X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə27/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

SOg‘lIq – bEbAHO nEʼMAt


Harakat nafaqat mushaklarni mustahkamlash uchun, balki xoti- rani rivojlantirish uchun ham kerak.
Faqat shundagina miya kislorod bilan oziqlanadi. Shuning uchun bolalar ko‘proq o‘ynashi, yugurishi, toza havoda iloji bori- cha ko‘proq sayr qilishi kerak.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni tez-tez qorni bilan yotqizing, karavotchasining ustiga rangli o‘yinchoqlarni osib qo‘ying yoki te- rib qo‘ying, go‘dak ularni olishga harakat qilsin, ag‘darilishga urinib ko‘rsin. Bola- ning motorikasini rivojlantirishga yor- dam bering. Bir yoshida bola ilk mustaqil qadamlarni tashlaydi. Endi sizning yor- damchilaringiz – bu bolalar maydonchasida- gi narvonchalar, gorkalar, arg‘imchoqlar va hatto o‘rmondagi to‘nkalar bo‘lishi mumkin. Farzandingiz gorkaga chiqib, unda osilib turishiga qo‘yib bering. U shu tarzda hara- katlarining koordinatsiyasini yaxshilaydi. Ikki, uch yoshda bola velosiped va samokat- ni o‘zlashtirish payti keladi. Qishda ko‘chaga o‘zingiz bilan chanalarni oling, agar chang‘i- da uchsangiz, albatta, farzandingizni ham chang‘ida uchishga o‘rgating. Bu yoshda jismo- niy va aqliy rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

IShnI nIMADAn bOShlASH KERAK?


Avval tanib olish xotira- si ishga tushadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq biror-bir predmetni bir marta ko‘rsa bas, keyin uni darrov tanib oladi. Agar pred- metni onasi yoki otasi qo‘lida ushlab tursa, go‘dak uni yanada yaxshiroq eslab qoladi.
Chunki ota-ona go‘dak hayotidagi eng asosiy odamlar hisoblanadi, demak, ota-ona bilan bog‘liq hamma narsa go‘dak uchun ham juda muhim. Olti oylik bola borgan sari ko‘proq narsalarni eslab qolishga qodir. Agar unga yorqin sariq rangdagi o‘rdakcha bilan ko‘z- ga unchalik tashlanmaydigan oq mashinacha- ni taklif qilsangiz, u albatta, o‘rdakchaga qo‘lini cho‘zadi. Endi esa mashinaning g‘il- diraklarini aylantirib, mashina qanday yurishini ko‘rsating. Kichkintoy kulyapti! U sevimli o‘yinchog‘ini bir necha kundan keyin ham tanib oladi, chunki u ma-
shina nimalar qila olishini eslab qoldi. Bolaga yangi o‘y- inchoqni taklif qilar ekan- siz, unga o‘yinchoq nimalar qila olishini ko‘rsating va gapirib bering. Shunda, bola- ning o‘yinchoq bilan o‘ynashi yanada qiziqarliroq bo‘ladi
va shu tarzda u xotirasida qoladigan yangi maʼlumotga ega bo‘ladi.
Bola 2–3 yoshida kattalarday eslab qola oladi. Endi u xotirasining barcha imkoni- yatlaridan foydalanishni biladi. Miyada qandaydir predmetlar (masalan: sigir, yo‘l- bars, nok, limon kabi) saqlanib qolishi uchun u tushunchalarni toifalar bo‘yicha guruhlay- di. Baʼzi bir so‘zlar hayvonlarni, boshqala- ri esa mevalarni ifodalaydi. Mevalar, sab- zavotlar, jonivorlar tasviri tushirilgan suratlarni qirqing va bolaga ularni turli qutichalarga solishga yordam bering.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə