Xalqaro birliklar tizimi – si



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə108/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

a.b. (xalqaro ua, unit astronomical so‘zidan) tarzida ifodalanadi. Biroq, yulduzlararo fazo va galaktka o‘lchamlariga chiqilsa, a.b. ham kamlik qilib qoladi. Buning uchun esa a.b.ning karrali birligi siriometr qo‘llaniladi. Siriometr – Yer osmonidagi eng yorqin yulduz bo‘lmish Sirius yulduzi sharafiga atalgan bo‘lib, u million astronomik birlikka teng deb olingan. So‘nggi
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Xalqaro birliklar tizimi – SI

paytlarda ushbu birlik amalda tobora kamroq qo‘llanilmoqda. Falakshunoslar o‘z faoliyatlarida
shuningdek, parsek (belgisi pk, xalqaro talqini pc) birligidan ham keng foydalanishadi. Parsek
- yillik parallaksi bir soniyaga teng bo‘lgan (boshqacha aytganda, yer orbitasining o‘rtacha radiusi bir sekund burchak ostida ko‘rinadigan) masofaga tengdir. 1 pk = 3.0857∙1013 km ≈ 206265 a.b. Barcha fanlar ichidagi eng katta birliklarga ega fan ham aynan astronomiyadir. Eng katta o‘lchov birligi esa – yorug‘lik yili hisoblanadi. Uning o‘zbekcha belgisi yor.yili, xalqaro talqini esa, ly bo‘ladi. U, yorug‘likning bir yilda bosib o‘tadigan masofasi bilan o‘lchanadi. 1 yorug‘lik yili = 9.4605∙1015 metr = 9.4605∙1012 kilometr ≈ 63239.7 a.b. ≈ 0.306595 pk bo‘ladi. Keling, gapni chalkashtirmay, bu sohaga oid birliklarning jadval ko‘rinishidagi tavsifini keltirib qo‘ya qolsak:

122

w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .

Masofa birligi

km

a.b.

Yor.yili

pk

kpk

Mpk

Kilometr

1

6.69∙10–9

1.06∙10–13

3.24∙10–14

3.24∙10–17

3.24∙10–20

Astronomik birlik

1.496∙108

1

1.58∙10–5

4.85∙10–6

4.85∙10–9

4.85∙10–12

Yorug‘lik yili

9.46∙1012

6.32∙104

1

3.07∙10–1

3.07∙10–4

3.07∙10–7

Parsek

3.08∙1013

2.06∙105

3.26

1

10–3

10–6

Kiloparsek

3.08∙1016

2.06∙108

3.26∙103

103

1

10–3

Megaparsek

3.08∙1019

2.06∙1011

3.26∙106

106

103

1

Shuningdek, qo‘llash uchun qulay, lekin SI tarkibiga kirmaydigan tizimlashmagan birliklar haqida gap ketganda, optikada keng tadbiqqa ega bo‘lgan dioptriya, belgisi dptr, atom va yadro fizikasi uchun elementar zaryad, elektronvolt, bor radiusi kabi birliklarni ham qayd etib o‘tish joizdir. SI risolasi bu borada, tizimlashmagan va o‘zga tizimlar birliklari orasidan 42 tasini Xalqaro Birliklar Tizimi birliklari bilan teng huquqda qo‘llashga ruxsat bergan.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, yorug‘lik yili (yor.yili), massaning atom birligi (m.a.b.), hamda dioptriya (dptr) birliklarini karrali va ulushli birliklar va old qo‘shimchalar bilan ifodalash mumkin emas.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə