashar bolalarning chidamliligi katta
odamnikiga nisbatan 70%ni,16 yoshda 80%ni tashkil etadi.
Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish,
sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik,chaqqonlik, kuchlilik,
chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va
yurishni ta'minlovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14-16 yoshda
muskullar bilan birga bo'g'im, bog'lam apparati rivojlanib boradi.
Muskullarning charchashi.
Faoliyatidan so'ng ish qobiliyatining
vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so'ng charchoqlik bosiladi. Bir
guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi.
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda
yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi.Muskul charchaganda uning
qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta'sirga javob reaksiyasi
tezligi pasayadi,organizmning chidamliligi kamayadi.Bola qancha yosh
bo'lsa,shuncha tez charchaydi,Ayniqsa bir turli muskullar tez charchab
qoladi.Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobilyatining
uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishda markaziy nerv sistemasi hal
Dostları ilə paylaş: |
|
|