X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


MIyangIznI RAg‘bAtlAntIRIng



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə20/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

MIyangIznI RAg‘bAtlAntIRIng


Yangi muhit. Yangi muhitni yangi manza- radan boshlang. Masalan, yangi ochilgan isti- rohat bog‘i yoki supermarket yoki qayta taʼ- mirdan chiqqan o‘yingoh bo‘ladimi, xullas, ko‘zingiz bilan avval ko‘rmagan joylarda bo‘lishga harakat qiling.
Notanish ifor. Xushbo‘y moylar yoki har xil attorlik buyumlaridan sotib oling va ularni o‘zingiz uxlaydigan joyga qo‘ying. Undan taralayotgan har kunlik yangi hid siz- ning kayfiyatingizni ko‘tarish bilan birga, ilhom manbai bo‘ladi. Dilingiz yayrab, ta- nangiz rohatlanadi. Unutmang: sizni o‘ziga jalb qiladigan iforlar boshingizni og‘rit- masin. Bunga alohida eʼtibor bering.
Yumuq ko‘zlar. Iloji bo‘lsa, uyingizdagi bir xonani mana shu mashg‘ulot uchun ajrating. Kechki payt o‘sha xonaga kiring va chiroqni o‘chirib, qorong‘ida xona bo‘ylab harakatla- ning. Iloji boricha xato qilmaslikka, tekis yurishga, devor yoki jihozlarga urilmaslikka harakat qiling. Uxlashdan avval dush qabul qiling. Faqat uni ham bir oz chekinish bilan amalga oshiring. Yaʼni ko‘zlaringiz yumuq hol- da. U ayniqsa, barcha sezgi aʼzolaringiz fao- liyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qo‘llarning ish tartibini o‘zgarti- ring. Siz doimo o‘ng qo‘lda ishlashga o‘rgan- ganingizga shubha qilmaymiz, ammo endi salgina o‘zgartirish qilamiz. Siz odatdagi kundalik yumushlarni o‘ng qo‘lda emas, aksin- cha, chapida bajarib ko‘rasiz. Iloji bo‘lsa, qo‘llarning ish tartibini rejalashtirib, aniq bir meʼyorga keltirishingiz mumkin.
Kiyim javoningizni almashtiring. Siz o‘rgangan har doimgi ko‘rinish endi o‘z- garadi. Miyangiz esa uni yangilik sifatida qabul qiladi. Har kuni bir joydan olingan kiyimlaringiz endi joyi o‘zgartirilgan. Ammo shunday ish yuritingki, bu o‘zgarish sizning qimmatli vaqtingizni olmasin.
Brayl tizimi. Bu salgina ajablanarli bo‘lishi tabiiy, albatta. Ammo siz bunga par- vo qilmang. to‘g‘ri-da, o‘zgarish qilgandan ke- yin oxirigacha qilish kerak. Kitoblarni od- diy yozuvlarda o‘qiysiz, yozuvingiz ham oddiy, hamma qatori. Endi soqovchasiga gaplashib, Brayl alifbosida yozishni o‘rganishingiz ke- rak. Bu mushkul vazifa. Lekin samarali vosi-
tadir! Natijasi yomon bo‘lmaydi. Bu o‘zgarish sizning miyangizga birmuncha yangilik bo‘lib, uning toliqishiga qarshi kurashadi.
Yangi yo‘l. Har kuni ertalab ishga, o‘qishga, qo‘yingki, kundalik odatingizdagi joylarga o‘zingiz biladigan bir yo‘ldan borishga odat- langansiz. Chunki yo‘nalishni o‘zgartirish siz uchun qimmatga tushishi mumkin. Ammo bundan aslo qo‘rqmang.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə