Xix asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani va tarixiy asarlar



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#142998
1   2   3   4   5   6
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ilmiy tadqiqotlar va tarixiy fanlarning rivojlanishi

Likoshin Nil Sergeyevich (1860—1922) turkolog, tarjimon, o`rta Osiyo haqida yozilgan 700 dan ortiq ilmiy-o`lkashunoslik sohasidagi ishlar va "Turkistondagi yarim umr" asari muallifi edi. U o`rta Osiyo tarixchisi Abu Bakr Muhammad Zafar an-Narshaxiyning (899—959) Buxoro tarixidan hikoya qiluvchi "Tarixi Narshaxiy" asarini rus tiliga tarjima qilgan.

Ilmiy-o`lkashunoslik sohasi asoschilaridan biri Mayev Nikolay Aleksandrovich hisoblanadi. Uning o`rta Osiyodagi faoliyati 1869- yildan boshlangan bo`lib, asosan o`lkamiz tarixi va madaniyatiga qiziqar edi. 1870-yilda tashkil etilgan o`lka ma’muriyatining rasmiy nashri bo`lgan birinchi o`rta Osiyo gazetasi "Turkestanskiye vedomosti"ning ilk sonidan boshlab 1892-yilgacha muharriri bo`ldi. Uning tashabbusi va harakatlari bilan bu gazeta o`lkashunoslik mavzusiga katta ahamiyat berdi. Uning sahifalarida mahalliy tarixchilar, tadqiqotchilar, sharqshunoslar o`z maqolalarini e’lon qildilar. Bu an’ana gazetada uzoq yillar davom etdi. o`rta Osiyodagi birinchi muzey, ya’ni bugungi tabiat muzeyi va tarix muzeylarining asosi bo`lib xizmat qilgan — Turkiston muzeyining paydo bo`lishi ushbu gazeta nomi bilan bog`liq. U shuningdek, Toshkentdagi umumiy kutubxona tashkil etilishi va kutubxona ishlarining yo`lga qo`yilishiga katta hissa qo`shdi. Yillar o`tishi bilan bu kichik kutubxona Alisher Navoiy nomidagi o`zbekiston milliy kutubxonasiga aylandi.



Veselovskiy Nikolay Ivanovich (1848—1918) sharqshunos, arxeolog — o`rta Osiyo hududida birinchi bo`lib arxeologik qazishmalar olib borgan mutaxassis olim. 1885-yil qadimiy Samarqandning Afrosiyob xarobalarini qazish vaqtida qadimiy buyumlar, odamlarning va hayvonlarning bosh qismi tasvirlangan sopol parchalari, sopol va g`ishtdan qurilgan devor qoldiqlari, quduqlar, hovuzlar, suv quvurlari kabi inshootlar topildi. Afrosiyobdagi qazishmalar 1895-yilda ham davom ettirildi. Samarqandning tarixiy arxitektura yodgorliklarini ilmiy asosda ta’riflab berish ham N.Veselovskiy nomi bilan bog`liq. U 1895-yilda Bibixonim masjidi va Go`ri Amir maqbarasi rasmi va chizmasini tayyorlagan olim va rassomlar ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan. 1905yilda ushbu ekspeditsiya materiallari asosida Go`ri Amir maqbarasiga bag`ishlangan rangli albom tayyorlandi. N.I.Veselovskiy "Samarqanddagi Xo`ja Ahror yodgorligi", "Bibixonim masjidi", "Yana ossuariyalar haqida", "Samarqandda ramazon", "Buxoroda Qurbon hayiti" va boshqa ko`plab asarlar muallifidir.


Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə