Xix asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani va tarixiy asarlar



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#142998
1   2   3   4   5   6
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ilmiy tadqiqotlar va tarixiy fanlarning rivojlanishi

Nalivkin Vladimir Petrovich (1852—1918) — turkshunos olim. Kalugada tug`ilgan1, 873-yildan boshlab Turkistonda yashagan. U bir necha yil Farg`ona viloyatining Nanay qishlog`ida yashab, o`zbek, tojik, arab tillarini o`rgangan. V.P. Nalivkin etnografiyaga doir ishlar, Turkiston tarixi, islomshunoslik, o`zbek va fors tillarini o`qitish bo`yicha qo`llanma, ruscha-o`zbekcha va o`zbekcha-ruscha lug`at, "Turkiston o`qituvchilar seminariyasi uchun xrestomatiya", "o`zbek tilini amaliy o`rganish uchun qo`llanma", "Qo`qon xonligining qisqacha tarixi" asarlarini yozgan.

Tarixchi olimlar orasida akademik Bartold Vasiliy Vladimirovich (1869—1930) alohida o`rin tutadi. Uning mukammal ilmiy asarlari to`plami to`qqiz tomdan iborat. Ular orasida "Mo`g`ullar hujumi davrida Turkiston", "1365-yil. Samarqandda xalq harakati", "Musulmonlik madaniyati", "Turkistonni sug`orish tarixiga oid", "Ulug`bek va uning davri" "Turkistonning madaniy hayoti tarixi" va boshqa asarlari bor.

U o`rta Osiyoga birinchi marta 1893-yilda kelgan. Turkiston universiteti ochilishida faol ishtirok etgan va tarix-filologiya fakultetida ma’ruzalar o`qigan. "Mo`g`ullar hujumi davrida Turkiston" asari o`rta Osiyoning o`rta asrlar tarixi uchun ishonchli manba bo`lgan va hozirda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan ilmiy asarlardan biri hisoblanadi.

Vyatkin Vasiliy Lavrentyevich (1869—1932) — taniqli sharqshunos va arxeologlardan biri bo`lib, Samarqandda yashagan va ishlagan. Mahalliy tarix ishqibozlari bilan birga uzoq vaqt Ulug`bek rasadxonasini topish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. 1908-yilda rasadxona binosi qoldiqlarini va unga tegishli asbob-uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo`ldi.

U "Shohizinda", "Cho`ponota", "Yevropalik donishmand", "Afrosiyob qo`rg`oni" asarlari, rus va o`zbek tillarini o`rganish bo`yicha qator darsliklar muallifi.



Mallitskiy Nikolay Guryevich (1873—1947) sharqshunos va turkolog — 1895yildan boshlab Toshkentda yashagan. U Toshkent tarixining mohir bilimdoni bo`^b, unga bag`ishlangan ko`plab ilmiy asarlar, shuningdek, "So`nggi yuz yillikdagi Toshkent tarixidan bir necha sahifalar", "XVII asr Toshkent tarixidan sahifalar", "Qo`qon hukmronligi ostidagi Toshkent tarixiga doir", "Toshkent shahri. Bir qancha raqamlar", "Toshkent. Tarixiy ocherk", "Toshkent mahallalari" asarlari muallifidir.


Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə