Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot



Yüklə 352,2 Kb.
səhifə18/31
tarix24.06.2022
ölçüsü352,2 Kb.
#90051
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot

Savollar:

  1. Buyumlar interneti (Internet of Things) tushunchasini tushintirib bering?

  2. Buyumlar interneti (Internet of Things) qanday funkiyalarga ega?

  3. Buyumlar interneti (Internet of Things) konsepsiyasi haqida nimalarn bilasiz?

  4. Nima sababdan Buyumlar interneti (Internet of Things)ni tadbiq etish lozim?

  5. Buyumlar interneti (Internet of Things)ga misollar keltiiring.


Adabiyotlar va internet resurslar:
1.
Outline scope of services for the role of information management, CIC/INF MAN/S first edition 2013
5-ma’ruza. Virtual reallik (Virtual Real) va uning о‘ziga xos xususiyatlari.


Reja:

    1. Virtual reallik (Virtual Real) tushunchasi.

    2. Virtual reallik (Virtual Real)uning о‘ziga xos xususiyatlari.

Tayanch iboralar: Virtual reallik (Virtual Real), virtual obraz, virtual obyekt, virtuallashtirish, virtual muxit, shlem-displey, maxsus qо‘lqop, stereoskopik monitorlar

    1. Virtual reallik (Virtual Real) tushunchasi.

Jahonda hozirgi voqelik yangidan-yangi dolzarb masalalarni va ularni samarali hal qilish zarurati bilan bog‘liq ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, Internet tizimi bilan bog‘liq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng taraqqiy etishi kuzatilayotgan bо‘lsa, ikkinchi bir tomondan jamiyat hamda ta’lim tizimini mazkur jarayonlardan yutuqlaridan tо‘laroq foydalana olishga tayyorlash zarurati sezilmoqda.
Kompyuterlarni qо‘llashdagi yangidan-yangi imkoniyatlarni aniqlash va ularni izchillik bilan amaliyotga tatbiq etib borish — ta’lim jarayonlarini taraqqiy ettirishning zamonaviy bosqichidagi muhim omillaridan biri hisoblanadi. О‘z navbatida, kompyuter texnologiyalarining jadal taraqqiy etib borishi — ularni ta’lim jarayonlarida keng qо‘llanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Inson faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, ta’lim tizimida internetni jamiyatni taraqqiy ettirishning yetakchi omillaridan biri sifatida joriy etish, bilim oluvchilarning borliqni virtual vositalar asosida idrok eta olish kо‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liq masalalarning izchil hal etilishi dolzarb muammolardan bо‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, bu borada virtual reallikka asosgan ta’limiy resurslarni yaratish muammosi tadqiqotchilarda alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Virtual reallik — bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bо‘lib, u atrof-muhitning odatiy usuldagi tasavvurini — turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish — boshqa texnik vositalar yordamida erishib bо‘lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.
«Virtuallik» atamasi lotincha «virtualis» sо‘zidan olingan bо‘lib, «muayyan bir sharoitlarda sodir bо‘ladigan yoki rо‘y berishi mumkin bо‘lgan», yoki mavjud bо‘lmagan, lekin amalga oshish ehtimoli mavjud bо‘lgan jarayon kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu atama inson faoliyatining juda kо‘p sohalarida uchraganligi uchun ham uni ta’lim tizimiga olib kirishga yetarlicha asoslar mavjud. Turli fanlarga oid tushunchalarni izohlashda bunga kо‘plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, fizika fanida faqat boshqa zarrachalarning о‘zaro ta’sirlashish holatidagina mavjud bо‘la oladigan zarrachalar virtual zarrachalar (virtual foton, bozon va boshqalar) deb yuritiladi. Virtual zarrachalar tufayligina real elementar zarrachalarning о‘zaro ta’sirlashuvi yuzaga keladi va bunda virtual zarrachalarning о‘zaro almashinuvi sodir bо‘ladi. Virtuallik tushunchasi meteorologiya sohasida ham qо‘llaniladi. Ushbu sohada muayyan namlikka ega bо‘lgan havo haroratining xuddi shu bosimga mos kо‘rsatkichlaridagi quruq havo kо‘rsatkichi virtual harorat deb yuritiladi.
Psixologiyada «virtual obraz», «virtual obyekt» atamalari ishlatiladi. Masalan, inson faoliyatining mashina bilan birlikda qaralishi virtual obyekt sifatida qabul qilinadi. Zero, bu virtual obyektning bevosita bajaradigan ishi na inson va na mashinaning funksiyasiga xos emas, bu obyektga xos xususiyat faqatgina inson bilan mashina birgalikda olinganida yuzaga keladi. Psixologik jihatdan virtual borliqning quyidagi о‘ziga xos xususiyatlari ajratib kо‘rsatiladi: hosil qilinganlik, dolzarblik, avtonomlik, interaktivlik. Psixologik virtual borliq inson psixikasining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Virtual borliq uni yuzaga keltiruvchi obyekt faol bо‘lgan holatdagina mavjud bо‘la oladi.
Kompyuterning tasavvur qilinadigan xotirasi — virtual xotira sifatida qabul qilinib, u fizik jihatdan hech bir alohida olingan xotira tashuvchisiga muvofiq kelmaydi, ya’ni, virtual xotira kompyuter elementlarining о‘zaro funksional ta’sirlashuvi natijasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, virtual xotirani yuzaga keltiruvchi dasturiy vositalar yordamida inson juda ulkan hajmdagi axborotlardan foydalana olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Amaldagi zamonaviy kompyuterlarning barchasi maxsus java virtual mashinasi bilan jihozlangan.
Ta’limda kinolavhalar hamda turli illyustratsiyalarga asoslangan virtual reallik elementlari ilgaridan qо‘llanilib kelingan. Kompyuter texnikasi harakat va tovush bilan bog‘liq axborotlarni yagona majmuaga biriktira olganligi, bilim oluvchilarga kuzatilayotgan jarayonlarga faol ta’sir kо‘rsatish (muloqot qilish) imkoniyatlarini yaratishi bilan virtual reallikka asoslangan ta’lim resurslarini yaratishda sifat burilishini yasadi.


    1. Yüklə 352,2 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə