Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/42
tarix31.03.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#103845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Хорижий инвес

Real investitsiyalar
– pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy 
aktivlariga sarflanishidan iborat. 
Moddiy investitsiyalar
asosiy kapitalning 
elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsiya 
loyihalari doirasida amalga oshiriladi. SHuningdek, real investitsiyalar real 
kapitalning o’sishini, ya’ni ishlab chiqarish mablag’lari, moddiy boyliklarning
o’sishini ta’minlashi zarur. 
Moliyaviy investitsiyalar
deb aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa 
qimmatli qog’ozlar uchun sarflangan qo’yilmalarga aytiladi. Bu qo’yilmalar buyum 
ko’rinishdagi kapitalning o’sishini o’zida mujassam etmasada, lekin foyda, shu 
jumladan, spekulyativ foyda, ya’ni qimmatli qog’ozlar kursi o’zgarishi natijasida 
vujudga keladigan foyda keltiradi.
Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha) va 
uzoq muddatli (bir yildan ortiq) bo’ladi. Masalan, oddiy aktsiyalarning muomalada 
bo’lishi umuman biror bir muddat bilan cheklanmaydi.
Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy 
shakllarga ajratiladi. 
Xususiy investitsiyalar
nodavlat yuridik shaxslarining va 
fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo’yilishini anglatadi. 
Davlat investitsiyalari
- bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjeti 
mablag’lari ko’rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan 
mabalag’laridir.
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va 
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati 
sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui 
investitsiya faoliyati
deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirishning bir ko’rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan 
belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos 
bo’lgan xususiyatdir. 
Investitsiya faoliyatining ob’ekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab 
chiqarish ob’ektlari hisoblanadi. 



Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor bo’lib, u o’z mablag’larini, 
qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir 
huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati 
ob’ektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat sub’ektlarining 
yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb 
yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida 
investitsiya faoliyatini ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari
bo’yicha tasniflanadi. 
1.
Joriy faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha institutsional va individual 
investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va 
boshqa sohalardagi aktsiyadorlik jamiyatlari namoyon bo’lsalar, individual 
investorlar rolida fuqarolar namoyon bo’ladi. 
2.
Investitsiyalash maqsadlari bo’yicha strategik va bevosita investorlar. Ular 
o’z oldiga kompaniyalarni boshqarish huquqini olishni maqsad qilib qo’yadilar. 
Buni ular boshqa kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketini sotib olish yoki 
ularning ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga oshiradilar.
3.
Rezidentlikka tegishliligi bo’yicha investorlar milliy va xorijiy 
investorlarga ajratiladi.

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə