Yakka tartibdagi tadbirkor. Sherikchilik faoliyati



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə8/9
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#181194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAKKA TARTIBDAGI

______________________________
1O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birga quramiz”. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma yig'ilishidagi nutq. –T.:O'zbekiston, 2016.


Xulosa

Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar tajribasiga ko’ra, innovatsiya korxonalari uchun rеspublikada qabul qilingan xamda iqtisodiyotning ustuvor sohalarida amal qilayotgan barcha imtiyozlarni qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, ilmiy izlanishlarni bajarayotgan innovatsiya korxonalari tadqiqot ishlari uchun ilmiy-tеxnik asbob-uskunalar sotib olgan yilning ozidayoq, 50 foizli amortizatsiya xuquqiga, qolgan asosiy mablaq`lar xisobidan esa jadallashgan amortizatsiya xuquqiga ega bo`lishlari lozim.


Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun kichik korxonalarda yaratilgan yangilikni tijorat maqsadida ishlata oladigan bilim va intuitsiyaga ega bo`lgan mutaxassis lozim.
Bundan tashqari, mamlakatda innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur:

  • innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo’yicha davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • respublika va hududiy kichik biznesni rivojlantirish dasturlarini klaster loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirish;

  • innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash institutlari faoliyatini barcha darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishni ta’minlash.

Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlikni institutsional qo’llab-quvvatlash davlat tomonidan tartibga solish vositalari va barcha bozor mexanizmlaridan foydalanishga asoslangan chora-tadbirlar majmuasini o’zida aks ettirishi lozim. Xususan, innovatsion tadbirkorlik subyektlarini rag’batlantirishga yondashuv innovatsion tadbirkorlikning erishgan natijalari, ular faoliyatining tashqi yoki ichki bozorga yo’naltirilganligi, uning qaysi tarmoqqa mansubligi, miqdori va muddatlari bo’yicha tabaqalashgan bo’lishi zarur.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan katta mablag‘ talab etmaydigan va resurslarning o‘sish tezligini kafolatlovchi innovatsion tadbirkorlik subyektlari, iqtisodiyotdagi qayta tuzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf- harajatsiz yechishga, ichki bozorni moliyaviy resurslar chegaralangan sharoitda ham iste’mol mollari bilan to‘ldirishga, jamiyatda o‘rta sinf mulkdorlar qatlamini shakllanishiga, turli ijtimoiy guruhlar daromadlari nomutanosibligini silliqlab turuvchi iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan aholi ulushini o‘stirishga, nisbatan kam mablag‘ sarflab, yangi ish o‘rinlarini qisqa vaqt ichida yaratishga, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishga, bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, iqtisodiyotning turli sektorlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlashga, eng asosiysi esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishida rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda ta’kidlash lozimki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari muhim va asosiy manbadir.
Bugungi kunda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda qator muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, huquqiy bazaning to’liq shakllanmaganligi, innovatsion tadbirkorga yetarlicha innovatsion muhitning yaratilmaganligi va ushbu sohada yetarlicha malakali kadrlarning yetishmasligi.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida tarmog‘ida faoliyat yurituvchi innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishni tashkil etishning ilmiy asosi va mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish zarurdir. Bunda moliyalashtirishning quyidagi manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: taqsimlanmagan foyda; ichki xo‘jalik zaxiralari; bank tizimning va kredit mablag‘lari ixtisoslashtirilgan bankka oid bo‘lmagan kredit-moliya institutlari; davlat tomonidan markazlashtiriluvchi, investitsiya maqsadlari asosida ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro tashkilotlar va chet el investorlaridan kredit va zayomlar ko‘rinishida olingan mablag‘lar; qimmatli qog‘ozlar emissiyasidan olingan mablag‘lar.


Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə