Yakka tartibdagi tadbirkor. Sherikchilik faoliyati


Innovatsion tadbirkorlik tushunchalarining mazmuni va mohiyati



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə3/9
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#181194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAKKA TARTIBDAGI

2. Innovatsion tadbirkorlik tushunchalarining mazmuni va mohiyati.

Tadbirkorlikni – kapitalni yo’naltirishning yangi sohalarini izlash,mavjud mahsulotlar ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangilarini yaratish,shaxsiy ustuvorlikni rivojlantirish,daromad olish uchun turli imkoniyatlardan samarali foydalanish deb ta’riflash mumkin. Shu bilan birga tadbirkorlik bozor uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish, faoliyat sohasining o’zgartirilishi yoki yangisi korxona yoki tarmoq barpo etilishida majburiy foydalanish deb tavsiflanadi.


Tadbirkorlik mohiyatini idrok etishda tadbirkorlarning o’zaro bog’liq to’rt faoliyatini alohida ko’rsatgan amerikalik iqtisodchilar R.Mak Konnell va S.Yu. Bryularning quyidagi nuqtai nazarlari alohida ahamiyat kasb etadi:

  • tadbirkor yer, mablag’ va mehnat resurslarini mahsulot ishlab chiqarish hamda xizmat jarayoniga birlashtirish tashabbusini o’z zimmasiga oladi;

  • tadbirkor biznesni olib borish jarayonida asosiy qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni, ya’ni biznesni rivojlantirish yo’nalishlari, korxona faoliyati yo’nalishini belgilovchi operatsiyalarni o’z zimmasiga oladi;

  • tadbirkor yangi mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishga intiluvchi, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi yoki biznesni tashkil qilishni va rivojlanishning yangi shakllarini olib kiruvchi tashabbuskor shaxsdir;

  • tadbirkor tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan xavfni o’z zimmasiga oladi, zero, tadbirkor uchun daromad olish kafolatlanmagan, sarf etilgan vaqt, harakat va qobiliyatlardan daromad olish barobarida zarar ko’rish ham mumkin.Bunday hollarda tadbirkor nafaqat o’zining o’z vaqti, mehnati va ishbilarmonlik obro’si bilan, balki sarf etilgan mablag’ bilan ham tavakkal qiladi.

Shunday qilib, ijodkorlik tadbirkorlik vazifalaridan biri bo’lib, tadbirkorlik faoliyatida doim mavjud bo’lishi shartdir.
Tashkilotni o’sish turidan tadbirkorlik turiga aylanishi. Faoliyatning tadbirkorlik usuli keng tarqalgan o’sish usulidan tubdan farq qiladi.
Shunday qilib, ijodkorlik tadbirkorlik vazifalaridan biri bo’lib, tadbirkorlik faoliyatida doim mavjud bo’lishi shartdir.
Tashkilotni o’sish turidan tadbirkorlik turiga aylanishi. Faoliyatning tadbirkorlik usuli keng tarqalgan o’sish usulidan tubdan farq qiladi.
Tashkilotning ichki azaliy odatlaridan oz bo’lsa ham voz kechish va shuningdek, tovar olib keluvchilar, sheriklar, iste’molchilar bilan munosabatiga yo’naltirilgan tashkilotning asoschilari (mulk egalari, rahbariyat, aktsionerlar) tadbirkorlik usuli ahloq, faoliyat motivatsiyasida uzoq maqsadga yo’naltirilgan o’zgarishlar hamda tashkiliy tuzilmani boshqarish tizimi, rahbarlarni tayyorlarni darajasi va mutaxassislarni menejer hamda rahbar sifatida tayyorlash bilan bog’liq. Bu o’zgarishni aktsionerlik va xususiylashtirish natijasida paydo bo’luvchi tashkilotning xususiy mulkka yangi munosabati jarayonida o’zlashtirish zarur.
Agar tashkilotda barqaror xulq-atvorni o’sib boruvchi usuli o’rnatilgan bo’lsa, u holda sezilarli o’zgarishlar amalga oshirishga shart bo’lmay, bozor iqtisodiga sharoitida uning faoliyatida muvaffaqiyatga erishish imkoniyati pasayib boradi.
Tasavvur qilish joizki, innovatsion tadbirkorlik usuliga o’tish uchun qaysi yo’nalishdan harakat qilish kerak, tashkilotning xarakter faoliyatida o’sish va tadbirkorlik ko’rinishini taqqoslaymiz.
Tashkilot maqsadi. O’sish tashkilotning ish sharoitini zamonaviylashuvi sharoitida foydaning unga mos bo’lishini taqozo etadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun foyda imkoniyatini o’sishga erishishga harakat qilishdan iborat. Texnologiyaga yangi kiritilgan, uzulmas zanjirga ega bo’lgani kabi, shuningdek, tashkiliy jihatdan ham yangiliklarga ega bo’lishi kerak.
Maqsadga erishish yo’llari. O’sish holatidagi tashkilot avvalgi tajribasiga suyanadi va hozirgi paytdagi faoliyati sharoitiga moslashadi. Innovatsion tadbirkorlik ko’rinishidagi tashkilot esa innovatsion loyixalar asosida foyda olish imkoniyatini baholash va boshqaruv sifatini yaxshilash asosida maqsadga erishish yo’lini aniqlaydi. Cheklovlar. Xulq-atvorning o’sishi jarayonida chegaralashtashkilot doirasidagi vositalari va ichki imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Innovatsion tadbirkorlik usuli uchun atrofdagi vositalarni o’zgartirish xarakterlidir (masalan, kerakliloyixalarni va texnologik jihozlarni tanlash yoki ular o’rtasidagi o’zaro harakat xarakterini o’zgartirish), yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, o’zini boshqarishning har xil usullarni ichki va tashkilotdan tashqari holda(masalan,
bozor talabi; raqobatigao’zini moslash, raqobatning zarurliginiasosisifatidaqabul qilish, innovatsiya va tadbirkorlik harakati;professor-ukituvchilarni yangiliklarni kiritishga bo’lgan qarshiliklarini ijtimoiy yo’naltirilgan holda bartaraf etish va shu kabilar).
Taqdirlash va jazolash tizimi.
O’sish holatidagitashkilotda barqarorlik kengaytiriladi. O’sish holatidagi tashkilot ijodkorlik va tashabbus kengaytiriladi va tashabbuskorlikni rivojlantirishga bo’lgan to’siqlar va qarshiliklar qoralanadi.
Axborot. O’sish sharoiti uchun faoliyat natijalari va ishning jarayoni haqida ichki ma’lumot va uzoq muddatli tashqi istiqbol imkoniyatlar ko’lami belgilanadi. Innovatsion tadbirkorlik usuli uchun imkoniyatlar haqidagi ichki ma’lumot va global darajadagi imkoniyatlar haqidagi tashqi ma’lumot talab etiladi.
Muammo xususiyati. Xulq-atvordagi o’sish takrorlanadigan tanish muammolar doirasidan chiqmaydi. Innovatsion tadbirkorlik xulqi yangi, takrorlanmas muammolar bilan ish olib boradi.
Rahbarlik usuli. Rahbarlikda o’sish va mashxurlik uchun harakat va erishishga yagona yondashuv xarakterlidir. Innovatsion tadbirkorlik omili uchun esa tavakkalli harakatlarni yo’lga qo’yishi va personalni yangiliklarni qabul qila olishiga erishishidan iborat.
Tashkiliy tuzilma. O’sish holatidagi tashkilot uchun doimiy va kengayuvchi tizim va tashkiliy faoliyat resurslarini qayta ishlash jarayonida texnika bilan mosligi xususiyatlidir. Faoliyatning har xil ko’rinishlari ( ta’lim xizmati, marketing, yangi loyixalar va boshqaruv, va ijtiomiy rivojlanish) uzviy bog’langan. Boshqaruv muammolarini hal qilish. O’sish holatida kech qolish bilan harakat qilishni tan olish, paydo bo’layotgan muammoni ko’rsatishdir. Bunga muqobilini tanlash o’tgan tajribaga asoslanadi. Talabgorlarning ehtiyojini qondirish uchun yagona muqobili ko’rib chiqiladi.Innovatsion tadbirkorlikda faol imkoniyatlarni qidirish va muammolarni oldindan ko’rish xarakterlidir. Muqobilini ijodiy tanlash va izlashda katta o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi qarorlar qabul qilish uchun faoliyat olib borish lozim bo’ladi. Ko’plab muqobillarini ko’rib chiqish orqali eng yaxshisi tanlab olinadi.
Tavakkalchilikka munosabat. Oddiy tashkilot uchun o’tgan tajribaga asoslangan holda tavakkalni kamaytirishga erishish xarakterlidir. Innovatsion tadbirkorlik xulq-atvori uchun esa yangi tavakkalni yaratib borishga bo’lgan moyillik va tavakkallikning jami variantlarni tenglashtirish xarakterli.Tadbirkorlik xulq-atvorini baholash darajasi ikki xulq turlarini taqqoslash asosida amalga oshirilishi mumkin. Agar o’sish holatidagi tashkilot hamma tavsiflar bo’yicha 5 ball to’plasa, innovatsion tadbirkorlik xulq-atvori esa baho +5 ball, aralash holatda esa baho intervali -5+5 ball o’rtasida bo’ladi. Noldan yuqori ball bu xususiyatning tashkilottadbirkorlikka yaqin degan ma’noni anglatadi.Tashkilotga tashkiliy xulq-atvor bahosi o’z xulqini qanday usul bilan almashtirish kerakligi imkoniyatini beradi.
Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi ko’p omillarga bog’liq, ular orasida muhim ahamiyatga ega bo’lgan innovatsion doiradagi tadbirkorlikning tashkiliy shakllari mavjud. Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat har-xil shakllarning rivojlanishi darajasi va bosqichining ahamiyati ularning tashkiliy rivojlanish darajasi va tashkilotga bog’liq. Tashkilotning ichki tartib tizimi, uning bo’limlari bilan o’zaro harakatni, jarayonlar va harakatlar mosligini, bo’limlar o’rtasidagi to’liq o’zaro aloqa va ta’lim yo’naltirilganligini xarakterlaydi. Ijtimoiy faoliyat darajasida tashkilot kishilarning birlashishini,u yoki bu dasturlarning aniq maqsadga erishishi jarayonida birga ishlab chiqish, o’rnatilgan xulq-atvor normalari va qoidalariga mos harakat qilishninamoyon etadi.
Tashkiliy rivojlanish darajasi uchun maqsadni amalga oshirishda samaradorlik katta ahamiyatga ega. Tashkiliy rivojlanish darajasida sinergetik natija elementlarni bo’lingan qismlari yig’indisi ularning tashkilotdan tashqaridagi tarqoq qismlarining faoliyatini ta’minlaydi. Kibernetikada ob’ektlarning tizimli rivojlanish darajasi sifatida tashkilotning rivojlantirishdagi ob’ektlarining asosiy g’oyalar muammosini o’rganish o’z ifodasini topgan. Tashkilot boshqarishjarayoni va tarkibiy tizimi, ularning turfa darajasi o’rtasidagi innovatsion o’zaro harakatni namoyon etadi. Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmalari amalga oshirishda tashkilot shakllari, innovatsion faoliyat tashkiliy usullari katta ahamiyatga ega.Innovatsion tadbirkorlikda tashkiliy shakllarni nnovatsion g’oyalarni amalga oshirishni hal qilishda rol o’ynaydi.Innovatsion g’oya innovatsion tadbirkorlikning faqat boshlang’ich bosqichini ko’rib chiqadi. Uni amalga oshirish esa tashkiliy tuzilma bilan bog’liq.
Bugungi kunda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion omili sifatida innovatsion tadbirkorlikning turfa tashkiliy shakllari keng rivojlanmoqda. Shakllarning har xilligi, innovatsion tashkliy tizim innovatsion faoliyatning asoslarini o’zgartirilgan ko’lamda innovatsiya bilan bog’liq innovatsion loyihalar taklifi doirasini aniqlaydi. Innovatsiyaning tashkiliy shakli yoki innovatsion tashkilotning umumiy yaqinlashuvi alohida korxona sifatida yoki uning bo’limlari, yoki majmuaviy korxona, aniq iearxarik tarkibiy qismva boshqaruv mexanizmi faoliyatini xususiyatini belgilovchisi sifatida ko’rish mumkin, innovatsiyaning zarurligi asoslangan, innovatsion g’oyalar bazasining paydo bo’lishi, innovatsiyani amalga oshirish maqsadi bilan tashkiliyinnovatsion jarayonlar va texnologiyani qo’llash va aniqlashni ta’minlaydi. Zamonaviy innovatsion rivojlanish tajribasi innovatsion tadbirkorlik tashkiliy shaklining har xilligi farqlanadi.

  • yaratilgan innovatsiyaning asoslari – yangi texnika,yangi texnologiya,yangi materiallar, yangi qarorlar, yangi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarining kiritilishi;

  • innovatsion jarayonning egallangan kengligi: fundamental tadqiqot o’tkazilgan ilmiy-tadqiqotlarning qayta ishlanishi loyihaning ishlari tajribalari ishlab chiqarishni o’zlashtirish va amalga oshirish;

  • boshqaruv darajasi– xalqaro, respublika miqyosida tarmoqli, mintaqaviy, tashkilotlar uyushmasi, tashkilot, bo’lim;

  • tuzilmali bo’limini xududiy joylashishi har xil geografik va iqtisodiy mintaqalar yoki bitta tumanda;

  • tashkilot bo’limlarining ierarxik shakllari aloqalari –vertikal,gorizantal, aralash;

  • innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirish shakllari–fan,sanoat ishlab chiqarish,agrarsektor,sotsialdoira,ekologiya,gumatinar muammolar;

  • innovatsion tadbirkorlikning subyektlari–jismoniy shaxs,yuridik shaxs,vazirlik,oliyukuvyurtlari,markazlar,mablag’li ishlab chiqarish guruhlari;

  • ishlangan innovatsion tadbirkorlikning xarakteri – majmuaviy kengoliy ta’lim tizimidagi informatsion texnologiyalar, jihozlar, ishlovchi materiallar va tarkibiy bazasi, ishlovchi va tugallangan loyixalar, ishlab chiqilgan ma’lumotlar va darsliklar, ukuv kullanma, monografiyalar bilan ta’minlash, tavsiyalar usuli;

  • ijrochilar birlashmasi usullari–vaqtinchalik jamoalar,mutaxassislashtirilgan sohalardagi ijodiy jamoalar, fondning har xil turlari, inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar.

Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tezlashtirilish ahamiyatli darajada innovatsion jarayonning samaradorligi bilan bog’liq. O’z navbatida innovatsion jarayonning samaradorligi innovatsion biznes tashkiliy tuzilmasining mustahkamligi, innovatsion tadbirkorlik bilan aniqlanadi. Innovatsion tadbirkorlikning avzalligi innovatsion g’oyalarni qidirishga intilish, yangi loyihalarni amalga oshirishga intilish va qayta ishlash adekvativ tashkiliy mexanizmlarni talab qiladi. Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy shakllarining mustahkamligi uning avzalligini kapital ishlab chiqarishning an’anaviy usullari bilan aniqlanadi. Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmasining mustahkamligiinnovatsionjarayonninganiqtopshiriqlarinirivojlanishini,zaxiralar bilan ta’minlanganligi, aniq ma’lumot ba’zasiga egaligi, innovatsion loyihani amalga oshirish doirasini ko’rsatadi. Aynan shu paytda innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy tizimi umumiy xususiyati hamda ularda tavakkal omilining o’zlashtirilishi, maqsadga erishishida noaniqlik va oxirgi natijalar bilan bog’liq.
Hozirgi paytda jaxon tajribasida innovatsion tadbirkorlik, innovatsion faoliyat ko’p qirrali tashkiliy shakllarni namoyon etadi. Ular o’rtasida keng tarqalganlari quyidagilar:

  • yuz kishigacha odamlari bo’lgan mayda korxonalar va yillik ishlab chiqarish innovatsion mahsulot AQSh dollarida besh milliongacha;

  • o’rtacha innovatsion korxona – bandlik yuzdan minggacha odam va yillik daromad AQSh dollarida besh mln.dan ellik mln.gacha;

  • yuqori korxonalar– bandlik mingdan oshiq va ishlab chiqarish xajmi ellik mln.dan ortiq AQSh dollari.

Innovatsion tadbirkorlik doimiy ravishda o`zgarishni, yangi g`oya, yangitovar modifikatsiyasi va boshqa yangiliklarni joriy qiluvchi tashkiliy formalarni joriy qilishni nazarda tutadi.
Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun kichik korxonalarda yaratilgan yangilikni tijorat maqsadida ishlata oladigan bilim va intuitsiyaga ega bo`lgan mutaxassis lozim.
Kichik korxonalarda innovatsion tadbirkorlik faoliyati ustunliklari quyidagilardan iborat:

  • yangilik yaratishdan manfaatdorlikning yuqoriligi;

  • tor doirada(aniq yo'nalishda)ilmiy izlanishlarni olib borilishi;

  • barcha intelektual resurslarni yakuniy maxsulot ishlab chiqarishga yonaltirish imkonini mavjudligi;

  • katta korxonalar amalga oshira olmaydigan “risk”i yuqori bo'lgan ishlar olib borilishi.

Innovatsion tadbirkorlik uchun biznes muxit asosiy xisoblanadi, chunki yangiliklarni kashf etish va uni amaliyotga tadbiq qilish yetarli tadbirkorlik muxitini talab qiladi.
Tadbirkorlik muxiti – bu biror bir maqsadga yo`naltirilgan izlanish(tadqiqot) olib borish va uni amalga tadbiq qilish uchun sharoit yaratib beruvchi muqitdir.
Bunday muxitning asosiy elementlarini bozorda erkin xarakatlanuvchi, o`z moliyaviy mablag`iga ega bo`lgan investorlar, raqobatbardosh tovar ishlab chiqaruvchilar va ularga xizmat qiluvchi bozor infratuzilmalari tashkil qiladi. Iqtisodiyotda bunday bozor muhitini yaratish - xozirgi kundagi mamlakatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Kichik biznes kafolatlarini mustaqkamlash, uning rivoji uchun qulay muqit yaratish maqsadida davlat boshqaruv idoralari va bozor institutlarida ma'muriy protseduralarni bajarish bilan bog`liq, ancha yuqori darajada bo`lib turgan biznes xarajatlarini kamaytirish lozim. Biznes muhit mamlakatimizda vujudga kelayotgan innovatsion tadbirkorlikni asosini tashkil etadi.
Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy– huquqiy asoslari turlichadir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda katta risk (tavakkalchilik) bilan ishlaydigan maxsus venchur firmalari mavjud bo`lib, ular yangi tovar va xizmatlar yaratish ustida tadqiqotlar olib boradilar.
Vechur firma asoschilari–injener,olimlar o`z tadqiqot natijalarini ekspierent, patient va kommutant firmalarga topshiradilar.
Innovatsion tadbirkorlikning yana bir territorial tashkiliy turi ilmiy-tenologik park (texnopark) lar bo`lib, bu struktura innovatsion biznes maxsulotini ishlab chiqarish va bozorda sotishni tashkil qilishga yordam beradi va shu orqali kichik biznesda innovatsion faoliyatni riojlantirishga yordam beradi.
Biznes inkubatorlar– kichik kichik innovatsion korxona faoliyat ko'rsatishi uchun sharoit yaratuvchi strukturadir.Biznes inkubatorlar bir qancha funktsiyalarni bajaradilar:

  • kichik biznes korxonalariga imtiyozli shartlarda asbob-uskunalar yetkazib beradilar, xuquqiy maslaxat va axborot xizmatlarini ko`rsatadilar;

  • ilmiy texnologiyalarni tijorat asosida sotadilar;

  • tadbirkorlarning malakasini oshiradilar va boshqalar.

Oqilona investitsiya siyosatini yuritishda davlat tomonidan innovatsion tadbirkorlikka sarmoya qo`yishning o`ziga xos afzalliklari mavjud. Saloxiyatli sarmoyadorlarning erkin pul mablag`larini jalb etishida eng muxim iqtisodiy instrument fond bozoridir. Aktsiyalar likvidligi, firmaning reklama-axborot faoliyati, valyuta maydonchasida sotuvga qo`yilgan aktsiyalar xarakatining taxlili va aktsiyalar paketini chet el investorlariga sotish fond bozori xolatining yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Innovatsion biznes bo`yicha faoliyat yuritadigan tadbirkorlar va investorlarning daromadi, investitsiya korxonalari aktivlarining bozor qiymati o`sishiga belgilangan soliq stavkasiga,ya'ni fond bozorida sotiladigan qimmatli qog`ozlarning sotuv qiymatiga o`rnatiladigan soliq stavkasiga bog`liqdir. Soliq stavkasi innovatsiya korxonalarini moliyalashtirish tavakkalchiligi darajasini oshiruvchi yoki kamaytiruvchi omil xisoblanadi.1 Shuning uchun xam qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda dividentdlardan, qimmatli qoqg`ozlarni sotib olishdan undiriladigan soliq, shuningdek, tarkibiga qimmatli qog`ozlar qiymati kiritilgan korxonalar mulkidan olinadigan soliq, kabi undiriladigan turli xil qayta-qayta soliqarga yo`l qo'ymaslik lozim. Soliq solishng bu kabi amaliyoti natijasida ishbilarmonlik faolligi pasayadi, ya'ni innovatsion korxonalar tashkil topishi sur'atlari qisqaradi, oqibatda xozirgi kunda korxonalarning faoliyat yuritish imkoniyatlari kamayib boradi. Soliq yukining pasayishi innovatsion tadbirkorlikka qamda iqtisodiyotning xususiy sektoriga investitsiyalar jalb qilishda ikkilamchi kapital (qimmatli qoqozlar bozori)ning axamiyatini oshiradi.

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə