Xix asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani va tarixiy asarlar


Toshkentdagi birinchi yangiusul maktabi binosi.1896yil



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#142998
1   2   3   4   5   6
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ilmiy tadqiqotlar va tarixiy fanlarning rivojlanishi

Toshkentdagi birinchi yangiusul maktabi binosi.1896yil.

O`rta Osiyo tabiati tadqiqotchilaridan biri Prjevalskiyga yodgorlik.

Seversev Nikolay Alekseyevich (1827—1885) —1857-yilda Orolbo`yi va Sirdaryo pasttekisliklariga uyushtirilgan ekspeditsiya bilan Turkiston o`lkasiga kelgan o`rta Osiyoni tadqiq etishda faol ishtirok etgan olimlardan biri. Shundan keyin u o`rta Osiyoga yana to`qqiz marta ekspeditsiya uyushtirdi va so`nggi marta 1879-yilda Yettisuvga keldi. Uning "Turkiston o`lkasiga sayohat" asariga o`rta Osiyo tabiati, iqtisodiyoti va xalq turmushiga xos bo`lgan ma’lumotlar kiritilgan edi. Ushbu kitob birinchi marta 1873-yilda nashr etilgan.

Semyonov-Tyanshanskiy Pyotr Petrovich (1827—1914) — taniqli olim, geograf, sayohatchi, Rus geografiya jamiyatining ko`pyillik rahbari, o`rta Osiyo tadqiqotchisi 1856— 1857-yillarda Tyan Shanga bir necha bor sayohat qilgan. Ushbu jamiyat tomonidan Shimoliy Tyan Shan tizma to`glari xaritasi yaratilgan bo`lib, unda tog`ning geologik tuzilishi, hayvonot va o`simlik olami bayon qilingan. U 1888-yilda yana Turkiston o`lkasiga sayohat qildi va taassurotlari "Rus geografiyasi jamiyati xabarlari"ning 1888-yil 5-sonida e’lon qilingan "Turkiston va Kaspiyorti o`lkasi 1888-yilda" deb nomlangan ocherkida bosilib chiqdi.

Fedchenko Aleksey Pavlovich (1841-1873) sayohatchi va tadqiqotchi sifatida Zarafshon vodiysiga sayohat qilgan, Sharqiy Qizilqum, Turkiston, Hisor, Oloy. tizma tog`larini, Oloy vodiysini va birinchi marta Pomir-Oloy vodiysini o`rgangan olim. Uning "Turkistonga sayohat" nomli kitobi vafotidan so`ng 1875-yilda nashr etildi. U 1873-yil sentabrida Monblan alp muzligiga ko`tarilayotganida halok bo`lgan.

1874-yilda olim, geograf, geolog va sayohatchi Mushketov Ivan Vasilyevich (1850—1902) g`arbiy Tyan Shan tizmasi, Sirdaryo vodiysiga sayohat qilgan. 1877—1880-yillarda u rus olimlarining o`rta Osiyodagi tadqiqotlarini davom ettirdi va to`plagan ma’lumotlarini "Turkiston"deb nomlangan ikki tomlik asarida e’lon qildi, 1881-yilda G.Romanovskiy bilan birgalikda Turkiston o`lkasining geologik xaritasini tuzdi.





Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə