Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Fors ko’rfazi arab mamlakatlari iqtisodiyotining makroiqtisodiy indekslari (2013-yil)



Yüklə 209,17 Kb.
səhifə12/23
tarix23.12.2023
ölçüsü209,17 Kb.
#155863
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org

Fors ko’rfazi arab mamlakatlari iqtisodiyotining makroiqtisodiy indekslari (2013-yil)



Mamlakatlar


Bahrayn


Qatar


SAP


Quvayt


BAA


Ummon


SAP % da ulushi


Asosiy ko’rsatkichlar:























Umumiy maydoni, ming kv.km.

0,8

11,6



2000

17,8

83,6

309,5



82,5


Aholisi, mln.

kishi.

1,32

1,87



28

2,8

7,9

2,85



62,6


YaIM, mlrd.AQSh doll

30,6

150,4



500,4

135,2

321,6

66,3



41,5


Aholi jon boshiga

YaIM, ming.AQSh doll

23,1

80,4



17,8

47,9

40,76

23,3



7,6


To’g’ridan-to’g’ri xorijiy

investitsiyalar mln.AQSh doll

780,9

86,8



16400

398,6

7700

788



62,7


Tabiiy resurslar zaxirasi:























Neft zaxirasi, mlrd barrel

0,3

4,4



264,6

105,5

97,8

4,8



55,4


Gaz zaxirasi, trln kub

8,2

901,8



279,7

56,0

215,1

18,7



18,9

Manba:www.gccstat.orgFKADHK tashkilotining rasmiy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.


Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki Saudiya Arabistoni mintaqada iqtisodiy rivojlangaligi bo’yicha yuqori o’rinda turadi. Saudiya Arabistoni iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tutuvchi omillardan yana biri ushbu mamlakatning foydali qazilma zaxiralariga boy ekanligidir. Saudiya Arabistonida aniqlangan neft zaxiralari butun jahon neft zaxiralarining 25 foizga yaqinini tashkil qiladi. Saudiya neftining eng asosiy afzalligi – tannarxining arzonligi. XX asrning 80-yillarida 1 tonna Saudiya neftini qazib olish tannarxi 2 dollarni tashkil etgan bo’lsa, Indoneziyada bu ko’rsatkich- 4 dollarni, Nigeriyada-8, AQShda-22 dollarga teng bo’lgan. Mintaqada Saudiya Arabistoni hududi jihatdan ham katta yer maydonini egallagan bo’lib jami Fors ko’rfazi mintaqasi hududining 82,5% ini tashkil qiladi. Mamlakat aholisi ham qolgan Fors ko’rfazi mamlakatlaridagiga nisbatan ancha ko’p. 2013-yil ma’lumotiga ko’ra mintaqa aholisining 62,6% ini Saudiyaliklar tashkil etmoqda(2.1.1-jadval). YaIM miqdori bo’yicha ham Saudiya mintaqada yuqori ulushga ega bo’lib 2013-yilda mintaqa YaIM ni 41,5% ini tashkil etdi. Saudiya Arabistoni Qirolligining 2012-yilda Iroq poytaxti Bag’dod shahrida bo’lib o’tgan Arab mamlakatlari ligasiga a’zo rahbarlari ishtirokida bo’lib o’tgan sammitda ta’kidlab o’tganidek, “Saudiya Arabistoni yuzaga kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan jahon mahsulotlar bozorida o’zining asosiy mahsulotlar eksporti ulushi bilan ishtirok etmoqda va “arab dunyosi” ning tashqi savdoni yanada rivojlantirishi uchun yangi bozorlarni tahlil qilishga sizlarni chorlaymiz”. Saudiya mintaqada investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha ham yuqori o’rinlarda turadi


2.1.2-jadval

Fors ko’rfazi mamlakatlarini global raqobatbardoshlik reytingidagi o’rni (2014-yil)

Mamlakatlar




Indeks


Reyting

Shvetsariya


5,7

1

Singapur


5,6

2

AQSh

5,5

3

BAA

5,3

12

Qatar

5,2

16



Saudiya Arabistoni


5,1


24

Quvayt

4,5

40

Bahrayn

4,5

44

Ummon

4,5

46

Manba: The Global Competitiveness Report 2014-2015. Geneva: World Economic Forum, 2014.
Yuqoridagi jadvalni tahlil qilib ko’radigan bo’lsak Global raqobatbardoshlik reytingi bo’yicha Saudiya Arabistoni 24-o’rinda turibdi. Global raqobatbardoshlik indeksi- jahondagi mamlakatlarni iqtisodiy raqobatbardoshligini belgilab beruvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu hisob-kitob jarayonlari Jahon iqtisodiy forumi metodikasi asosida amalga oshiriladi. Global raqobatbardoshlik indeksini aniqlash jarayonlari 2004-yildan beri o’tkazilib bu reyting 113 ta ko’rsatkichni o’z ichiga qamrab oladi (2.1.2-jadval). Bu ko’rsatkichlarni 12 ta guruhlarga bo’lishimiz mumkin:

  • Moliya institutlari sifati


  • Infratuzilma


  • Makroiqtisodiy barqarorlik


  • Sog’liqni saqlash va boshlang’ich ta’lim


  • Oliy ta’lim va malakaviy qayta tayyorlash


  • Tovar va xizmat bozorlaridagi samaradorlik


  • Mehnat bozori samaradorligi


  • Moliya bozori rivojlanishi - Texnik rivojlanish darajasi


  • Kompaniyalar raqobatbardoshligi


Mintaqa mamlakatlari orasida bu ko’rsatkich bo’yicha BAA va Qatar mamlakatlari yuqori o’rinlarda bo’lib 2014-yil ma’lumotiga ko’ra BAA da bu indeks 5,3 ga Qatarda esa bu ko’rsatkich 5,2 ni tashkil qilmoqda. Undan keyingi o’rinlarda Saudiya Arabistoni(5,1), Quvayt(4,5), Bahrayn(4,5), Ummon(4,5) mamlakatlari turibdi.



2.1.3-jadval

Fors ko’rfazi mamlakatlarini Doing Business reytingi bo’yicha o’rni (2014-yil)



Mamlakatlar


O’rni

Singapur

1

Yangi Zellandiya

2

Gonkong Xitoy

3

BAA

22



Saudiya Arabistoni


49

Qatar

50

Bahrayn

53

Ummon

66

Quvayt

86

Manba: www.doingbusiness.orgrasmiy saytining ma’lumotlari asosida tayyorlangan.


Jadvaldan ko’radigan bo’lsak 2014-yilda Saudiya Arabistoni doing business reytingi bo’yicha 49-o’rinda turibdi. Bu reytingni yuqori uchligini Singapur, Yangi Zellandiya va Gonkong mamlakatlari egallagan. Mintaqa mamlakatlari orasida bu ko’rsatkich bo’yicha BAA 22-o’rinda tursa undan keyin Saudiya Arabistoni 49o’rinda turibdi. Doing business reytingi ham bir nechta ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi, xususan, biznes yuritish yengilligi ko’rsatkichi, korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish, elektr tarmoqlariga ulanish, mulkni ro’yxatdan o’tkazish va xalqaro savdo kabi ko’rsatkichlar bo’yicha mamlakatlarda investitsion faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyatlari baholanadi. Saudiya Arabistoni mamlakatda biznes yuritish ko’rsatkichi bo’yicha 49-o’rinda tursa Qatar, Bahrayn, Quvayt kabi mamlakatlar undan keyingi o’rinlarni egallagan. Korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish ko’rsatkichi bo’yicha esa Saudiya Arabistoni 109-o’rinda, qurilish olib borishga ruxsat olish(21), elektr tarmoqlariga ulanish(22), mulkni ro’yxatdan o’tkazish(20), kredit olish(710, xalqaro savdo(92), kelishuv ijrosini ta’minlash bo’yicha esa 108o’rinda turibdi. Saudiya Arabistonida investitsion faoliyat bilan shug’ullanish uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.
Bugungi kunda mamlakatda sanoat tarmoqlarining rivojlanishida va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishda asosiy ulush 6 ta iqtisodiy sanoat hududlariga to’g’ri keladi. Saudiya Arabistoni Bosh investitsiya boshqarmasining (SAGIA) ma’lumotiga ko’ra, 2020-yilga borganda tashkil qilingan 6 ta yirik iqtisodiy sanoat hududlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining miqdori 150 mlrd AQSh dollarini tashkil qilishi va 1,3 mln ishchi kuchi ushbu hududlarda faoliyat olib borishi, hamda ushbu sanoat hududlaridagi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining miqdori mamlakatning yalpi ichki mahsulotida asosiy ulushni va aholi jon boshiga o’rtacha 125,625 rial (33,4 mln dollar) daromadni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda17.
Saudiya hukumati energetika, suv ta’minoti, telekommunikatsiya, avtomobilsozlik, kemasozlik va transport sohalariga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarning ko’lamini oshirish ga harakat qilmoqda.



Manba: www.gccstat.orgFKADHK tashkilotining rasmiy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Yüklə 209,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə