Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə107/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
121
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
SI birliklari bilan teng huquqda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, lekin, SI tarkibiga kirmaydigan, tizimlashmagan birliklar.
SI Xalqaro Birliklar Tizimining joriy qilisnishi, amaliyotda o‘zga birliklar tizimlari yoki, tizimlashmagan birliklardan foydalanish borasida ta’qiqlar qo‘yishi ehtimoli haqida bir paytlar katta tortishuvlar bo‘lgan edi. Biroq, butun dunyo bo‘yicha, insoniyat hayotiga ming yilliklar davomida singib, ong va shuurimizda mustahkam o‘rnashib qolgan shunday birliklar borki, ularni SI birliklari bilan ham, yoki, boshqa birliklar bilan ham almashtirishning iloji-imkoni yo‘qdir. Bunday birliklar qatoriga birinchi navbatda taqvim va sana birliklari bo‘lmish, soat, daqiqa va kun, birliklari kiradi. Tasavvur qiling, quyosh chiqishining ketma-ket takrorlanishlari orasini kun (sutka) bilan emas, SI ga binoan, faqat soniyalar bilan o‘lchasak, yoki, kun boshidan buyon o‘tgan vaqtni ham soatlarda emas, soniyalar bilan ifodalasak bormi, qanchalik murakkab va qiyin bo‘lib ketar edi vaqt hisobi. Vaqt hisobining 60 lik sanoq tizimiga asoslanishining o‘zi bunda qancha dahmaza bo‘lardi. Aytaylik, qoq peshin vaqti 1230 da bo‘ladi deb olsak, SI ga ko‘ra uning aniq vaqti, kun boshlangandan keyin 43230 soniyaga to‘g‘ri kelgan bo‘lar edi. Muassasalar idora eshiklari oldidagi ma’lumotnomalarda, ish vaqti haqida: «ish vaqti 14400 dan 61200 gacha; tushlik, 43200 dan, 46800 gacha» degan yozuvlarni o‘qigan bo‘lar edik. Sonlarni kattaligini qarang. Kundalik hayot uchun umuman noqulay. Hafta, oy va yil esa bundan ham katta sonlarni taqozo etgan bo‘lardi.
O‘rni kelganda ushbu qiziqarli tarixiy faktni ham eslab o‘tish joizki, 1795 yilda, o‘nli sanoq tizimi tarafdorlaridan iborat ayrim ilmiy guruhlarning tavsiyasi bilan, inqilobiy farang hukumati, barcha o‘lchov birliklarini, shu jumladan, 60 lik tizimga asoslangan vaqt o‘lchovlarini ham o‘nlik tizimga o‘girish haqida qaror chiqargan edi. O‘shanda soatsozlar kun davomiyligini ham 10 soatga, soatni ham 100 daqiqaga bo‘lib soatlar yasab chiqishgan. Daqiqa esa 10 soniyaga taqsimlangan. Hatto yil oylarining nomlarini ham boshqatdan nomlangan edi. O‘sha tavakkalchilik zamonida, yuqorida tilga olingan qaror yuzasidan tayyorlangan 10 soatlik cho‘ntak soatlarining nusxalarini tarix muzeylarida hozir ham uchratish mumkin.
Tizimlashmagan birliklar ichida yana ayrim shunday o‘lchov birliklari mavjudki, ular
kundalik amaliy ehtyojlar yuzasidan yoki, ma’lum faoliyat sohalaridagi hisob-kitoblar yuzasidan, SIdagi muqobillaridan ko‘ra haqiqatan ham afzalroqdir.
Shunday birliklardan biri – litrdir (biligi l, L). U ham kundalik turmush nuqtai nazaridan juda qlay birlik bo‘lib, SI dagi hajm birligi m3 dan ko‘ra ancha afzalliklarga ega. Masalan, salqin ichimliklar yorligida, uning hajmi haqida 1/10 m3 deb yozilishidan ko‘ra, 1 L deb berilishi tushunarliroq bo‘ladi (kasr sonlar ko‘pchilikni jig‘iga tegishini e’tiborga olsak ). Ushbu guruhga, shuningdek, massa birligi uchun tonna (1000 kg); yassi burchak uchun gradus, minut va sekund; hamda maydon birligi uchun gektar (ga) birliklari ham taaluqlidir.
Tizimlashmagan birliklarning SI birliklari bilan teng huquqda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yana bir toifasi, maxsus fan sohalari uchun amaliy qulayroq bo‘lgan birliklardir.
Masalan, astronomiyada, fanning o‘rganish miqyosi shunchalikm kattaki, unda kilometrlardan foydalanish, sonli ifodalarning juda yiriklashib ketishiga sabab bo‘ladi. Chunonchi Yer va Quyosh orasidagi masofa, ≈149600000 km; Quyosh va quyosh tizimining eng chetki sayyorasi bo‘lmish Neptun orasidagi masofa esa, ≈4504400000 km ga borib yetadi.
Ko‘ryapsizki, koinotning juda kichik bo‘lagi bo‘lmish Quyosh tizimi doirasidayoq, SI birliklarining sonli ifodalari nihoyatda kattalashib ketdi. Shu sababli ham, bunday miqyoslar uchun, boshqa, nisbatan qulayroq birliklarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Astronomlar, koinot miqyosidagi masofa o‘lcholari uchun, qulaylik yuzasidan, Yer va Quyosh orasidagi masofani birlik uchun qabul qilishgan bo‘lib, u «astronomik birlik» deb ataladi va belgisi esa

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə