Xalqpedagogikas I


ShVETsIYa OLIY O’QUV YuRTLARI



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə17/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

ShVETsIYa OLIY O’QUV YuRTLARI
Yaqin vaktlargacha Skandinaviya universitetlari unchalik ommaviylashmagan edi. Mamlakat tili xam jaxon mikyosida u kadar katta mavqega ega emas edi. Ammo keyingi 10 yil ichida Shimoliy Evropa, xususan Shvetsiya oliy o’quv yurtlarida boshka mamlakatlardan talabalarni kuprok jalb qilish xarakati boshlandi. Chet ellik talabalar uchun maxsus stipendiyalar joriy kilgan, ingliz va shved tilini bepul urganish va imtixon topshirish mumkin.
Shved oliy ta’limida ikkita musbat jixat bor.
1.An’anaviy oliy sifat. Mamlakat tabiatining betakror go’zalligi etuk mutaxassis, menedjer, olim, muxandislar tayyorlashga xam sharoit tugdiradi.
2.Bu erda barcha talabalar kaysi millatga mansubligidan kat’iy nazar tekin bilim oladilar.
Shunday kilib Shvetsiya oliy o’quv yurtlarida bir kadam olga siljish boshlandi. Shvetsiya Universitetlarida o’qishni istagan abiturientlar Internet orkali o’zi xoxlagan oliy o’quv yurtining xalkaro bulimiga murojaat kiladi.
Chet elliklar shvedlar bilan umumiy tartib koidalar asosida tanlovdan utishadi. Avval, undan bazaviy ma’lumotlardan xabardorligi talab kilinadi. Ya’ni u o’ziga yaratiladigan gamxurliklar xakida biladimi? Kabul bir yilda 2 marta buladi. 5 oylik mustakil kurslar uchun kuzgi semestrga joriy yilning 15 apreli, baxorgi semestri 15 oktyabrga kadar xujjat topshiriladi. U o’rta maktabni, kiska muddatli kurslar, bakalavrlikni tugatganligi xamda ma’lumotnoma yoki diplom nusxasi abiturientdan talab kilinadigan asosiy xujjatlardir. Unga esa o’z mamlakatining biror pedagogi bergan tavsiyanoma xam kushib topshiriladi. Uni qiziktirgan fakultet elektron pochtaga ulanganligi sababli abiturientdan bu xaqidagi referat xam ingliz tilida talab kilinadi. Umuman, xar kanday mamlakat talabasi bu erda talim olishdan avval xech bulmaganda bir yil o’z yurtida taxsil olgani ma’kul. Maktabni tamomlab, birdan Shvetsiyaga kelib kolgan chet el fukarosi ancha kiynalib koladi. Shvetsiya Universitetlariga ariza yo’llagan talaba ta’limni tekin olsada, u turar joy masalasini o’zi xal kiladi. Talaba 750$ stipendiya oladi. Shuniig 3G’1 kismini turar joyga taksimlaydi. Stokgolm va Edborg shaxarlarida boshpana topish katta baxt xisoblanadi. Talabalar 10-5 kishi foydalanishga mo’ljallangan yotokxonalarga xam joylashishi mumkin. Shvetsiyada bilim olishni xoxlovchilarga kelishi bilan kredit kartochkasi beriladi. Stokgolm va Geterborg Universitetlariga kelib, fundamental fanlar bilan shugullanishni istasa, uning amaliy tadkikotlari, keyinchalik oliy kirollik texnika, Chalmersov maktablarida davom etadi. Gumanitar soxa mutaxassislariga Uppsal va Lund Universitetlari xizmat kiladi. Stokgolm Universitetlari bilan teng obro’da yuradigan Sedertorn oliy maktabi xam borki, u poytaxtga yakin joyda joylashgan. Maktab 1996 yilda o’zining ilk talabalarini kabul kilgan edi. Shvetsiyada ta’lim va biznes dunyo qonuniyatlariga kup xam mos tushavermaydi. Stokgolm iqtisod maktabi Evropa mamlakatlarida yukori nufuzga ega. Maktabning Riga va Peterburgda filiallari mavjud.
Ta’lim uslublari Germaniya, Daniya, Finlyandiyanikiga uxshash. Ingliz millatiga mansublar bu erda kuprok; Avstraliyaliklar, Yangi Zellandiyaliklar xam kam emas. Sharkiy Evropa fukarolari xam kam emas, etarli. MDX. davlatlaridan borib taxsil olayotganlar nisbatan kam. Lotin Amerikasi, Yaponiya, Xitoy davlati vakillari xam uchraydi. Ta’lim olish uchun Shvetsiyaga eng kam fukaro keladigan mamlakat bu Arabiston va Afrikadir. GERMANIYa

Maktabgacha


Boshlang’ich ta’lim


O’rta ta’lim


ta’lim





2-6 yoshdagi


6-11 yoshlar dan


11-] 8 yoshlar da litsey va


bolalar uchun


(5yil)davom etadi; 3


kollejlarda amalga


tashkil etilgan


bosqichli tayyorlab,


oshiriladi:2bosqichli-11-12yosh, 12-


«onalar maktabi».


elementar


14yosh:14-!5-birinchi bosqich davri; 15-




chukurlashtirish


18 yosh ikkinchi bosqich davri.




bosqichlari.






Frantsiya

Belgiya ta’lim tizimi


Majburiy ta’lim


Shvetsiya ta’lim


6-18 esh. Kupchilik


Maktabgacha


tizimi.

bolalar

ta’lim.



boradi.

Boshlang’ich

7-16 yosh.




ta’lim.



6-11 yoshlar (1-5


O’rta ta’lim.


Kupchilik boradi


sinflar)






bepul, majburiy 1.1-


Oliy ta’lim.


(majburiy emas).


18





yoshlar o’quvchilar o’zlari




kuyi bosqich 1-6




kiziqkan fanlarni




sinflar yukori




Urganadilar xunar urganadilar (bir




bosqich 7-9 sinflar. Ixtiyoriy 3 turdagi o’rta maktablarda




Vaktning o’zida). 4 ta davlat




amalga oshiriladi;




va 4 ta xususiy




biri universitetga,




universitet mavjud.




boshkalari kasbiy .








faoliyatga tayyorlaydi.








6 ta universitet-








barchasi davlat








karamogi va








boshkaruvida




Savollar.


1.Evropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya muammolar haqida
Umumiy xarakteristika bering.
2.Germaniya va Frantsiya davlatlarining ta’lim tizimi, uning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat.
3.Belgiya va Shvetsiya davlatlarining ta’lim muammolari.
7 - MAVZU: AQSh ta’lim tizimi
Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
- bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
- 1- 8 - sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
- 9 – 12 - sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog’chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog’chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o’zi olib keladi. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo’naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko’chish o’quvchining o’zlashtirganlik darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to’garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9 - sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. O’rta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi.
1 - kasb-hunar ta’limi, 2 - biznes ta’limi, 3 - savdo va sanoat ta’limi hamda 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.
1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr 4 yillik kollejlarda , 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirishi mumkin. Bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4 –bosqich esa aspirantura, doktorantura. Maktablarda ta’lim televidiniesi, elektron til laboratoriyasi, videoapparatura kompyuter va hokazolarni qo’llash yo’lga qo’yilgan. Maktablar ta’til va­qtida ham ishlab turadi. To’garaklarda qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo’nalish mavjud:
1-ta’limni individuallashtirish;
2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish.
O’qituvchi yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki AQSh o’rta maktablarida o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik kasb-hunar, umumiy yo’nalishlarda bilim beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda: qishloq xo’jaligi biznes ta’limi savdo va sanoat qurilish bo’yicha hunar, kasb-kor asoslari o’rgatiladi.
AQShda har bir o’quvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o’qish istagida hujjat topshirgan o’qituvchilar yuqori o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o’tkaziladi. O’g’il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi.
Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta’lim televideniesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi.
Turli yo’nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo’lishi o’quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo’yicha jahonga o’z iqtidorlarini namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o’zlashtirishda jahonda eng oldingi o’rinlarga chiqishlari; har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo’lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo’ravonlikka barham berish o’qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan. Bu AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.
Oliy o’quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha AQSh jahon mamlakatlari orasida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag’ning 48 foizini davlat tomonidan 50 foizini firma kontsern sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o’quv yurtlarining manbalari tashkil qilindi.



Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə