Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5112000 Jismoniy madaniyat ta`lim


Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/33
tarix09.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#116301
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi 5112000 Jismoniy mada

 
Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati. 
Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati haqida nazariy 
ma`lumotlarga ega qilish. 
Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik. 
Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 
 
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
 
Amaliy mashg‘ulotlar talablari bo‘yicha jismoniy madaniyat va sportning asosiy 
tushunchalari, jismoniy madaniyat tizimining umumiy printsiplari va uning amalga oshirish 
yo‘llari, jismoniy madaniyat vositalari, jismoniy mashqlar texnikasi, jismoniy mashqlarni 
turkumlarga bo‘linishi, jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni, qishloq 
joylarda jismoniy madaniyat ishlari va ularning xolati, o‘quv muassasalarida jismoniy madaniyat 
mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi, jismoniy madaniyat darsning shakllari va 
turlari amaliy o‘rgatiladi hamda talabalar ommaviy sport tadbirlarini tashkil qila olish ko‘nikma 
va malakalariga ega bo‘ladilar. 
Amaliy mashg‘ulotlarida
 
tavsiya etiladigan mavzular. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi: 
1.
Jismoniy tarbiya nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot uslubiyotlari. 
2.
Jismoniy tarbiya vositalari.
3.
Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari.
4.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.


5.
Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari.
6.
Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.
7.
Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati.
8.
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
9.
Ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari.
10.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari. 
11.
O‘quv ishlarini rejalashtirish.
12.
Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya 
o‘tkazish uslubiyoti.
13.
Sport musobaqalari tizimi.
14.
Sport trenirovkasining vositalari va metodlari.
15.
Sport trenirovkasining tamoyillari (printsiplari).
16.
Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash 
metodikasi.
17.
Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif.
18.
Sport formasi taraqqiyotining qonuniyatlari. 
 
Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi:
Maktabgacha ta`lim va boshlang‘ich ta`lim bolalari bilan musobaqalarni tashkil qilish 
turlari, bosqichlari. Umumta`lim maktablarida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari asoslari. 
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari. Oliy o‘quv 
yurtlaridagi talabalar sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish metodikasi. Aholi turar 
joylarda ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘qitish metodikasi. 
Ulug‘ sanalariga bag‘ishlangan sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish. Sport bayramlarida 
harakatli o‘yinlarning o‘rni. sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga tayyorlashda pedagogning 
roli. 
 
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 
ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbulardan foydalanish orqali talabalar asosiy ma`ruza 
mavzulari bo‘yicha olgan bilimlarini yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar asosida talabalar bilimini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materiallardan 
foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar 
echish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə