Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə115/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
132
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash; davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
metrologiya masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qilish;
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish kiradi;
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
4-1-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlar.
O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni «O‘zstandart» agentligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə