Yer tuzishning ilmiy asoslari


səhifə32/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

b o s h la n d i.
50-yillarning o'rtalariga kelib, hozirgacha o 'z ahamiyatini yo'qot- 
magan qishloq xo'jalik korxonalarida ichki yer tuzish to 'g 'risid a tu~ 
shuncha uzil - kesil bunyod bo'ldi.
1954-1961 -yillarda mamlakatda keng hajmda cho'l va bo'z yerlarni 
o'zlashtirish amalga oshirildi. Bu vaqtda hammasi bo'lib 42,8 mln. ga 
yangi yerlar o'zlashtirildi va 3 m ingdan oshiq sovxozlar tuzildi. Bu 
davrning faqat ikkinchi yilida m am lakat qishloq xo'jaligi foydala- 
nishiga 33 mln. ga yerlar qo'shildi. Yer tuzish ishlarining um um iy 
massasida bu vaqtda yangi sovxozlarda xo'jaliklararo va xo'jaliklarda 
ichki yer tuzish asosiy o 'rin n i egalladi; qishloq xo'jalik ishlab 
chiqarishini yo'lga qo'yish, yangi qurilish va hududni tashkil etish 
bilan bog'liq m asalalar yechildi.
60-yillarnmg o'rtalariga kelib qishloq xo'jaligi korxonalari maydoni 
bo'yicha yirik, nisbatan yaxshi texnika va ishlab chiqarish fondlari 
bilan ta'm inlangan xo'jaliklardan iborat edi. O 'rtacha bir kolxozga 
6,1 ming ga qishloq xo'jalik yerlari, 2,9 ming ga haydalm a yerlar 
maydoni, har bir sovxozgd mos tarzda 24,6 ming ga va 7,6 ming ga 
to 'g 'ri kelar edi. Shunga qaram asdan 1960-yildan boshlab qishloq 
xo'jaligi ishlab chiqarishining o'sish tezligi pasaydi.
Tarm oqni ekstensiv usullar bilan yuritish uni turg'unlikka olib 
keldi, asosiy ekinlarning hosildoriigi va mollarning mahsuldorligi juda 
pastligicha qolaverdi.
Komfirqaning m art (1965-y.) Plenum ida asosiy qoidalari tasdiq- 
langan yalpi agrar siyosat qishloq xo'jaligi yerlarini melioratsiyalash, 
ximizatsiyalash va tarm oqni moddiy - texnik jihatdan qayta qurol- 
lantirish bilan birgalikda intensivlashga asosiy e ’tib o rn i qaratdi. 
M asalan, 1966-1975-yillarda m elioratsiyalash dasturini bajarish
75


jarayonida kolxoz va sovxozlarda sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yeriari 
5 m ln ga, zaxi qochirilgan yerlar - 2,9 mln. ga ko'paydi.
Tuproq eroziyasining keng tarqalishi va u bilan kurashish zaru­
rati sababli, 1967-yil 20-m artda «Tuproqlarni sharnol va suv eroziya- 
laridan him oya qilish b o ‘yicha kechiktirib bo ‘lmaydigan choralar 
to ‘g‘risida»gi hukum atning qarori qabul qilindi. iJnga asosan tuproq 
eroziyasi kuzatilayotgan m intaqalarda xo‘jaliklarda ichki yer tuzish 
birinchi navbatda hududni eroziyaga qarshi tashkil etishga va kompleks 
tashkiliy - xo‘jalik, agrotexnik, o ‘rm on m eliorativ va gidrotexnik, 
tuproqni m uhofaza qiluvchi tadbirlarga qaratilgan bo ‘iishi kerak edi.
Sobiq Ittifoq qishloq X o‘jalik Ministrligi 1968-yil 27-m ayda Yer 
tuzishning asosiy qoidalarini tasdiqladi, u yer tuzishning vazifalarini, 
m azrnunini va yer tuzish ishlari bajarilishining um um iy tartibini 
aniqlab berdi. Ularga um um iy rahbarlik qilish Sobiq Ittifoq qishloq 
X o‘jalik Ministrligiga, bevosita rahbarlik esa ittifoqdosh respublikalar 
qishloq xo ‘jalik M inistrliklarining yerdan foydalanish va yer tuzish 
boshqarm alari (bosh boshqarm alari) orqali ushbu M inistrlikning 
yerdan foydalanish va yer tuzish Bosh boshqarm asiga, ilmiy - 
uslubiy ta ’m inot esa 1968-yilda tashkil etilgan Davlat yer resurslari 
idorasiga topshirildi.
Sobiq ittifoqdosh va avtonom respublikalarda, o ‘lka va viloyat- 
larda yer tuzishni tashkil etish yerdan foydalanish va yer tuzish 
boshqarm alari (bo‘limlari) tom onidan amalga oshirildi, ularni baja­
rish esa yer tuzish b o ‘yicha loyiha institutlari (giprozem lar) zim - 
masida edi.
G iprozem lar, ularning filiallari vaekspeditsiyalari barcha turdagi 
yer tuzish ishlarini: yerdan foydalanishlarni tashkil etish va tartibga 
solish, yangi yerlarni o'zlashtirish va transform atsiyalash uchun 
aniqlash, kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonala- 
rida ichki yer tuzish, ham da bu m aqsadlar uchun zarur izlanish, 
o'rganish, tasvirga olish va boshqa ishlami bajardilar.
60-yillar oxirlarida yer to‘gTisida sobiq ittifoq va respublikalar 
qonunchiligini kodlash o ‘tkazildi. 1968—yil dekabrida «SSSR itti- 
foqi va ittifoqdosh respublikalar yer qonunchiligi asoslari» tas- 
diqlandi, unga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» qabul 
qilindi. Bu yerdan foydalanishda tartib o ‘rnatishga yordam qildi, yer 
tuzishning va uning.organlarining statusini yangi darajaga ko‘tardi va 
qonuniy m ustahkam ladi.
76


1967-yil boshida m am lakatdagi 51834 qishloq xo'jalik korxona- 
sidan 38373 tasida yer tuzilgan edi: shunday ishlam i yana 200 mln. 
ga ko‘p maydonga ega 10 m ingtadan ko‘p xo‘jaliklarda o'tkazish 
zaru r edi. Y erlarni him oya qilish va tab iatn i m uhofaza qilish 
tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha katta ishlarni bajarish кещк edi.
1972-yildan e ’tiboran rnam lakatim izda yer tuzish organlari ke- 
lajakdagi resurslardan foydalanishning bosh loyihalarini ishlashni 
boshladi. Shunga o'xshash ehizm alar sobiq ittifoqdosh respubiikalar 
bo'yicha ham ishlandi. Yer tuzish bo'yicha loyihalash institutlari 1972 
va 1977-yillarda qabul qilingan ko'rsatmalar asosida viloyatlar (o'lkalar, 
A SSR lar) va m a ’m uriy tu m a n la r yer tuzish chizm alarini tuza 
boshlashdi. Bu ehizm alar yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish 
bilan bog'liq holda, xalq xo'jaligi rivojlanishining kelajagini belgilash 
uchun reja oldi asosi, yer tuzishda esa loyiha oldi asosi sifatida xizmat 
qiidilar.
Yer tuzish ishlarining har xilligi va hajmining kattarishi daviat- 
mng yer tuzish bo'yicha loyihalash va izlanish ishlariga qiladigan 
xarajatlarining sezilarli darajada o'sishiga olib keldi.
Y erdan yuqori sam ara bilan foydalanish, uni m uhofaza qilish, 
tum an agrosanoat m ajm ualarini tuzish zarurati tufayli tum anlar 
yer tuzish chizm alarining ham da agrosanoat ishlab chiqarishini 
joylashtirish va oqilona tashkil etish uchun hududiy asos yaratuvchi 
xo'jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarining aham ivati ancha oshdi,.
X o'jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari 70-yillardan boshlab 
kompleks tarzda ishlana boshladi. Ularda ilmiy asosda nafaqat hududni 
tashkil etish m asalalari, balki, xo'jalik yuritish tizim larini tashkil 
etish, m elioratsiya, tabiatni m uhofaza qilish va eroziyaga qarshi 
tadbiriar majmuasini loyihalash bilan bog'liq m asalalar ham yechila 
boshladi. Ularni ishlash uchun xarajatlar ham ko'paydi. (10-jadval).
X o'jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari keyinchalik u yoki bu 
tadbirlarning - yerlarni rekultivatsiyalash, m adaniy-texnik tadbir­
iar, yerlarni tubdan yaxshilash, qishloq xo'jaligi uchun o'zlashti- 
rish, injenerlik inshootlarini qurish (yo'llar, eroziyaga qarshi, gid- 
rotexnik va selga qarshi qurilmalar, ko'llar, limanlar, suv saqlagichlar, 
tutilgan aniq uchastkalar) uchun ishchi loyihalarni tayyorlashda 
asos bo'ladi.
Bu loyihalar kolxozlar, sovxozlar, boshqa yerdan foydalanuv- 
chilarga xo'jalik yo'li bilan yoki pudratchi tashkilotlar yordamida bos- 
qichm a -■ bosqich xo'jaliklararo va xo'jalikda ichki yer tuzish Toyi- 
halarida ko'zda tutilgan tavsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.


10 - j a d v a 1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə