Xix asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani va tarixiy asarlar



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#142998
  1   2   3   4   5   6
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ilmiy tadqiqotlar va tarixiy fanlarning rivojlanishi


XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani va tarixiy asarlar

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya hukumati tomonidan Turkiston o`lkasini o`zlashtirishga kirishildi. Eng avvalo, 1867yilda mintaqaning bosh xaritasi tuzib chiqildi va iqlimini o`rganish uchun Toshkentda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi. Ammo uzoq vaqt davomida keng ko`lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish deyarli amalga oshirilmadi.

Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida o`rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tadqiqot ishlarida, garchi ana shu davrda tadqiqotlar asosan tashabbuskorlar kuchlari bilan davlatning ko`magisiz amalga oshirilgan bo`lsa-da, birmuncha jonlanish ko`zga tashlandi. Rossiya davlati noharbiy maqsadlarga mablag` sarflashni

istamasdan, faqat harbiy-siyosiy nuqtayi nazardan mintaqa ahamiyatini ko`rib chiqqan edi. 1871-yili tashkil etilgan o`rta Osiyo Olimlar jamiyati mablag` yo`qligi tufayli 1893-yilda o`z faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan edi.

1876-yilda Toshkentda Turkiston muzeyi, hozirgi o`zbekiston tarixi muzeyi tashkil qilindi. Muzeyda nodir qo`lyozma kitoblar, vaqf hujjatlari, buyumlar, turli davrlarga oid jangchilar qurollari saqlanadi. Etnografik material o`zbeklarning turmushiga oid buyumlar va liboslaridan iborat edi. Eng yangi tarix davri buyuk olimlar va davlat arboblarining hujjatlari, fotosuratlari va shaxsiy buyumlari vositasida tasvirlangan. Muzey fondida 155 mingdan ziyod eksponat mavjud edi.

Bu davrda, ayniqsa, Turkiston Qishloq xo`jaligi jamiyati faol ishladi. Jamiyat nashr ettirgan "Turkestanskoe selskoye xozyaystvo" jurnali qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerlarni sug`orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg`or usullarni targ`ib qildi. Qishloq xo`jaligi jamiyati paxtachilikni rivojlantirish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar bilan shug`ullandi va 1897-yilda dastlabki yutuqqa erishdi, ya’ni mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan o`ziga xos o`rta Osiyo paxtasining dastlabki tonnalari yetishtirildi.




Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə