Xalqaro birliklar tizimi – si


SI Xalqaro Birliklar Tizimidan tashqarida



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə109/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

SI Xalqaro Birliklar Tizimidan tashqarida...
Yuqorida bir nechcha sahifa davomida qiziqarli tarixi va istiqbolli kelajagi haiqda so‘z yuritganimiz – SI tizimidan tashqari, yana jahondagi ayrim davlatlarda, yoki, ayrim tor fan sohalarida hali hanuz qo‘llanilayotgan ko‘p sonli mahalliy va konservativ o‘lchov birliklari ham bisyor. Ushbu risola asosan SI Xalqaro Birliklar Tizimiga bag‘ishlangani bois, o‘zga tizimlar va birliklar haqida batafsil to‘xtalishni, boshqa bir kitob uchun mavzu tariqasida qoldirishni ma’qul ko‘rdik. Zero, SI ga kirmaydigan boshqa tizim birliklari va tizimlashmagan birliklarning, umuman olganda esa, insonlar tomonidan turli sohalarda qo‘llangan har qanday o‘lchovlarning o‘zigagina xos bo‘lgan, qiziqarli va shonli tarixi mavjuddir.
Masalan, siz o‘zingiz ham, teleekran yoki radioefirlardagi birja yangiliklari orqali ko‘p bora kuzatganingiz, «brent turkumidagi neft barreli falon dollarga baholandi» qabilidagi jumalalar, avtomashinalar haqidagi qaydnomalardagi, dvigatel quvvatining «falon ot kuchi» ekanligi haqidagi ma’lumot, yoinki, kiyib yurgan kiyimingiz yoqasida yopishtirilgan yorliqdagi XXL shaklidagi o‘lchamlar shular jumlasidandir. Qolaversa, zilzilala kuchining o‘lchovi uchun Rixter shkalasi bo‘yicha falon ball, portlovchi moddalarning trotil ekvivalenti, yoki, o‘qotar qurollarning kalibrlari haqida ham bilish qiziqarli bo‘lsa kerak. O‘ylaymanki, kitobxonga hammadan ham qiziqarlrog‘i, o‘zimizning qadimgi ajdodlarimiz qo‘llagan o‘lchov birliklari – misqol, pud, doniq, chaqirim, botmon kabilar haqida ham ma’lumot olish va ularning zamonaviy birliklardagi ekvivalentlari bilan tanishuv bo‘adi. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimdek, ular haqida ham yaqin vaqtlar alohida, boshqa bir yaxshi bir risola tayyorlash niyyatimiz bor. Shuning uchun ham, ushbu kitobda, SIdan tashqari boshqa birliklar haqida, qisqacha jadval shaklidagi ma’lumotlarni berish bilan kifoyalanamiz:
www.Orbita.Uz kutubxonasi


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə