Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə114/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
131
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
«o‘lchov vositalarini kalibrlash» - metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlangan.
«o‘lchov vositalarini yasash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun listenziya» - davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini guvohlantiruvchi hujjat.
«o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» - yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
«metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish» - o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
«o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish» - yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» - o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti» - operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
  • modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari.

  • Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
  • modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar.

  • Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi.
  • modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish.

  • Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ
    - O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)
    «O‘zstandart» vakolatiga: (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
    metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə