Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə112/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI

Qadimgi islomiy o‘lchov birliklari.

127



Birlik

Karrali yoki, ulishli qiymatlari

SI dagi ekvivalent qiymati. (SI ga o‘tkazish koefitsienti )

w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .

Uzunlik va masofa birliklari

1

Isba’1

≈ 1.925 sm (≈2 sm)

2

Qabza2

=4 isba’

≈ 7.7 sm

3

Qarich (Shibr)

=3 qabza=12 isba’

≈ 23.1 sm

4

Ziro‘3

=2 qarich=6 qabza= 24 isba’

≈ 46.2 sm

5

Gaz, Arshin

=8 qabza = 32 isba’

≈ 61.6 sm

6

Sarjin

=3 gaz = 8 qarich = 24 qabza

≈ 184.8 sm

7

Qasaba

=6 gaz

≈ 369.6 sm ≈ 3.7 m

8

Ashiyr

=6 qasaba

≈ 22.176 m

9

G‘alva4

=50 qasaba

≈ 184.8 m

10

Qafiyz

=1.2 g‘alva

≈ 221.76 m

11

Musulmon mili

=10 g‘alva

≈ 1848 m

12

Jariyb

=1.2 mil

≈ 2217.6

13

Farsax

=2.5 jariyb

≈ 5544 m

14

Bariyd5

=4 farsax

≈ 22.176 km

15

Marhala

=2 bariyd

≈ 44.352 km

16

Qasr masofasi

=2 marhala

≈ 88.704 km

Hajm va sig‘im birliklari

1

Qadoq

≈ 0.516 L

2

Mudd6

≈ 0.688 L

3

Botmon

=2 qadoq

≈ 1.04 L

4

Qist = qadah7

=2 mudd

≈ 1.375 L

5

So‘ = maxtum

=2 qist

≈ 2.75 L

6

Makkuk

=1.5 so‘

≈ 4.125 L

7

Faraq

=2 makkuk

≈ 8.25 L

8

Pud (kayla)

=2 faraq

≈ 16.5 L

9

Qafiyz

=4 faraq

≈ 33 L

Vazn birliklari

1

Qiyrot

≈ 0.22 g

2

Doniq

≈ 0.5 g

3

Misqol8

≈ 4.25 g

4

Navot

=3.5 misqol

≈ 14.9 g

5

Qadoq

≈ 408 g

6

Botmon

=2 qadoq

≈ 816 g

7

Qist

≈ 1.088 kg

8

So‘

≈ 2.176 kg

9

Faraq

≈ 6.5 kg

10

Pud

≈ 13 kg

1 Ortacha qomatli odam barmog‘ining qalinligi
2 Qo‘lni musht qilgandagi to‘rt barmoqning qalinligi
3 Odam tirsagidan o‘rta barmog‘i uchigacha bo‘lgan uzunligi
4 Kamondan otilgan o‘qning yetib boradigan o‘rtacha masofasi
5 Otliq chopar xabarchining (pochtachi) bir punktdan ikkinchisigacha eltish masofasi
6 Katta odamning hovuchi
7 Ikki kishi to‘yib suv ichadigan idish
8 O‘rtacha kattalikdagi arpa yoki bug‘doy doni og‘irligi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Xalqaro birliklar tizimi – SI
128
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
XOTIMA.
...1940 yilning 14 iyun kuni tongida, bir necha tankchi diviziyadan iborat fashistlar armiyasi Parij ko‘chalari bo‘ylab shovqin solib o‘ta boshladi. fashistlar Germaniyasi Fransiyaga bostirib kirgan edi...
Har qancha vahimali bo‘lmasin, Parij yaqinidagi bir binoga, bosqinchilar qadami hech qachon yetib bormagan. Ushbu bino va unda saqlanayotgan obyektlarning ahamiyati shu qadar balandki, hatto fashistlar ham va ulardan keyingi ozod qiluvchi qo‘shinlar ham, bu joyni harbiy harakatlardan holi tutishni ma’qul ko‘rishgan. Mazkur bino va u joylashgan yer maydoni
«mustaqil xalqaro hudud» maqomiga ega bo‘lib, jiddiy qo‘riqlanadi va kirish oldidan passport ko‘rsatish shart.
Gap – Parij yaqinidagi Sevr shaharchasida, Pavillion de Bertuilldagi 43520 m2 maydonda joylashgan, O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi (O‘TXI) haqida bormoqda.
O‘lchov va Tarozilar Xalqaro idorasi. Tarixiy fotosurat, 1889 yil. ©Marcus du Sautoy
O‘lchov va Tarozilar Xalqaro idorasi. Zamonaviy ko‘rinishi. ©www.bipm.org
O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasining bosh vazifasi, butun dunyo bo‘yicha o‘lchov birliklarining yagona unifikatsiaylangan tizimining ta’minlash, Asosiy fizik kattaliklar uchun o‘lchov birliklarining fundamental standartlarini o‘rnatish hamda, xalqaro etalonlarni saqlash; Milliy va Xalqaro standartlarni muvofiqlashtirish; O‘lchov texnikalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish; shuningdek, Fundamental fizik konstantalarning miqdoriy qiymatlarini va o‘lchamlarini yuqori aniqlik darajasida ishlab chiqish va muvofiqlashtirsh kabi jiddiy va murakkab masalalar hisoblanadi.
Ushbu ajoyib bino, «xalqaro mustaqil hudud» maqoimiga to‘laqonli va haqli ravishda munosib bo‘lib, uning bu maqomi, o‘lchovlar va birliklarning tartiboti, zamonaviy dunyo uchun naqadar muhimligini tasdiqlaydi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
129
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
O‘lchov va birliklarning insoniyat uchun ahamiyati shu qadar kattaki, biz insonlar, bu sohani xalqaro miqyosda muvofiqlashtiruvchi tarnsmilliy metrologik jamiyat ham tuzib oldik. O‘TXI binosida, qachonlardir, metr tizimining barcha etalonlari saqlanar edi. Ularning aksariyati bugungi kunda o‘tmishda qolgan bo‘lib, ilm-fan tarixi zarvaraqlaridan joy egallagan. Hozirda ularning o‘rniga, butun olam tuzilishining asosini tashkil qiluvchi zarrachalarning o‘ziga – atomlarga, yoki, tabiatning universial va o‘zgarmas qonuniyatlariga tayanuvchi, yangi muqobillarni ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Masalan, metr uchun yorug‘lik tezligini, vaqt uchun esa atomlar tebranishini asos qilib olingan. O‘TXI binosida bugun faqat
bitta etalon – kilogramm etaloni bo‘lmish «katta K» saqlanmoqda xolos.
Mazkur idora faoliyati samarasi o‘laroq, bugungi kunda biz, qadimgi ajdodlarimizning hayollariga ham kelmagan darajadagi aniqlikka ega o‘lchovlar va birliklar tizimi, o‘lchov asbob-uskunalari va texnikasi, hamda, uslubiyotlariga ega bo‘ldik. Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ushbu faoliyatning eng ajoyib mahsullaridan biridir.
Biz, XXI asr odamlari, bugun har qachongidan ham aniq o‘lchamlarga ega dunyoda yashamoqdamiz. Hozida ilm-fan, bir qarashdayoq juda ulkan miqyos va murakkablik kasb
etadigan butun olamdagi barcha voqe’lik va hodisalarni, SI ning atiga yettita asosiy o‘lchov birliklari orqali ifodalashi mumkin. Ushbu darajaga esa, uzoq asrlar davomidagi chuqur izlanishlar natijasida va insoniyatning eng o‘tkir zehnli farzandlarining mashaqqatli mehnatlari evaziga erishdik.
Tarixda, o‘lchovlar va birliklarni takomillashtirish borasida tashlangan har bir qadam, o‘z ortidan katta-katta ilmiy munozaralar va muammolarni, pirovardida esa, ilm-fandagi ulkan burilishlarni olib kelganini ko‘ramiz. O‘lchashlar, tamaddunlarni yangi rivojlanish bosqichlariga ko‘targan, savdo va sanoatni yangi marralarga olib chiqqan, ilm-fan va texnika taraqqiyotini jadallashtirgan. Ularga asoslanib olimlar, yangi kimyoviy elementlarni kashf
qilishdi; atomni parchalashdi; insonni koinotga uchirishdi...− hayratlanmay ilojimiz yo‘q...! Bularning bari, insoniyat tamaddunining oltin sahifalaridan joy olib bo‘lgan.
Tarixga nazar tashlasak, Odam tirsagi uzunligiga asoslangan qadimiy uzunlik o‘lchovi etalonlardan tortib, atom soatlarigacha bo‘lgan har bir o‘lchov birliklari, o‘z davri taraqqiyoti uchun ulkan ilmiy va texnologik iniqloblarni boshlab berganligini ko‘ramiz.
O‘lchovlar va birliklarni mukammallashtirish borasida erishilgan va ushbu risolada sanab o‘tilgan barcha yutuqlarga qaramay, olimlarning o‘lchov birliklarini va texnikasini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlari tinimsiz davom etmoqda. Ulardan biri, hozirda, Fransiya va Sheytsariya chegara hududida, 100 metr chuqurlikda qurilgan katta adron kollayderi faoliyati bilan bog‘liqdir. Unda olimlar, elementar zarralarning massasini belgilivchi subatom zarracha – Xiggs bozonini ustida ishlamoqdalar. Agar kun kelib bu borada aniq ilmiy ma’lumotlar olinsa, biz hozirgacha aniqlangan eng kichik zarralardan biri asosidagi yangi kilogramm etaloniga ega bo‘lamiz. Atom soatlari ustida izlanayotgan olimlar ham, bu borada ortda qolayotganlari yo‘q. Ularning ilmiy faoliyatlari natijasida, ilmiy metrologiya, yaqin orada, butun olam paydo bo‘lganidan buyon o‘tgan davrga nisbatan atiga bir soniya hatolikka ega bo‘lgan superaniqlikdagi atom soatlarini tayyorlanishi mumkin...
Tasavvur qiling, agar ushbu izlanishlar ijobiy natijasini bersa, biz qanday yangi imkoniyatlarga ega bo‘lamiz: Aniq o‘lchovlar evaziga biz, yaqin yillar ichida, nano-dunyo texnologiyalariga asoslangan, lahzalik kommunikatsiya, kvant kompyutyerlaridan tortib, olis-
olis ko‘z ilg‘amas galaktikalargacha bo‘lgan miqyoslarda yangidan-yangi ilmiy yutuqlarni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Ilmiy fantastika – reallik kasb etadi.
O‘lchov birliklarining asl maftunkorligi ham aynan shunda...
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə