Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə105/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
www.Orbita.Uz kutubxonasi
118
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
SI hosilaviy birliklari, karrali va ulushli birliklar, hamda o‘z maxsus nomi va belgisiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklar haqida qisqacha.
SI Xalqaro Birliklar Tizimiga bag‘ishlangan ushbu risolanining asosiy qismi, ya’ni, O‘TXQning rasmiy 8-nashrining o‘zida ham ta’kidlanganidek, SI tizimida hosilaviy birliklar, asosiy birliklardan keltirib chiqariladi va ularning soni, fan-texnikaning taraqqiyoti yo‘nalishida cheksiz davom etishi mumkin. Yuqoridagi keltirilgan 10 ta jadvalda, aniq fanlar va muhandislik fanlari sohasida keng qo‘llaniladigan 222 ta hosilaviy birliklar haqida qisqa shaklda ma’lumot berib o‘tdik. Unda hosilaviy birliklarni, geometriya, mexanika, kimyo, atom va yadro fizikasi kabi tegishli fan sohalariga taqsimlab, mantiqiy ketma-ketlikda berishga harakat qildik.
Hosilaviy birliklarning soni nihoyatda ko‘pligi vajidan, ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘ishning imkoni yo‘q. Bu boradagi ma’lumotlarni, mazkur fanlarga oid darsliklarga, yoki ensiklopedik manbalarga murojaat qilgan holda olish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Biz esa ushbu kichik risolada, ular haqida quyidagi qisqa, lekin muhim ma’lumotlarni taqdim qilish bilan cheklanamiz:
Avvalambor, radian va steradian haqida: mazkur ikki birlik, SI ning dastlabki variantida asosiy birliklar safida ham, hosilaviy birliklar safida ham bo‘lmagan. SI ga taaluqli dastlabki ma’lumotnoma va rasmiy axborotnomalarda, ushbu ikki birlik «qo‘shimcha birliklar» maqomiga ega bo‘lgan. Biroq keyinchalik ushbu birliklar ham, hosilaviy birliklar tajibiga kiritildi.
SIning hosilaviy birliklari uchun ham, o‘nli karrali va ulushli birliklarni yasash qoidalari to‘liq amal qiladi. Bu borada hali hamon o‘sha, farang inqilobi zamonida K.A. Dyuvernua tomonidan taklif qilingan va amaliyotga muvffaqiyat bilan tadbiq qilingan karrali va ulushli birliklarni yasash qoidalari qo‘llanadi. Karrali va ulushli birliklar, birliklarning nomlari oldidan old qo‘shimchalarni qo‘shib yozish orqali amalg oshiriladi. 1793-1795 yillardagi metr tizimining ilk marta amaliyotga joriy etilishi jarayonida, Farangistonda, karrali birliklarni yasash uchun yunon tilidan, ulushli birliklarni yasash uchun esa lotin tilidan foydalanish qoidasi
qabul qilingan edi. Ushbu tamoyil keyingi asrlarda ham mustahkam saqlanib qoldi va faqatgina uning diapazonini kengaytirish choralari yuzasidan, 10−21 va 10−24 hamda 1021 va 1024 uchun yangi old qo‘shimchalar kiritildi. O‘nli karrali va ulushli birliklar haqida, risolaning asosiy qismida batafsil ma’lumot berilgan edi. Shu tufayli, bu joyda ular haqida yana bir bor to‘xtlib o‘tirish ortiqcha bo‘lsa kerak.
SIning o‘z maxsus nomi va belgisiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklariga kelsak, ularning aksariyati, insoniyat tamaddunining ilm-fan ravnaqi yo‘lida buyuk xizmatlar ko‘rsatgan atoqli olimlarning nomlarini abadiylashtirish maqsadida kiritilgandir. Bu borada atiga ikkita istisnoli holat mavjud bo‘lib, faqat lyumen va lyuks birliklari, atoqli ot bilan nomlanmaydi (ya’ni, olimlar sharafiga qo‘yilgan emas). Atoqli ot bilan nomlangan birliklarning belgilarini yozishda, katta harflardan foydalanish lozim.
Hosilaviy birliklarning maxsus nomlarni qo‘llash, yozish-chizish ishlarida ancha qulayliklar tug‘diradi. Ularning aksariyati, asosiy birliklarning turli matematik nisbatlari tarzida oson keltirib chiqarilsa hamki, biroq, bunday birliklar uchun, ataylab joriy etilgan maxsus
nomlarni qo‘llash majburiydir. O‘z maxsus nomi va belgisiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklar haqida ham, risolaning asosiy qismida batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə