X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


«Ismingizni aytolmaysizmi?..»



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə25/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

«Ismingizni aytolmaysizmi?..»


Sizda tanishlaringiz ismini unutib qo‘- yish hollari tez-tez uchrab turadimi? Quyi- dagi holatlar balki sizga juda tanishdir: nima haqdadir gapirmoqchi bo‘lasiz, lekin u kutilmaganda esingizdan chiqib ketadi; fik- ringizning o‘rtasida aslida o‘zi nima haqda o‘ylayotganingizni hech eslay olmaysiz. U hol- da kitobni o‘qishda davom etavering. Biz- ning xotiramiz cheklanmagan hajmdagi maʼ- lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Agar biz shu imkoniyatlarni kengaytiruvchi usullarni qanchalik ko‘p mashq qilsak, ke- rakli maʼlumotlarni eslab qolishimiz shun- chalik osonlashadi. Xotiraning pasayishi nimadan kelib chiqadi? Buning bosh sababi atrofimizda har kuni ro‘y beradigan chalg‘i- tuvchi voqea-hodisalardir. tadqiqotchilar- ning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda hech bo‘lmagan- da mingta reklama namoyish qilinadi va bu chalg‘itish uchun yetarli bo‘ladi. Quyidagilarni ham sabab sifatida ko‘rsatish mumkin:
Gipertoniya agar qon bosimingiz yuqori bo‘lsa, sizda xotirangiz pasayishi va ruhan og‘irlashish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.
Diabet – gipertoniya kabi miyamizning anglash, tushunish, o‘rganish funksiyasi- ni pasaytirishda katta rol o‘ynaydi, bu holat asosan yoshi katta ayollar orasida ko‘proq uchraydi.
V12 vitamini yetishmasligi – agar siz- ning kunlik ovqatingizda yetarlicha V12 vi- tamini bo‘lmasa, xotirangiz zo‘riqishlarni osongina qabul qiladi.
Boshqa oziq bo‘ladigan moddalar yetish- masligi esa miya qo‘shimcha funksiyasining susayishiga olib kelishi mumkin.
Zaharlanish – shunaqangi zaharlovchi moddalar borki, insonning miya funksiyasi- ni susaytirish bilan birga, narkotikaga yo‘liqtiradi.

Xotira maʼlumotni ko‘rish, hidlash, pay- paslash, eshitish orqali saqlab qoladi. Maʼlumotni uzoq muddatli xotiraga saqlab qo‘yishdan oldin qisqa muddatli xotira- da vaqtinchalik maʼlumotlar almashinila- di. Miyaning maʼlumotlarni avtomatik ra- vishda ro‘yxatga olish tizimi yo‘q. Eslab qo- lish qobiliyati yaxshi bo‘lishi uchun maʼlumot xotirada kodlashtirilgan bo‘lishi kerak. Maʼlumotni qanday kodlashtirishimiz mum- kin? Bu uslubni siz maktab davridan bil- sangiz kerak: esda saqlab qolishni xohlagan narsani ifodali o‘qish va uni hech bo‘lmagan- da bir marta qaytarish. Bu tez-tez uchraydi- gan holat. Masalan, biz telefon raqamini,


eʼlon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, baland- roq o‘qisak, ularni eslab qolishimiz oson bo‘ladi. Murakkabroq maʼlumotlar uchun aynan shu uslubdan foydalansak qanchalik samarali natija berishi mumkin? Deylik, nutqni yod olish haqida nima deysiz? Uni takrorlayve- rish shak-shubhasiz foydali bo‘lib chiqadi – nutqingiz ustida qanchalik ko‘p ishlasangiz, har bir qatorni eslab qola olasiz.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə