Yakka tartibdagi tadbirkor. Sherikchilik faoliyati



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə7/9
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#181194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAKKA TARTIBDAGI

Uchinchidan, innovatsion tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorliginita’minlash.Shujumladan,raqobatbarqarorligini ta’minlash,tashqi iqtisodiy faoliyat tizimida kichik korxonalar manfaatlarini himoya qilish va qo’llab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirish va mamlakat eksport hajmida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirish maqsadida, fikrimizcha, kichik korxonalar eksportni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim. Unda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

  • tashqi bozorlarga chiqish uchun tadbirkorlarni tayyorlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • kichik innovatsion korxonalar uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni halqaro standartlar bo’yicha litsenziyalash, berilgan qarzlarni davlat tomonidan kafolatlash sharti bilan eksport faoliyatini kreditlash, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq siyosiy, tijorat, moliyaviy va boshqa xatarlarni sug’urta qilishni ta’minlash, eksporterlarga axborot-maslahat ko’magini tashkil qilishda maxsus imtiyozlar tizimini taqdim etish;

  • innovatsion mahsulotlar yarmarkasi va ko’rgazmalarini o’tkazish, reklamani tashkil qilish va xorijiy davlatlarda sheriklarni topishda ko’maklashish;

  • innovatsion-texnologik infratuzilmalarni takomillashtirish;

  • xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha shart-sharoitlar yaratish.1

Innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning ushbu yo’nalishi xo’jalik yuritish subyektlari eksport salohiyatini oshirish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
Shunday qilib, davlat va bozor iqtisodiyotning innovatsion tarmog’i faoliyatini kengaytirishga ko’maklashishi, samarali milliy sanoat siyosatini olib borish, kichik ishlab chiqarish korxonalar innovatsion faolligini rag’batlantirish, bu birinchi navbatda jamiyatdagi innovatsion taraqqiyotga turtki bo’lmog’i lozim.



Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə