Xix asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani va tarixiy asarlar


Ilmiy o`lkashunoslikning rivojlanishi



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#142998
1   2   3   4   5   6
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ilmiy tadqiqotlar va tarixiy fanlarning rivojlanishi

Ilmiy o`lkashunoslikning rivojlanishi

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida tarix fani birmuncha muvaffaqiyatlarga erishdi. Jadidlar tarbiyaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarning mazmuni va g`oyaviy yo`nalishini o`zgartira boshladilar. Xalq tarixi to`g`risida yozishning tamal qoidasini jadidlar boshlab berdilar, ular tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvirlash o`rniga xalq — tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini ifodalay boshladilar.

"Turkiston viloyatining gazetasi" sahifalarida ushbu gazetaning bosh muharriri Mulla Olim Mahmud Hoji Turkiston o`lkasi tarixining to`liq sharhi hisoblanmish "Turkiston tarixi"ni chop etdi. Bu qadim zamonlardan boshlab, Turkiston o`lkasidagi voqealarning dunyoviy xronikasini bayon etgan o`zbek tilida bosmadan chiqqan ilk tarixiy asar edi. Jadidlar tarixni Turkiston o`lkasida savodxon va bilimdon kishilarni tarbiyalash borasida eng muhim fan deb hisoblashar edi.

1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari to`garagining qatnashchilari tarixiy yodgorliklarni qo`lyozma manbalar bo`yicha tavsifladilar va o`rgandilar. Garchi qazishma ishlari kamdan-kam o`tkazilgan bo`lsa-da, ayrim arxeologik obyektlarni izlab topish va ularni tavsiflab berishga muvaffaq bo`ldilar.

1870-yil Toshkentda xalq kutubxonasi tashkil etilishi o`rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega voqea bo`ldi. Kutubxona ochilgan vaqtda kitoblar soni atigi 1700 jild bo`lsa, 1917-yilga kelib ularning soni 80 mingtaga yetdi. Bu kitoblarning hammasi Turkiston tarixi, tabiati va etnografiyasiga oid edi.

XIX asrning o`rtalariga kelib Turkiston o`lkasida mahalliy ziyolilar ishtirokida qator ilmiy jamiyatlar tuzildi. Ular orasida, ayniqsa, samarqandlik Mirza Abdullin,.arxeolog, numizmatika ishqibozi, Samarqandning ko`p sonli qadimiy yodgorliklarini tasvirlab bergan rassom-kallegroflst Mulla Qosimov alohida o`rin tutadi. Toshkentda yashovchi Akrompolvon Asqarov sharqshunos olim N.I.Veselovskiyning yaqin yordamchisi bo`lib, u qadimiy yodgorliklar kolleksiyasini to`plashda katta hissa qo`shgan. Ular to`plagan qadimiy tangalar soni 15 mingdan ortiq edi. Buxoroda yashovchi Muhammad Vafo qadimiy gilamlar, paloslar va qo`lyozmalarni to`plash bilan shug`ullangan. o`lkani o`rganish ishlariga geograf-tadqiqotchilar Olimxo`ja Yunusov, Mirzo Hakim va boshqalar ham katta hissa qo`shganlar.

Mustamlaka sharoitida Turkiston o`lkasini o`rganish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish og`ir kechar edi. Turkiston o`lkasi mustamlaka davlat ma’muriyati ixtiyorida bo`lganligi sababli ilmiy jamiyatlar faoliyatiga befarq qaralar edi. Turkiston o`lkasi tarixini har tomonlama o`rganishda tadqiqotchi olimlarning xizmati katta bo`ldi. Ular Rossiyaning yuksak saviyali, mehnatsevar, taraqqiyparvar kishilari edi. Rossiya fani va madaniyatining bu ilg`or vakillari o`zbek, tojik va qoraqalpoq xalqlari bilan birgalikda og`ir kechayotgan hayotni yengillatish, ular orasida zamonaviy bilimlarni yoyish hamda xalqlar o`rtasida do`stlik tuyg`ularini kamol toptirishga harakat qildilar. Bu olimlar o`lkani ilmiy jihatdan o`rganish ishlariga mustahkam poydevor qo`ydilar va shu sababli ularning nomi o`zbekiston tarixi sahifalarida saqlanib qoldi.


Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə