Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 29,12 Kb.
səhifə3/10
tarix26.10.2023
ölçüsü29,12 Kb.
#131182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sanoat xavfsizligi

6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga oladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Sanoat xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi talablari qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 29,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə