Xorijiy investitsiyalar fanidan


 Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/42
tarix31.03.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#103845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Хорижий инвес

3.2. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida 
investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish 
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi 
hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy 
investorlarni jalb etgan holda jahon bozorida chiqindilar chiqarishning 
sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya 
loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi. 
Kioto Protokoli
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi 
to’g’risidagi Hadli Konventsiyasiga (IO’HK) 1997 yil 11 dekabrda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasi tomonidan 1999 yil 20 avgustda ratifikatsiya qilingan va 
2005 yil 16 fevraldan boshlab kuchga kirgan bo’lib, “parnik effekti”ni hosil qiluvchi 
gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat 
hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
Barqaror rivojlanish milliy mezonlari 
 


10 
 
 
3.2.1.- chizma 
Iqtisodiy mezonlar: 
-tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xom ashyo sarfini kamaytirish
-zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan ishlab chiqarish 
samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish
-O’zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga 
ko’maklashish. 
Ekologik mezonlar: 
-atrof-muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga 
ko’maklashish; 
-tabiiy xom ashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish
-xom ashyodan takroriy foydalanishga va tiklanayotgan tabiiy resurslardan 
foydalanishga yo’naltirilgan texnologiyalarni joriy etish; 
-atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish. 
Ijtimoiy mezonlar: 
-aholining ish bilan bandligining o’sishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga 
ko’maklashish; 
-loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga 
oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sog’lig’ini yaxshilash; 
-aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini 
oshirish. 
Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy 
mezonlarini qondirishi shart emas, lekin ko’rsatib o’tilgan mezonlarga muvofiq 
mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə