Yer tuzishning ilmiy asoslari


Sobiq ittifoq davrida yer tuzishning rivojlanishi


səhifə31/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

3. Sobiq ittifoq davrida yer tuzishning rivojlanishi.
O ktabr to ‘ntarishidan keyin yer tuzish ch u q u r agrar o ‘zga- 
rishlarning vositasiga aylandi. Sobiq Sovet hokim iyatining birinchi 
yillarida uning asosiy vazifasi 1917-yil 26-oktabrda (8 noyabrda) 
ikkinchi butun Rossiya Sovetlar s ’yezdi tom onidan qabul qilingan 
yer to ‘g ‘risidagi «Dekret»ni hayotga tatbiq qilishdan iborat edi. 
Xususan, ekspropriatsiya qilingan (tortib oling'an) yerlarni mehnat-. 
kash dehqonlarga foydalanishga berishning amaliy masalalari yechildi.
Yer t o ‘g ‘risidagi «D ekret»ning aham iyatli qoidalaridan biri 
dehqonlar so‘rovlari asosida tuzilgan, yerga, yer ostiga, o 'rm o n va 
suvlariga bo‘lgan xususiy mulkchilikni bekor qilish edi. Dehqonlarga 
yerdan foydalanish shakllarini o ‘zlari tanlash huquqi berildi.
T o ‘ntarishidan keyingi birinchi yillarning murakkab sharoitida 
m e‘yoriy aktlar tayyorlandi va chop etildi, ularda yer to ‘g‘risidagi 
dekretning asosiy qoidalari yanada rivojlantirildi. Ularning orasidagi 
eng ahamiyatlilari - BM IQ 1918-yilda 19-fevralda e ’lon qilingan 
«Yerni ijtimoiylashtirish to ‘g‘risida», va BM IQ tom onidan 1919-yil 
14-fevralda tasdiqlangan «Sotsialistik yer tuzish va sotsialistik 
dehqonchilikka o ‘tish choralari to ‘g‘risidagi» qoidalardir.
Yuqorida zikr etilgan hujjatlarning keyingida «yer tuzish asosida 
kam xalq m ehnati sarfi bilan, Sovet respublikasini ko‘p miqdordagi 
xo'jaiik boyliklari bilan ta ‘minlovchi yagona ishlab chiqarish xo‘jaligini 
tuzishga intilish yotishi kerak» deb ko‘rsatilgan va shaxsiy yerdan 
foydalanishlarni um um lashtirishga ko'm aklashish vazifasi qo'yilgan 
edi. Bu masalaning yechilishi natijasida m am lakatda 3921-yil kelib 
kommunalar soni 3313 taga, qishloq xo‘jalik artellari - 10185, yerlarga 
birgalikda ishlov berish bo eyicha o ‘rtOqliklar - 2514 taga yetdi. 1921- 
yilda hammasi b o ‘lib 227,9 ming dehqon xo‘jaliklari ( Г foizga yaqin) 
jam oalashtirildi, jam oalashtirilgan x o ‘jaliklarning yer m aydonlari 
esa 1 mln 223,4 ming desyatinani tashkil etdi. 1921— yilga kelib 
sovxozlarning soni 4391 tagacha o ‘sdi, ularning um um iy maydoni
71


esa 2 m ln desyatinadan oshib ketdi. Bu davrda yer tuzishning asosiy 
m azm uni yerlarni jam oa va sovet xo'jaliklariga ajratish b o id i.
1921-1927-yillardagi xalq xo'jaligini tiklash jarayonida asosiy 
e'tib o r shaxsiy dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratildi. U lar 
oziq-ovqat m uam m osini yechish va m am lakatning iqtisodiy ahvolini 
yaxshilash im konini beradi deb hisoblandi; belgili darajada buns' 
bajarishga erishildi. Yer tuzish bu davrda yerlarning polosa-polosa 
b o iib , uzoqda va cho'zilib joylashishlarini tugatishga qaratildi; 83,4 
m ln. ga m aydondagi yerdan foydalanishlarning kam chiliklarini 
tugatish, qishloqlarning yirik yerdan foydalanishlarini b o iis h (30,5 
mln. ga), ensiz, ko ‘p va m ayda poiosaliklarni yerlarni almashlab 
ekish dalalariga birlashtirish bilan tugatish (29,6 mln. ga) bajariidi. 
Jam oa xo'jaliklari sonining biroz qisqarishiga qaram asdan qishloq 
x o ‘jalig in in g ja m o a sektorida ham ishlar davorn etdi. Y erdan 
foydalanishning o ‘rtoqlik shaklidagi birlashm alarining yer xo‘jaligini 
tuzish 4,4 mln. ga m aydonda, sovxozlar va davlat yer m ulklarida 
mos ravishda 4,7 va 7,1 mln. ga m aydonda yer tuzish o ‘tkazildi.
M am lakatning xo‘jalik xizm atchilari yer tuzishning qishloq xo'ja­
ligini rivojlantirishdagi asosiy rolini tushunishar edi. T o ‘ntarishdan 
keyingi davrdagi uning asosiy vazifalarini aniqlab, D.Zaytsev yozgan 
edi: «Qishloq xo‘jalik jam oalarida yer tuzish masalasi katta ahamiyatga 
ega. U nga joylarda alohida e‘tibor qaratish kerak, sababi, yer tuzish 
ularning iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi rol o ‘ynaydi, u yoki bu 
jam oa yeri tuzilm agunicha, u k o ‘p dalali almashlab ekishni tashkil 
eta olmaydi va butun xo'jalikni intensivlashga o ‘ta olmaydi».
1923-yil boshidan yer tuzish ishlari RSFSR ning 1922-yil 30- 
oktabrda qabul qilingan «Yer kodeksi»ga va 1922-yil 22-maydagi 
mehnat bilan yerdan foydalanish qonuniga mos tarzda bajarila boshladi; 
bunda asosiy e ‘tibor hududni oqilona tuzishga qaratildi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida yer tuzishning m azm uni bu vaqtda 
yerlarni ajratish, qishloq xo'jalik yerlarining asosiy turlarini chega­
ralash, yo'l tarm oqlarini joylashtirishdan iborat edi.
1928-yildan boshlab yoppasiga kollektivlashtirish siyosati natija- 
sida mamlakatda shaxsiy dehqon xo'jaliklari rejali tarzda tugatila boshladi. 
Bu vaqtdagi yer tuzishning xarakteri BKP (b) XV s’yezdi yo'riqno- 
malari bilan aniqlandi, ularda xo'jalik yuritishning jam oa shakllarini
72


joriy etishning asosi hisoblangan yer tuzish b o ‘yicha ishlarini 
tezlashtirish zarurati ko‘rsatilgan edi. Agar 1919-yildan 1927-yiigacha 
bo'lgan davrda 1410,6 ming ga maydondagi 5129 kolxozda yer tuzilgan 
b o ‘lsa, faqat 1928-yilning dala ishlari davrida 3039,4 m ing ga 
maydondagi 12083 xo'jalikda yer tuzildi.
Bu vaqtda hududni tashkil etish masalalari 1928-yil 15-dekabrda 
tasdiqlangan «Yerdan foydalanish va yerga egalik qilishning umumiy 
boshlanishi» bilan tartibga solinar edi. «Yer tuzish ishlarini bajarish 
bo‘yicha ko‘rsatmalar»da (1928-yil) yer tuzishning ikki turi: qishloq- 
lararo va qishloqlar ichidagi yer tuzish turi tilga olingan. Keyingisi 
o ‘z navbatida to ‘rtta guruhga bo‘linadi - jamoa xo‘jaliklarida yer tuzish, 
g u ru h lab yer tu zish , x o ‘ja lik la rd a ichki yer tu zish va ayrim
xo‘jaliklarda yer tuzish. «Xo‘jalikda ichki yer tuzish» atamasi 20-chi 
yillarning oxiridan boshlab ham m a joyda ishlab chiqarish, ilmiy va 
o'quv adabiyotlariga kira boshladi.
Yoppasiga kollektivlashtirish davrida yer tuzuvchi mutaxassis- 
larning yetishrnasligi va yerdan foydalanishlarni tuzish va yangi tuzi- 
ladigan jam oa xo‘jaliklari hududlarini tashkil etish b o ‘yicha ishlarni 
te z k o r bajarish z a ru ra ti sab ab li, yer tuzish so d d alash tirilg an
usullarda o ‘tkazildi va yer ko ‘rsatish xarakteriga ega b o ‘ldi. Bunda 
hududlarni o‘rganish va yangi tasvirga tushirish o ‘tkazilmadi, oldingi 
yillarning plan-xarita material iaridan foydalanildi. 1930-1932-yillarda 
bunday yer tuzish bir necha yuz million gektar (yangi sovxozlar 
uchun - 80 mln ga) m aydonlarda o ‘tkazildi.
Sovxozlarda xo‘jalikda ichki yer tuzish markaziy qishloqni, yo‘l- 
larni, suv inshootlarini joylashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini che­
garalash va haydalma yerlarni katakchalarga b o iish d an iborat edi. U 
soddalashtirilgan xarakterga ega bo ‘lib, faqat ishlab chiqarishni joy­
lashtirish va tashkil etishning oddiy masalalarini yechar edi. Bu 
o ‘sha vaqtdagi kolxoz va sovxoz yerdan foydalanishlaridagi turg‘un- 
sizlik. yirik qishloq xo ‘jalik korxonalarini va ularning hududlarini 
tashkil etish tajribasining yo ‘qligi bilan ham bog‘liq edi. Hali yer 
tuzishni loyihalashning ham yaxshi nazariyasi yo‘q edi.
Kollektivlashtirish natijasida inam lakatda yerdan foydalanish 
xarakteri sezilarli darajada o ‘zgardi. Yangi yirik xo'jaliklar faqat 
mustahkam yer bazasiga ega b o ‘lsalargina muvaffaqiyatli rivojlanish-
73


lari mumkin edi. Bu masalani yechishda Sobiq ittifoq BMIQ va XKK 
ning 1932— yil 3—sentabrdagi «Kolxozlarning turg‘un yerdan foy- 
dalanishlarini yaratish to ‘g‘risidagi» qarori ahamiyatli rol o'ynadi.
X o‘jaliklar yerdan foydalanishlari m aydonlarini va chegaralarini 
belgilash, ularni yetarli texnik (geodezik) darajada bajarish va huquqiy 
rasmiylashtirish bo'yicha omm aviy yer tuzish ishlari SSSR XKK 
1935-yil 7-iyuldagi «Qishloq xo'jalik artellariga yerdan muddatsiz 
(abadiy) foydalanish uchun davlat aktlarini berish to'g'risidagi» 
qa^priga asosan o'tkazildi. Oxirgi 3 yilda 236 ming kolxoz, ularga 500 
m ln ga yerlar berilganligini ko'rsatuvchi davlat aktlarini olishdi. Bu 
ishlar jarayonida h ar xil kam chiliklar — polosa-polosa bo'iib, har 
joyda joylashish, uzoq yerlar, boshqalarning yerlariga kirib ketish 
holatlari ham tugatiidi.
1930-yilga kelib, kollektivlashtirish amaliy jihatdan tugatiidi; kol­
xoz va sovxozlarga 93% dehqon xo'jaliklari birlashtirildi. Yirik qishloq 
xo'jalik korxonalarining yaratilishi natijasida m ahsulot yetishtirishni 
yo'lga qo'yishga yordam beradigan ularni tashkiliy va iqtisodiy 
m ustahkam lash zarurati paydo bo'ldi, sababi, m am lakatda oziq- 
ovqat m uam m osi tangligi pasaymadi.
Yer tuzishning og'irlik markazi kolxozlar va sovxozlarda ishlab 
chiqarishni hududiy tashkil etish tom onga og'a boshladi. 1933-yildan 
boshlab, ularda alm ashlab ekishni tashkil etish, dalalar va brigada 
uchastkalarini joylashtirish bo'yicha ishlar boshlandi; ular keyingi 
davrlarda ham davom etdi. U rushning oxirida va urushdan keyingi 
birinchi-yillarda (1944 — 1949 yillar) okkupatsiyada bo'lgan tum an- 
larda kolxoz va sovxoz yerlaridan foydalanish tiklandi, xo'jaliklarga 
yerdan foydalanish huquqini beruvchi aktlar berildi, yer hisobi 
hujjatlari yangilandi. 1948-yil oxirida almashlab ekish 173 ming 
kolxozda (ular um um iy sonining 72,9 foizi) joriy etildi.
U rushdan keyingi-yillarda qishloq xo'jaligining texnik ta ’m inoti 
sezilarli darajada o'sdi. Faqat 1950-yilda 1940— yilga nisbatan traktor 
zavodlari va qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodlari qishloq xo'jaligiga 
traktorlarni (15 ot kuchiga ega) — 4, kom baynlarni —3,8 traktor 
pluglarini — 4, seyalkalarni 6 baravariga yaqin ko'p berdi. Bu davrda 
davlat agrar siyosatining yo'nalishlaridan biri qishloq xo'jalik texnikasi 
unum dorligini oshirishga va ishlab chiqarishni yiriklashtirishga 
jamlashga sharoit yaratish maqsadida xo'jalikiami yiriklashtirish bo'ldi.
74


1950-yildan 1954-yilgacha yer tuzish ishlarining asosiy turi m ayda 
qishloq xo'jalik artellarini kattaroqlari bilan birlashtirish va ularning 
hududlarini tashkil etish bo'ldi. Kolxozlar soni 236,9 mingdan (1940- 
yil) 123,7 minggacha (1950 yil), 87,5 minggacha (1955-yil) qisqardi 
va ular ishlov beriladigan maydonlari va chorva mollari soni bo'yicha 
ancha yiriklashdilar. Bu o'zgarishlar m urakkabroq va har xil yer 
tuzish ishlarini o'tkazishni talab etdi. Ozuqa va maxsus alm ashlab 
ekishlar, yaylovlar, pichanzorlar, daraxtzorlar hududlarini tashkil 
etish masalalari ishlana 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə