Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot



Yüklə 352,2 Kb.
səhifə17/31
tarix24.06.2022
ölçüsü352,2 Kb.
#90051
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot

4.1. Buyumlar interneti (Internet of Things) tushunchasi.
Insoniyat о‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan.
Birinchisi - yozuvning kashf etilishi bо‘lgan bо‘lsa, ikkinchisi - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bо‘lgan.
Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqо‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham о‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yо‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qо‘ymoqda.
Aslida internetdan foydalanadigan buyumlar zamonasi ham allaqachon boshlangan. Shu sababli ham bu soha «buyumlar interneti» deb nomlanish olgan bо‘lib, axborot texnologiyalari evolyusiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi.


4.2. Buyumlar interneti (Internet of Things) konsepsiyasi.
«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining о‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan о‘rtaga tashlangan edi. Unga kо‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy rо‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan texnik vositalar, masalan, kо‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil tо‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qо‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bо‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish kо‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya’ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali о‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.
Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana о‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bо‘lgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham «buyumlarniki» bо‘lib qoldi. Chunki, о‘sha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan odamlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari о‘sishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon bо‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham о‘zib ketgani iddao qilinmoqda.
Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bо‘lgani bu - erinchoqlikdir. о‘sha Romki ham tosterni о‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bо‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qо‘yasiz. Ular esa, internet orqali о‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini kо‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qо‘yib yoqib qо‘yadi. Zо‘r-a? Tо‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.
Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar kо‘p bora allaqachon uydan chiqib bо‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni о‘chirmay chiqqan bо‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba’zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qо‘shnilarni ham qiynab qо‘ygan holatlar bо‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. о‘sha dazmolni basharti о‘chirmay chiqqan bо‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telyefoningiz orqali о‘chirib qо‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan kо‘p qо‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda о‘zini-о‘zi tokdan о‘chirsin. Suv toshib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini «aytadi»).
Bular oddiy, maishiy misollar.
Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga о‘rnatsangiz, uyingizga «chaqirilmagan mehmon» kelishi bilan u о‘z о‘zidan ishga tushib, poygakdagi odamni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, о‘sha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga xabar berib, qо‘shimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto «02» ga о‘zi qо‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning о‘zi tomonidan internet orqali bajariladi. Energiya tejamkorligi borasida ham buyumlar interneti yaxshi samara berishi mumkin.
Masalan, siz xonada bо‘lgan paytingizda, konditsioner sensori sizning borligingizni о‘zi sezib, о‘zi ishga tushadi va sovita boshlaydi. Isitish va yoritish tizimini ham shunday sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti odamga juda kо‘p imkoniyatlar taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda odamning о‘z fantaziya darajasi bilan cheklanadi xolos.
Yuqorida aytgan jarayon, ya’ni, buyumlar internetini xonadonda qо‘llash hozirda «Aqlli uy» deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu jarayonning nisbatan yirikroq va muhimroq kо‘rinishi «Aqlli shahar»konsepsiyasida namoyon bо‘lishi mumkin. Masalan, bunda shaharning ijtimoiy ahamiyatga ega muhim qismlari « transport vositalari, svetoforlar, xavfsizlik tizimlari va ho kazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash mumkin. Masalan, svetoforlar va avtomobilingiz internet orqali muloqot qilsa, sizga mashinangizdagi sensorli ekran shaharning qaysi kо‘chalari tirband va qaysi kо‘chalari nisbatan holi ekanini kо‘rsatib borishi mumkin. Ofisingiz ham «aqlli ofis» tizimida loyihalangan bо‘lsa, masalan, mashinangiz ofisga yetishga ikki daqiqa qolganda о‘zi internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga, noutbukka sizning kelishingiz haqida xabar beradi. Ular esa ishga tushib, xonaga kirishingizga tayyor turadi. Sizga bu gaplar ertakdek tuyulayotgan bо‘lishi mumkin. Lekin, ishoning, bu kо‘z о‘ngimizda bо‘lib turgan reallikdir. Sizga bu hali uzoq kelajakdek ham tuyulishi mumkin. Biroq, bir paytlar ota-bobolarimiz ot-aravalar zamonasidan avtomobillar davriga qadam qо‘yishganidek, endi biz ham oddiy buyumlardan internet orqali о‘zaro muloqot qila oladigan «aqlli» buyumlar zamonasiga kirib kelmoqdamiz.
Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor bо‘lishi bilan birgalikda, bu bozorni shiddat bilan rivojlanishdan tо‘sib turgan ayrim muammolar mavjud. Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali о‘zaro muloqot qilishi uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar о‘z bizneslarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma internet buyumlarni faqat о‘sha firmadan olishga majbur qilishga mо‘ljallangan. Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday о‘yinlarni yoqtirmaydi. Lekin, buyumlarning internet tilini standartlashtirishga qaratilgan dastlabki muvaffaqiyatli urinishlar allaqachon mavjud. Masalan, hozirda kо‘plab ishlab chiqaruvchilar WEB Z.0 texnologiyasiga bog‘lana oladigan buyumlarni ishlab chiqarishga о‘tishgan. Buyumlar internetining ommalashishiga hozircha tо‘sqinlik qilayotgan eng katta omil esa, internetli buyumlarning hozircha biroz qimmatligidir. Biz yuqorida ta’riflagan «aqlli uy» sistemasidagi minimal tо‘plam, masalan, о‘zi ishga tushadigan chiroq, eshik qulfi, kamera va suv toshishini aniqlovchi datchikdan iborat tо‘plam о‘rtacha 200$ atrofida bо‘lib, sistemani yanada kengaytirish yana ham xarajatlarning kо‘payishiga olib keladi. Lekin, bir paytlar kompyuterlar favqulodda qimmat bо‘lib, keyinchalik, masalan bir necha barobar arzon bо‘lib ketgani singari, internetga ulana oladigan buyumlar ham tobora arzonlashishi tabiiy. Chunki, buyog‘iga ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat aynan shu yо‘nalishda ketadi. Axir, «Artel» konditsionerining ham reklamasida uning WI-fi bilan ishlashi bejizga urg‘u bilan ta’kidlanmagan.

Yüklə 352,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə