X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


Muhimi, o‘zingizda ishonch



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə22/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

Muhimi, o‘zingizda ishonch hosil qilingki, u mukammal xotira egasi bo‘lishingizga ko‘maklashsin.

nOtAnISH SO‘zlARnI RASMlARDAn ESlAyMIz


Tadqiqotlar davomida miya- ning nutq markazi yangi so‘z- larni harf yoki bo‘g‘inlar tar- zida emas, balki butunligicha, aniqrog‘i, surat ko‘rinishida idrok etishi aniqlandi.
Inson o‘z ona tili yoki biror xorijiy til- dagi notanish so‘zlarni o‘rganar ekan, ular- ni bus-butun holatda, muayyan tasvir ko‘ri- nishida qabul qiladi. Bu esa matnlarni tezroq o‘qish va axborotlarni yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi.
Ayrimlar so‘zlarni tez surʼatda, harf- ma-harf yoki qismlarga bo‘lgan holda talaf- fuz qilsak, ularni tushuna olmaymiz, degan xulosaga kelishgan edi. Aslida esa miyaning nutq uchun javobgar hisoblangan «vizual lug‘at» o‘ziga xos tizimni ishga solgan holda so‘zlarni qanday «ko‘rishi» va tushunishiga bog‘liq.
Ushbu xulosaga kelish uchun ikkita guruhga ajratilgan ko‘ngillilar ishtirokida nooda- tiy tajriba o‘tkazildi. Mutaxassislar to- monidan ingliz tilidagi 150 ta so‘zga o‘zgar- tirishlar kiritilib, notanish va hech qan- day maʼnoga ega bo‘lmagan kichik lug‘at tuzib chiqildi. So‘ngra ularni eslab qolish vazi- fasi topshirildi. tajriba davomida olim- lar magnit-rezonans tomografiya usulida ko‘ngillilarning miya faoliyatini sinchiklab


kuzatib borishdi. Bunda har qanday kichik o‘zgarish- lar ham eʼtibordan chetda qolmadi. Mazkur kuzatuv- lar olimlarga yangi so‘zlar- ni eslab qolish va ularni ifoda etishda miyaning qaysi qismlari ishtirok etishini aniqlashga yordam berdi.
Natijada esa miya notanish so‘zlarni yodda saqlashda ko‘rish po‘stlog‘i qismi bilan yon- dosh bulgan, atrofdagi insonlar qiyofasini eslab qolishga xizmat qiluvchi neyronlar zanjiridan foydalanishi maʼlum bo‘ldi.
Olimlarning taʼkidlashicha, mazkur taj- riba xulosalari nafaqat neyrofiziolog- lar, balki lingvist va pedagoglar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Endigina so‘z- lashni o‘rganayotgan bolalar yoki xorijiy tillarni o‘zlashtirayotgan kattalarga yangi so‘zlarni harfma-harf emas, balki butun ho- licha yodlatish maqsadga muvofiq.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə