Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə111/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI

Ba’zi horijiy mamlakatlarda keng tarqalgan o‘lchov birliklari va SI tizimi birliklari orasidagi munosabatlar.

125

w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .



Horijiy birlik

SI dagi ekvivalent qiymati. (SI ga o‘tkazish koefitsienti )

Uzunlik va masofa birliklari

1

Xalqaro Dengiz mili

1852 m

2

Mil (mahalliy qonuniy)

1609.344 m

3

Farlong

≈201.17 m

4

Kabelt

185.2 m

5

Yard

0.9144 m

6

Fut

30.48 sm

7

Dyum

25.4 mm

8

Katta chiziq

2.54 mm

9

Kichik chiziq

2.117 mm

Maydon va yuza birliklari

1

Kvadrat mil

≈2.590 km2

2

Akr

≈4047 m2

3

Kvadrat yard

≈0.836 m2

4

Kvadrat fut

≈0.0929 m2

5

Kvadrat dyum

≈6.452 sm2

Hajm va sig‘im birliklari
(sochiluvchan quruq moddalar, kukunlar uchun)

1

Yard kub

≈0.7646 m3

2

Fut kub

≈0.02832 m3

3

Dyum kub

≈16.387 sm3

4

Barrel (quruq, AQSh)

≈115.6 litr

5

Bushel (Britaniya )

≈36.37 litr

6

Bushel (AQSh)

≈35.24 litr

7

Pinta(quruq, AQSh)

≈0.551 litr

8

Gallon (quruq, AQSh)

≈4.4 litr

9

Kvarta (quruq, AQSh)

≈1.1 litr

Hajm va sig‘im birliklari
(suyuq moddalar uchun)

1

Neft barreli

≈ 159 litr

2

Gallon (Britaniya)

≈ 4.545 litr

3

Gallon (AQSh)

≈ 3785 litr

4

Kvart (Britaniya)

≈ 1.136 litr

5

Kvarta (AQSh)

≈ 0.946 litr

6

Pinta (Britaniya)

≈ 0.568 litr

7

Pinta (AQSh)

≈0.473 litr

Tezlik birliklari

1

Dengiz mili soatiga

≈0.541 m/s

2

Mil soatiga

≈0.447 m/s

3

Sekundiga fut

≈0.305 m/s

Energiya birliklari

1

Btu

=251.67 kal = 1055 J

2

mmbtu

= 1 GJ

3

therm

=105 btu

www.Orbita.Uz kutubxonasi

Xalqaro birliklar tizimi – SI
www.Orbita.Uz kutubxonasi
126
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
Qadimgi islomiy o‘lchov birliklari.
Yurtimiz ming yillar davomida o‘zining yuksak madaniyati va shonli tarixi bilan shuhrat jahon maydonida o‘ziga xos shuhrat qozonib kelgan. Ajdodlarimizninh ilm-fanning barcha sohalarida samarali ijod qilib, buyuk ilmiy kashfiyotlar qilishgan. Ular qoldirgan benihoya boy ilmiy me’ros, hozirgi kun uchun ham o‘ta qadrli va dolzarbdir. Buyuk bobokalon ajdodlarimiz
Muso al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino Ahmad al Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin al Koshiy singari o‘tkir mutafakkir allomalarimizning aniq va tabiiy fanlar borasida olib borgan ilmiy faoliyatlariga, jahon hali hanuz tahsinlar o‘qimoqda. Ularning o‘z ilmiy ishlarida foydalangan o‘lchov birliklari ham o‘ziga xos bo‘lib, mazkur allomalarning ilmiy ishlarini o‘rganishda va mohiyat-mazmunini anglashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Umuman olganda, IX-XII asrlar islom uyg‘onish davri deb yuritiladigan, jahon ilm-fani osmonida Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi bobolarimizning porlashi bilan boshlangan buyuk ilmiy tariximizda ham, shonli o‘tmishimizning keyingi davri – Temuriylar hukmronligi
ostida o‘tgan XIII-XV asrlarda ham, va o‘zbek xonliklarining qaror topishidan toki ularning
tanazzuligacha bo‘lgan XVI-XIX asrlarda ham, mamlakatimiz hududida muqaddas islom dini va shariat qonunlari ustivor bo‘lganligini e’tirof etish o‘rinlidir. Shunga ko‘ra, xalq kundalik turmushi va savdo munosabatlarida ham, buyuk allomalarimizning ilmiy ishlarida ham, asosan islom dini shariat qonunlarida o‘rnatilgan o‘lchov birliklaridan foydalanilgan.
Islom dini va musulmon jamiyati odatda o‘lchovlar borasida jiddiy qoidalar bilan ish yuritgan va yuritib kelmoqda. Islomda o‘lchov birliklariga bo‘lgan munosabat hech qachon yuzaki bo‘lmagan, chunki, musulmon jamiyatida, savdoda ham, boshqa munosabatlarda ham, qat’iy mezonlarga amal qilingan. O‘lchovdan adashish, yoki, unda qasddan chalkashtirish, birovning haqqiga xiyonat qilingani bo‘lib, hamma zamonlarda ham qattiq qoralangan. Ajdodlarimiz o‘lchovlar borasida juda ehtiyotkor bo‘lishgan va ularda xiyonatkorlikdan hazar qilishgan... Ushbu birliklarning aksariyati bugungi kunda faqat o‘sha eski qo‘lyozma manuskriptlardayu, tarix muzeylarda qolgan. Biroq barchasi ham emas. Islom dini qoidalariga ko‘ra bajariladigan amallarda, xususan Ramazon ro‘zasi vaqt hisobida, fitr sadaqalarida, musofirchilik, tahorat va g‘usl masalalari va ho kazolarda ular hali hamon o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Shu sababli ham, qadimgi islomiy birliklarning hozirgi zamon o‘lchovlaridagi muqobil qiymatlarini bilish foydadan holi bo‘lmaydi.
Yuqorida ham aytib o‘tganimizdek, SI birliklarida tashari boshqa, tarixiy o‘lchov birliklari, shu jumladan ajdodlarimiz foydalangan o‘lchov birliklari haqida alohida bir kitob qilish niyatimiz bor. Shu sababli ham, bu risolada, qadimiy islomiy o‘lchov birliklari borasidagi so‘zimizni qisqa qilib, fikrimizni, vatanimiz tarixini chetdan o‘rgangan Ovro‘palik ikki tarixchi olimlarning quyidagi fikri bilan yakunlaymiz.
O‘rta asrlar musulmon sharqi mamlakatlari tarixi va o‘lchov birliklari borasida ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchi olim Valter Hints (Olmoniya) va olima Ye.A. Davidovich (Rossiya), o‘z asarlrida, bir-biridan mustaqil ravishda shunday faktni keltirishgan: Markaziy Osiyo musulmonlari, shar’iy o‘lchov birliklari borasidagi qoidalarga, boshqa har qanday hudud musulmonlaridan ko‘ra qat’iy amal qilishgan. Bunda xalqaro savdo munosabatlarini yuritishda
ham jiddiy ehtiyotkorlik choralari ko‘rilgan. Xususan, Ye.A. Davidovich tadqiq qilgan bir tarixiy hujjatda, Buxoro amiri bilan rus savdogarlari o‘rtasida tuzilgan o‘zaro oldi-sotdi kelishuvida, o‘zaro muomalada, vazn o‘lchov birliklarining mann deb nomlangan turidan foydalanilishi, uning ikki xili borligi, kichik mann 320 funt, katta mann esa 640 funt tosh bosishi haida maxsus qayd etib o‘tilgan va vakolatli shaxslarning imzolari bilan tasdiqlangan. Hujjat taxmnan XVII asr yarmiga tegishli deb baholanadi.
Umuman olganda esa, tariximizni tobora chuqur o‘rganarkanmiz, ajdodlarimizning buyuk zehn-zakovatlaridan hayratlanmaslikning hech qanday imkoni qolmaydi...


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə