Xalqpedagogikas I


Germaniyada ta’lim tizimining rivojlanishi



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə15/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

Germaniyada ta’lim tizimining rivojlanishi
Ta’kidlab o’tish joizki Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li bizning Respublikamizdagiga o’xshab ketadi. Ikki German davlati birlashgandan keyin sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida ta’limni isloh qilish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga ma’qul keladi.
Germaniyaning hozirgi davr maorifidagi asosiy muammosi sobiq GDRdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir.
Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo’lib, u mamlakatning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar ichida kuchli oltilikka kirgan.
Germaniya ta’lim tizimlarining bayoni quyidagicha: Germaniyada ta’lim tizimi: maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadn. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari xayriya birlashmalari korxonalar xususiy shaxslar diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalanganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli. Bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to’la haftalik o’qishni bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to’la bo’lmagan haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Maktab o’quvchilariga o’quv qo’llanmasi, asosan darsliklar bepul beriladi. Xususiy maktablar ozroq. O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang’ich maktabdan so’ng o’qituvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichdagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur asosida o’qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar:
Bular: asosiy maxsus maktab real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Real bilim yurtlar asosiy maktab va yuqori maktab o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu erda o’qish 6 yil davom etadi (5-13 sinfgacha) va to’la ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir. To’liqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning (9-10 sinflar) 79%) to’liq o’rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O’qish uch bosqichdan iborat bo’lib birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan kasbga taaluqli maxsus fanlardan nazariy asoslash berilib yirik korxonalarda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O’quvchining birinchi yildan ikkinchi yilga o’tish sinov imtihonlari o’tkazilib, o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari federal erlardagi sanoat palatasi hunarmandchilik pa vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatta asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki tamoyiliga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, o’qituvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’risidaga federal qonunga ko’ra ular moliyaviy yordam oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak talabalar xaqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga juda murakkab tizimga ega.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə