Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi



Yüklə 29,12 Kb.
səhifə9/10
tarix26.10.2023
ölçüsü29,12 Kb.
#131182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
sanoat xavfsizligi

20-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik qonunchilikda belgilanadigan tartibda majburiy sug‘urta qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun mehnatga oid qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(22-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

Yüklə 29,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə