X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə26/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

yana bir foydali usul: maʼlumotlarni gu- ruhlarga ajratish va ularni tanish biror narsa bilan bog‘lab, eslab qolish. Uzunroq matnni tezroq yod olish uchun esa mutaxassis- lar quyidagilarni tavsiya qilishadi:

  1. O‘qiyotgan maʼlumotingizning ko‘rini- shini miyangizda yarating. Ularni tasavvur qila olganingizda siz maʼlumotni yanada osonroq esda saqlab qolasiz.

  2. Kulgili yoki bemaʼni biror narsa haqi- da o‘ylang. Keyin shu ifodani o‘qiyotgan nar- sangizga bog‘lang.

Bu sizga xotiralaringizni hissiyotlarga bog‘lashga imkon beradi. Qo‘llashingiz mum- kin bo‘lgan yana bir qancha usullarni tavsiya qilamiz:

  1. Vaqtingizni o‘zingizni qiziqtiradi- gan ruhiy, xayoliy amallar bilan shug‘ulla- nishga sarflang.

  2. Ovqatlanish tartibiga va ovqat tar- kibiga eʼtibor bering. Maʼlumki, miya tana og‘irligining atigi 2 foizini tashkil qi- ladi, lekin biz qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarning 20 foizini isteʼmol qiladi.

Umumiy qoidalarga ko‘ra, siz qimmat ozuqa- viy qo‘shimchalarga muhtoj emassiz. Shuning uchun «yomon narsalar» isteʼmol qilmayotga- ningizga ishonch hosil qiling.

  1. Miya tananing bir qismi ekanligi- ni unutmang. tanangiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojla- nishiga ham yaxshi yordam bera oladi.

  2. Mashqlarni ko‘tarinki ruhda va kela- jakka bo‘lgan katta ishonch bilan bajaring. tashqi hodisalar taʼsiridan yoki o‘z fikr- laringiz tomonidan zo‘riqtirilganligidan qatʼi nazar, asabiylashish va xavotirlanish nerv hujayralarini halok qiladi va yana bittasi yaralishiga to‘sqinlik qiladi. Bunga misol tariqasida surunkali ruhiy zarbani ko‘rsatishimiz mumkin. Miyangizdagi nerv hujayralarining qanchalik uzoq yashashi siz ulardan qanday foydalanishingizga bog‘liq.

  3. O‘rganish orqali rivojlaning. Zero, miyamiz borligining sababi ham yashab turgan muhitimizni o‘rganish, o‘zgartirish. Miyani tez-tez yangi g‘ayrat, faollik bilan harakat qilishga undang.

  4. Bilamizki, biz sayyoramizdagi o‘zini- o‘zi nazorat qila oladigan, boshqara oladi- gan yagona tirik mavjudotmiz. Hayotingizda zabt etishingiz mumkin bo‘lgan cho‘qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissi- yotlarni uyg‘otuvchi so‘zlar, nutqlarni ting- lang. Maktab, kollejni, oliy o‘quv yurtini tugatgandan keyin ham har doim izlanishda davom eting, bunda yoshingizning ahamiyati

yo‘q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotga- ni sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko‘rinadi.

  1. tadqiqot olib boring, sayohat qiling. tu- rar joyni o‘zgartirib turish sizni muhitga ko‘proq eʼtibor berishga undaydi. Yangi qa- rorlar qabul qiling, miyangizni ishlating.

  2. Miyangizni tashqi manbalarga ko‘ra ishlatmang. Kino yulduzlari, siyosatchilar, aqlli qo‘shningiz fikrini ham o‘z miyangizda tahlil qilmasdan tatbiq qilmang. O‘z qaror- laringizni o‘zingiz qabul qiling va hattoki xatolarni ham. Harakatlaringizdan to‘g‘ri xulosa chiqaring. Shu yo‘sinda siz o‘z miyan- gizni mashq qildirib borasiz.

  3. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va kulib yurishga odatlaning.

  4. Ayollar uchun ko‘p piyoda yurish xotira- ning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi.

  5. Yangi til o‘rganish – izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy tillarni bilmaydi- gan odamlar xotira pasayishi xastaligiga ko‘proq duchor bo‘lishadi. Hozirdan kurashni boshlang va bugunning o‘zidayoq yuqoridagi usullardan hech bo‘lmaganda bittasini yaxshi- lashga harakat qiling!




Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə