Yakka tartibdagi tadbirkor. Sherikchilik faoliyati



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə4/9
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#181194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAKKA TARTIBDAGI

_____________________________________
1O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.
3. Tadbirkorlikda innovatsion rivojlanish muammolari tahlili

Ko’pchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar o’zlarini rivojlanishga, uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o’sishga, yangi va farovon hayotga bo’lgan umidlarini bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan kapitalistik yoki sotsialistik halq xo’jaligida keng miqyosda ilm, fan va texnika natijalari (informatsion texnologiyalar,yangimateriallar,kimyovabiotexnologiya,tejamkor texnologiyalar, tiklanadigan energiya manba’lari va boshqalar) ishlatiladigan innovatsion rivojlanish yo’liga o’tish bilan bog’laydilar. Shuning uchun ham iqtisodiyotning innovatsiyalarga talabgor va sezgir qilinishini oshirish zamonaviy davlatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning asosiy maqsaqlaridan biridir desak, also yanglishmaymiz. Global iqtisodiy inqiroz dunyodagi bacha mamlakatlarni iqtisodiyotni innovatsion yo’ldan rivojlantirishga majbur qilayapti. Xozirgi shart- sharoitlarda iqtisodiy rivojlanishdagi asosiy ro’lni ishlab chiqarishning texnik va texnilogik bazasini uzluksiz ravishda yangilash imkonini beradigan, mahsulot tannarxini kamaytiradigan, yangi raqobatbardosh mahsulotlarni o’zlashtirish va ishlab chiqarishga imkon beradigan va mahsulot hamda hizmatlar jahon bozoriga suqulib kirishga imkon beradigan innovatsin faoliyat o’ynaydi. Shuning uchun ham 20 asrning oxirlari va 21-asrning boshlarida jamiyat hayotining barcha jabhalarida innovatsion o’zgarishlarga erishish uchun hatti-harakatlar boshlandi. Shu jumladan, 1979 yilda AQSH Kongressi “Ilmiy-texnik innovatsiyalar bo’yichamilliy akt” ni qabul qildi va uni amalga oshirishga kirishdi. Unda innovatsiyalar


AQSH ning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishidagi markaziy va asosiy masala ekanligi alohida qayd qilingan edi. Bunda innovatsion strategiyaning savdo defitsitini kamaytirishga, jahon bozorida raqobatni yengishda va dollar kursini stabillashtirishda yordam berishi nazarda tutilgan. Germaniyada ham davlat darajasidainnovatsiyalarningqo’llab-quvvatlanishibarchaijtimoiy-iqtisodiy kasalliklarga qarshi asosiy vosita ekanligi ta’kidlangan. Shunday qilib, avvallari alohida firmalarning strategiyasi bo’lgan innovatsiya siyosati, endi davlatlar siyosati va butun boshli millatlarning hayotiy strategiyasi bo’lib qoldi. Bular bilan bir vaqtda innovatsion faoliyat haqidagi fan ham asta-sekin rivojlana boshladi. Bu esa o’z navbatida, an’anaviy iqtisodiyot uqtirganidek, bozorni talab va taklifning erkin o’yini sifatida soddalashtirilgan tushunishga qarama-qarshi bo’lib qoldi. Innovatsiyalar sharoitida bozorni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish, undan oldinroq yurish, ommaviy xaridorlarning talablari paydo bo’lishiga erishish, innovatsion marketing va menedjmentning rivojlanishi hamda xaridor hali o’ylab ham ko’rmagan mahsulot va hizmatlarni taklif qilish asosiy ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Bunday strategiya o’z navbatida “innovatsion iste’molchi jamiyat” ning hosil bo’lishi va jadal rivojlanishiga olib keladi.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng va demokratik rivojlanishning oxirgi 26 yilida ko’pchilik korxona va tashkilotlar yetarli mablag’lar va imkoniyatlar yo’qligi sababli innovatsion boshqaruv usuliga o’tishga jadal harakat qilmadilar va bu holat o’z navbatida bozorlarimizni chet eldan keltirilgan arzon hamda sifatsiz mahsulot va hizmat turlariga to’ldirib yubordi. Mamlakat asosan homashyo sotishdan tushgan mablag’lar evaziga yashab, turli-tuman xorij mahsulotlarini iste’mol qilib, innovatsion islohotlarga ahamiyat bermadi yoki buning iqtisodiy-ijtimoiyahamiyatiniyetarlichaanglamadi.Mamlakatimiztanlaganbunday rivojlanish yo’lini tub ma’noda optimal rivojlanish yo’li deb atab bo’lmaydi, albatta.
Xuddi shuning uchun ham moliyaviy va ishlab chiqarish jihatidan ko’pgina imkoniyatlarni qo’ldan boy berildi (ammo bu davrda yuzaga kelgan nisbatan kam miqdordagi boy tabaqalarga mansub korxonalar – ya’ni, jamiyat elitasi korxonalari bundan mustasno,albatta)va mamlakatda surunkali ishsizlik muammosi paydo bo’ldi.
Keyingi yillarda bu muammolarning sabablari hamda oqibatlarini ko’pchilik siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar va tadbirkorlar tushuna boshladilar. Natijada ushbu jamlangan intellectual fikrning ta’sirida mamlakat iqtisodiy rivojlanishi fanning taraqqiyoti va innovatsion ishlanmalar asosidagi yangilanish tomon yo’l olishining noyob imkoniyati paydo bo’ldi. Bu tarixiy jihatdan exklyuziv bo’lgan imkoniyatni amalga oshirish O’zbekistonda yangi va zamonaviy iqtisodiy hamda ishlab chiqarish siyosatining strategik platformasi bo’lishi mumkin.
Ammo bu yo’nalishdagi bir qator tadbirlar bozor iqtisodiyoti qad rostlayotgan boshlang’ich davrda ham amalga oshirilgan edi va bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • Kichik va o’rta korxonalarning ilmiy-texnik sohadagi rivojlanishini qo’llab- quvvatlash yo’nalishida umumdavlat siyosatining amalga oshirilganligi;

  • Ilm-fan talab qiluvchi mahsulotlar va texnologiyalar yaratuvchi va ularni o’zlashtiruvchi kichik innovatsion korxonalarga bevosita moliyaviy, information, huquqiy va boshqa turlardagi yordam yoki imtiyozlar berilishi;

  • Intellektual mulkni himoyalash, xujjatlashtirish va uni rivojlantirish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar majmuining amalga oshirilganligi;

  • Yengil sanoat, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, maishiy hizmat, elektronika va shunga o’hshash bir qancha iqtisodiyot sohalarida yangi innovatsion asbob-uskuna va texnologiyalar joriy qilinganligi;

  • Kichik innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash uchun kerakli bo’lgan tuzilmalarning yaratilganligi va ularning rivojlantirilganligi.

Bundan tashqari, keyingi yillarda mamlakatimizdagi innovatsion faoliyatni jonlantirishga bag’ishlangan ko’pgina konferentsiyalar,ilmiy anjumanlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va turli forumlar o’tkazildi. Shu chora-tadbirlarga qo’shimcha ravishda, xozirgi paytda respublikada mamlakat iqtisodiyotining innovatsion yo’ldan rivojlanishiga yordam berishi ko’zda tutilgan fondlar tashkil qilinmoqda, innovatsiya yo’nalishidagi o’ziga xos bo’lgan mustaqil davlat siyosati yuritilmoqda va bu holat jahon iqtisodiy inqirozi davrida ham davom etayapti. Uzbek olimlari va ixtirochilari davlat tomonidan bo’layotgan qo’llab-quvvatlashni his qilgan holda o’z innovatsion loyihalarini amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat topmoqdalar. Ammo ushu so’zsiz ijobiy bo’lgan jihatlar bilan bir qatorda bir qancha juda ham jiddiy bo’lgan muammolarga yetarli darajada e’tibor berilmayaptiki, bu muammolarni hal qilmaslik davlatning va tadbirkorlar sinfining mamlakatni innovatsion yo’ldan rivojlanishiga bo’lgan barcha tadbirlarini yo’qqa chiqarishi mumkin.
Bu o’ta muhim muammolar jumlasiga quyidagilarni kitirishimiz mumkin:

  • Fan arboblarini tayyorlashdagi, malakali innovatsion mutahassislar tayyorlash uchun hizmat qiladigan ta’lim sohasidai va tadbirkorlikni boshqarish va boshqa sohaslardagi keng ildiz otgan mamlakat miqyosidagi ommaviy korruptsiya holatlari kichik guruhga mansub amaldorlarning o’ta boyishi uchun hizmat qilib, innovatsiyalarni amalga oshirish, uning uchun kerakli bo’lgan malakali mutahassislarni tayyorlash va bu boradagi dasturlarni hayotga tezkorlik bilan tadbiq qilishga imkon bermayapdi va ushbu holatlar mamlakatni boshi berk ko’chaga kirgizib qo’yishi mumkin;

  • Davlat buyurtmalari taqdim qilishda, tekshiruv, konkurs, tanlov va tenderlarda amaldorlarga va bu bilan mashg’ul mas’ul shaxslarga pora berish holatlari, innovatsion harakatning tagiga bolta urib, uni yo’qqa chiqarish havfini yuzaga keltiradi;

  • Innovatsion g’oyalarni amalga oshirish uchun hizmat qiladigan va halq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatadigan zamonaviy yuqori malakali mutahasislarning yetishmovchilgi tufayli (bu holat asosan ta’lim va ilm-fan sohasidagi amaldorlarning mansabni o’z maqsadlari yo’lida suye’iste’mol qilishlari natajasida yuzaga kelgan) ularni o’qitish va qaytatayyorlash zaruriyati yuzaga kelgan;

  • Innovatsion sohada hamdo’stlik mamlakatlari va chet eldagi yetakchi mutahasissislar, korxona, ilmiy-texnik tashkilotlar va korporatsiyalar bilan yaqindan va o’zaro foydali hamkorlikni kuchaytirish muammolarini xal qilish lozim;

  • Ko’pchilk ilmiy sohadagi va yuqori mansabdagi mutahasisslarning asosiy chet tillarni bilmasliklari va ayniqsa jahon information almashinuvining asosi bo’lgan ingliz tilini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni bilmasliklari hamda ularni o’rgatish yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;

  • Tadbirkorlarning va jamiyatning yurituvchi kuchi bo’lgan elita sinfining tavakkalchilikka tayyor emasliklari va sokin turmush tarzini o’zgartirishga olib keladigan innovatsion tarzda rivojlanishni istamasliklari;

  • Mamlakat fuqarolarining aksariyat qismi innovatsiya nima ekanligi, innovatsion yangiliklarning mamlakat kelajagi uchun hayotiy muhim ekanlgini, u nimalarga olib kelishi mumkinligini va bu o’z yechimini kutib yotgan o’ta muhim hayotiy masalalardan biri ekanligini yaxshi tushunmasligi.

Ushbu juda ham dolzarb muammolarni hal qilish borasida uzluksiz, tirishqoqlik va sabr-chidam bilan ishlab, bular vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli ishlar ekanligini barcha tushunishi zarur. Qashshoqlik va qoloqlikdan o’z ichki imkoniyatlari hamda ilmiy-texnik potentsiali tufayli muvaffaqiyatli ravishda qutulgan barcha mamlakatlarning tarixi shuni ko’rsatadiki, ilg’or va rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish hamda unda munosib o’rin egallash uchun bir necha o’n yillar davomida iste’molni imkoniyat darajasida chegaralash va bundan ozod bo’lgan mablag’larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish shart. Bu sohada muvaffaqiyatga erishishga ahd qilgan xar bir mamlakatda o’ziga xos mobilizatsion model faoliyat ko’rsatgan va ularda juda ham qattiq iqtisod va boshqaruv rejimi amalda bo’lgan.
O’zbekistonning jahon bozoridagi zamonaviy ilmiy ma’lumotlar talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi juda ham past daralada, ammo AQSH niki 36%, Yaponiyaniki 30%, Xitoyniki esa 6% ni tashkil qiladi. Shuning uchun eng birinchi navbatda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishga yo’naltirigan innovatsion faoliyat turlariga birinchi navbatda moliyaviy va tashkiliy yordam berilishi lozim. Buning uchun esa eng avvalo O’zbekiston uchun qanday innovatsiyalar kerak ekanligini aniqlab olish lozim. Eng birinchi navbatda innovatsiya yo’nalishida ishlayotgan mutahassislar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish, innovatsion faoliyat nima ekanligini va u nima uchun respublika taraqqiyotiga o’ta muhimligini keng halq ommasiga tushuntirish, innovatsiyalardan olinadigan natijalarni lo’nda qilib aniqlashtirish va ommaga yetkazish zarur. O’zbekistondagi davlat innovatsion siyosati va innovatsion faoliyatni boshqaradigan qonunlarning eng asosiy kamchiligi - innovatsiya tufayli erishiladigan natijalarning milliy taraqqiyotga va uning yaqin hamdauzoq kelajagiga qanday ta’sir qilishining ko’rsatilmaganligidir.
Mavjud qonun va ko’rsatmalarga amal qilinsa, xar qanday yangilash, masalan, biror bir uskunani sotibolishniham innovatsiyasifatida talqinqilishmumkin.Ko’pchilik tadbirkorlar va davlat arboblari bir qancha afzalliklarga ega bo’lish hamda davlatning diqqat e’tiborida bo’lish va qo’llab-quvvatlashiga erishish maqsadida xuddi shunday qiladilar ham.
Bu noto’g’ri talqin esa juda katta moliyaviy yo’qotishlarga olib kelib, innovatsiya tushunchasining o’zini va bu bilan bog’liq amaliy harakatlarni ham yo’qqa chiqaradi. Innovatsion faoliyatni boshqarish patent olishga munosib bo’lgan texnik yechimlarni yaratish jarayoniga faol ta’sir qilib, ularning maxsuldorligini son va sifat jihatdan oshirishga asoslanishi kerak. Ammo xozircha bunday strategiya amaliyotga tadbiq qilinmagan.
O’zbekistonda ishlab chiqarishda foydalaniladigan ixtirolar soni patent olinganlarga nisbatan juda ham kamchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun ham tadbirkorlikdagi innovatsion faoliyatni faollashtirish uchun patent olishga loyiq mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarish bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi talab qilinadi. Shunday mahsulotlar ishlab chiqarayotgan tashkilotlarga afzalliklar (masalan, soliq yukini kamaytirish, kredit stavkasini pasaytirish) va subsidiyalar berish tizimini ishlab chiqish darkor, chunki ular bu ishlarni bajarishda ixtirochilarga qaraganda kattaroq xarajatlar qiladilar va tavakkalchilik bilan ish yuritadilar. Ixtirochilar esa buni bilgan holda yangi ishlanmalarni sifatliroq qilib, litsentsiyalariga shunga mos bo’lgan narx qo’yadilar. Ixtirolar qilishni jonlantiradigan bunday siyosatixtirochilarni yana ham faolroq ishlashga undaydi va ixtirochilarga bo’lgan talabni kuchaytiradi.
Hozirgi davrda O’zbekistonda innovatsion tizim yaratish bo’yicha aniq bir tugallangan va keng qamrovli umumdavlat loyihasi yo’q, shuning uchun ham ko’pchilik mutahassislar va mutasaddi xodimlar milliy innovatsion tizimni yaratishning respublika kelajagi uchun hayotiy zarurligini unchalik chuqur tushunmaydilar. Bu esa o’z navbatida davlat innovatsion siyosatini yaratishda va boshqarishda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi.
Yana bir muhim muammo innovatsion tizimlar yaratishga baho beruvchi va uni boshqaruvchi milliy ekspertlar guruhining yo’qligidir. Bu birinchi navbatda O’zbekistonda innovatsion tizim yaratishning milliy g’oyasi yo’qligi bo’lsa, ikkinchidan, bu holat oily ta’lim tizimida tajribali va malakali innovativ ustozlar kamchilligi tufayli iqtisodiyotning yetakchi sohalarida ham yuqori malakali innovativ mutahassislarning yetarli darajada emasligidandir. Shunday qilib, biz o’ziga xos qarama-qarshilkka duch kelamiz: davlat malakali ekspertlar yetarli emasligi tufayli o’zining innovatsiya bo’yicha takliflari amalga oshirilishini tekshira va boshqara olmaydi, tadbirkorlar va innovatsiyaga qiziqadigan tashkilotlar esa davlat tomonidan aniq investitsiya siyosatini ishlab chiqilishni va ularga yetkazilishini kutishadi. Dunyoviy tajribaga asoslanib aytish mumkinki, mamlakatdagi turli-tuman viloyatlarning o’ziga xos rivojlanish hususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan markazlashgan innovatsion tizim unchalik samara bermaydi. Ammo agarda bunday tizimni ishlab chiqishda markaz va viloyatlar manfaatlari hisobga olinib, zahiralar shunga mos ravishda taqsimlansa, juda yaxshi natijalarga erishish mumkin bo’ladi. Mamlakat va viloyatlar innovatsion dasturlarini yaratishda boshqa rivojlangan davlatlarning qimmatli tajribasini hisobga olish muvaffaqiyat garovi bo’lishi mumkin.
Shuning bilan bir qatorda, mutahassislar tayyorlash muammosini hal qilmasdan turib iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga umid qilib bo’lmaydi. Chunki hozirgi davrda innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishi yuqori malakali mutahasisslarning yetishmovchiligi holatiga duch keldi. Bu yetishmovchilik yuqorida aytilganlardan tashqari, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi yana bir qancha salbiy faktorlarga bog’liq.
Oliy o’quv yurtlariga kirgan ko’pchilik yoshlarning chuqur bilim olmasdan faqatgina diplom olish uchun intilishi ta’lim muassalarini bitirib chiqayotgan mutahassislarning chalasavod bo’lishiga olib kelib, ular mehnat bozorida ozlariga munosib ish topa olmayapdilar. Buning uchun oliy o’quv yurtlariga qabul tizimini markazlashgan usulidan zudlik bilan voz kechib, uning markazlashmagan va barchga bir xil teng imkoniyatlar yaratadigan tizimini yaratish zarur (bu haqda ushbu risolanung ta’lim va qabul tizimi islohiga bag’ishlangan bo’limlarda to’liqroq ma’lumotlar va takliflar berilgan).
Hozirgi mavjud DTM tizimi va oliy o’quv yurtlariga markazlashgan qabulqilish sharoitlarda esa innovativ kadrlar yaratish, millat kelajagi va vatanparvarlik kabi yuksak tushunchalarga jiddiy putur yetadi, albatta. Davlatning innovatsiyalar yo’nalishidagi strategik dasturlarini yaratish va amalga oshirish esa bir necha minglabjudayaxshita’limolgan, intiluvchanvadavlattuzilmalariga birlashtirilgan yuqori malakali mutahassislardan iborat bo’lishi lozim. Ularning barchasi mamlakat strategik rivojlanish yo’nalishlarini tushuna va his qila oladigan bolishlari kerak. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bunday yuqori malakali mutahassislar davlat kafolati bilan albatta ishga joylashtirlishi, yetarlicha ish xaqqi bilan ta’minlanishi, zamonaviy ish va turmush sharoitlarida ega bo’lishi va ijtimoiy jihatdan jiddiy himoyalangan bo’lishlari zarur.Buning uchun esa mavjud ta’lim muassasalari va ulardagi malakali professor-o’qituvchilar negizida maxsus elita turga mansub boshlang’ich, o’rta va oily ta’lim muassasalari tashkil qilinib, ularda o’qish uchun respublika miqyosidagi eng iqtidorli yoshlar tanlov asosida qabul qilinishi lozim. Chunki barchani bir hil dasturlar vositasida ommaviy o’qitish yaxshi natijalarga olib kelmasligi yaqin o’tmish misolida yaqqol namoyon bo’lgan edi.Xuddi shu fikr fan va texnika sohasidagi iqtidorli mutahassislarning malakalarini oshirish va qayta tayyorlashga ham tegishli bo’lishi kerak.
Ammo bunda poraxo’rlik, yuqoridan bosim va tanish-bilishchilik holatlariga tubdan va uzil-kesil barham berilishi shart. Aks holda barcha innovatsion choqa-tadbirlar chippakka chiqishi mumkin. Innovatsiya va modernizatsiya tushunchalari ba’zi tadbirkor va amaldorlar qo’lida davlat xazinasidan pul o’marish, noqonuniy mablag’larni legallashtirish vatezda boyib ketish qurioli bo’lib qolmasligining oldini oladigan huquqiy normativ mexanizmlar yaratish kerak.
O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko’mak beradigan innovatsion modelni amalga oshirish va hayotga tadbiq qilish uchun avvalo innovatsion rivojlanishning mohiyatini barha mas’ul xodimlar va ilmiy- texnik xodimlarga atroflicha tushuntirish zarur.
Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, O’zbekistondagi innovatsion muhitni yaxshilash uchun eng muhim bo’lgan asosiy chora-tadbirlar majmui quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:

  • Chet mamlakatlarning O’zbekiston uchun mos bo’lgan iqtisodiyot, texnika- texnologiya, qishloq xo’jaligi va boshqa yo’nalishlariga oid innovatsiya sohadagi ilg’or tajribasini har tomonlama o’rganish, o’zlashtiriah va uning ijobiy tomonlaridan foydalanish;

  • Innovatsiyalar sohasidagi barcha eng muhim ilmiy va amaliy adabiyotlarni davlat tiliga tarjima qilib, ularni ilmiy-texnik xodimlar va boshqaruv bo’g’ini hizmatchilari tomonidan tanqidiy ravishda o’rganish jarayonini tashkil qilish;

  • Jahon miqyosida ishlab chiqilgan va O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan sohalardagi innovatsion g’oyalar, fikrlar, qurilmalar, uskunalar hamda ilmiy izlanishlar natijalarining ma’lumot bazasini tashkil qilish va uni ommaviy axborot vositalari hamda internet portali orqali tadbirkorlarga hamda korxona rahbarlariga tezkor ravishda yetkazish;

  • Xar bir innovatsion taklif kiritgan yoki mavjud innovatsiyalarni amaliyotda qo’llaganshaxslarningmunosibmoddiyvama’naviytaqdirlanishiga erishish;

  • Korxona yoki tashkilotlarda innovatsiyalarni joriy qilgan ilmiy-texnik xodimlarning korxona daromadidan tegishli ulush olishlarini qonun asosida belgilab qo’yish;

  • Maxsus innovatsion soliq turini kiritgan holda undan jamlangan mablag’larni respublikadagi eng muhim innovatsiion jarayonlarni rivojlantirishga yo’naltirish;

  • Innovatsion faoliyat haqidagi qonunlarning normativ xujjatlarni ular noqonuniy mablag’larni legallashtirish, off-shorlashtirish, chet ellarga pul o’tkazib, ularni o’zlashtirish kabi jinoyatkorona maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qayta ko’rib chiqish zarur;

  • Barcha amaldorlarning mablag’lari va chiqimlarini, daromadlari va mol- mulklarini hisobga olib, ulardan har yili deklaratsiya talab qilish tizimini qonuniy ravishda joriy qilish;

  • Respublikada innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish (hizmat ko’rsatish) tizimlarini yaratishga bag’ishlangan mahsus loyiha ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

  • Ushbu loyiha asosida mamlakatimiz viloyatlarining mahsus investitsion tizimlarini yaratish va ularni qattiq nazorat ostida hayotga tadbiq qilish;

  • Mamlakatning barcha bo’g’inlardagi ta’lim-tarbiya tizimini, oily o’quv yurtlariga abiturientlar qabul qilishning tartibini tubdan o’zgartirib, uni barcha joyda xoziru-nozir korruptsiyadan xalos etish. Ta’lim muassasalariga abiturientlar qabul qilishda testlar qabul qilishdan tashqari, ularning o’rta maktabda qanday bilim olganliklariga, mantiqiy fiqrlashlariga, yoqma ish natijalariga va inttellektual rivojlanish darajalariga alohida e’tiborni qaratish kerak.Maktablarvakolleglardaesayuqorinatijalargaerishgan o’quvchilarni oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlash tartibini yo’lgaqo’yishzarur,chunkibuyoshlarningbilimolishgabo’lgan intilishlarini hamda o’zaro ijobiy ma’nodagi raqobatlarini kuchaytitrib, ta’lim sifatini ham oshiradi;

  • Ilmiy izlanishlar asosida turli xil zamonaviy innovatsion texnologiyalar yarata oladigan va tadbirkorlik bilan mos tushadigan umumdavlat dasturini ishlab chiqish;

  • Innovatsion tizimlar yaratish va baholash sohasida faoliyat ko’rsatadigan malakali ekspertlar guruhini yaratish va uning faoliyatini rivojlantirish – xuddi shu ekspertlar barcha katta va kichik innovatsion loyihalarning maqsadga muvofiqligini aniqlab berish uchun hizmat qilishlari lozim (monitoring va baholov);

  • Eng ilg’or zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan 3D-texnologiyalarni, robototexnikani O’zbekiston respublikasida rivojlantirish chora-tadbirlarini ko’rish;

  • Mamlakatning innovatsion yo’ldan rivojlanishi zarurligini hamda bu O’zbekiston kelajagi uchun o’ta muhimligini barcha aholi qatlamlariga tushunarli va ommabop tarzda yetkazish.

Xozirgi davrda milliy iqtisodiyotni boshqarish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining eng kuchsiz bo’g’imi - innovatsiyalarni boshqarish mexanizmi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida innovatsiyalar iqtisodiyotning intensiv rivojlanishiga, ilm va fanning eng so’nggi ilg’or yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtirishga, iste’molchilarning turli xil yuqori sifatli mahsulot va hizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga hizmat qilishi darkor. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida O’zbekistondagi innovatsion rivojlanishning yana bi muammosi shundan iboratki, bu jarayon mamlakatda buning uchun ko’pchilik shart-sharoitlar yo’q bo’lgan sharoitlarda va tarixan qisqa muddatlarda amalga oshirilishilozim.Innovatsiyalarorqalibizjahonhamjamiyatidagimehnat bo’linishida o’zimizga munosib joy egallashga harakat qilishimiz lozim. Aks holda O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olishi mumkin bo’lmay qoladi va bu albatta milliy iqtisodiyot hamda insonlarning turmush farovonligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Halqaro savdo va bevosita chet el investitsiyalari dunyo mamlakatlari chegaralaridan tashqariga bilimlar tarqalishining an’anaviy manba’lari hisoblanadi. Raqobatbardosh texnologiyalar importi oqimlari jahon miqyosida mahsulotlar va hizmatlarning differentsiastiyasini ta’minlab beradi. Ammo innovatsion iqtisodiyotga o’tishni zamonaviy texnologiyalarni sotib olish bilangina ta’minlash mumkin emas. Buning uchun innovatsiyalarni o’zlashtirishga qodir yuqori malakali ish kuchining mavjudligi talab qilinib, ular innovatsion ishlanmalarni tijoriy izga solishga va jamiyat rivojlanish tashkilotlarining samaradorliginioshirishga hizmat qiladi. Bevosita horijiy investitsiyalar asosan dunyoviy patentlarning 80-85% ga ega bo’lgan va jahon bozorlaridagi 40-50% savdo aylanishini amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Bevosita horijiy investitsiyalarning amalga oshirilishi uchun asosiy shart-sharoitlar mamlakatda kerakli bo’lgan zahiralarning mavjudligi, yuqori malakali ish kuchining borligi va uning arzonligi hamda horijiy hamkorlar uchun qanday afzallik va preferentsyalar yaratilganligi bilan aniqlanadi.
Jahon miqyosidagi bevosita horijiy investitsiyalar oqimida rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi doimiy ravishda o’sib borayotgani bilan, katta miqdordagi tabiiy resurslarga ega bo’lgan mamlakatlar uchun texnologiyalar transferida bevosita horijiy investitsiyalarning roli uncha katta emas. Shuni ham alohida aytish kerakki, agarda iqitsodiyotga qilinayotgan bevosita horijiy investitsiyalarning asosiy oqimi tabiiy resurslar olishga va ularni qayta ishlashga yo’naltirilgan bo’lsa, ularning mamlakat innovatsion potentsialini oshirishga bo’lgan ta’siri unchalik katta bo’lmaydi.
Halqaro hamkorlikda litsenziyalashtirish,qo’shma korxonalar tuzish, zamonaviy texnologiyalarini imitatsiya qilish yoki nusxalash va insoniy kapitalning mobilliligi iqtisodiyotga innovatsion texnologiyalar jalb qilishning al’ternativ kanallari bo’lib hisoblanishi mumkin.Litsenziyalashtirish - innovatsiyalarni, ma’lum bir huquqlarni yoki “nay-xay” lar va qonun bilan himoyalangan intellectual mulk ob’ektlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki hizmatlar ko’rsatish uchun sotib olishdir. Mamlakat innovatsion potentsalini oshirish uchun horijiy texnologiyalarni litsenziyalar asosida sotib olish Janubiy Koreya tajribasida kuzatilgan. Koreya iqtisodiyotining raqobatbardosh sektorlarini (kimyo, tekstil, metallurgiya, elektronika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, keramika, farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish) rivojlantirish uchun litsenziyalar sotib olish texnologiyalar transferining umumiy oqimida asosiy ro’l o’ynagan. Innovatsion texnologiyalarni imitatsiya qilish yoki o’zlashtirib olish raqobat qiladigan firmalarga boshqa ishlab chiqaruvchilarning texnologik sirlarini va dizaynlarini nushalab, ishlab chiqarishga tadbiq qilishiga imkon beradi.
Bu ishnihorijiy ekspert yoki texnik mutahassislarni ishga taklif qilish yoki injener-texnik xodimlarni chet ellarga malaka oshirish yoki o’qish uchun safarbar qilish orqali amalga oshiriladi. Albatta innovatsion texnologiyalarni imitatsiya qilish yoki o’zlashtirib olish malakali ilmiy-texnik xodimlar tomonidan internet ochiq ta’lim va ilmiy resurslaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin (bu arzonroqvasamaradorroq bo’lganusul).
Hozirgi davrda O’zbekistonda iqtisodiyot asosiy sektorlariga bevosita horijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularni amalga oshirish bo’yicha davlatning kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakatda innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirish, uni boshqarish va unga biznes tuzilmalarining qiziqishini uyg’otish asosida milliy iqtisodiyotning potentsalini to’la-to’kis ro’yobga chiqarish borasida quyida qisqacha tavsif etilgan bir qancha muammolar mavjud:

  • O’zbekiston iqtisodiyotiga innovatsion texnologiyalar transferini amalga oshirishi boshqarish, uni hayotga tadbiq etish va bu jarayonni monitoring qilish uchun kerakli bo’lgan qonuniy baza va unga mos bo’lgan dastur mavjud emas edi, ammo bu hozirda jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Buning uchun davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan “Innovatsion texnologiyalar transferi markazi” tuzilib, uning faoliyatiga mamlakatdagi barcha ilmiy muassasalar va oily o’quv yurtlarini jalb qilish lozim. Bu markaz halqaro miqyosda texnologilar tanlash, tahlil qilish, kerakli korxona va tashkilotlarga ushbu texnologiyalarni taklif qilish, keraklilarini sotib olish va iqtisodiyotga tadbiq qilish bilan shug’ullanishi kerak. O’z faoliyati natijalarini esa maxsus innovatsilar Internet portaliga joylashtirshlari barchaning innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishshiga imkon yaratadi;

  • Horijiy innovatsion texnologiyalarni sotib olishning al’ternativ imkoniyatlari va nay-xaylar (litsenziyalashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, imitatsiya,texnologiyalarni o’zlashtirish,inson kapitali mobilligidan foydalanish kabilar) an’anaviy imkoniyatlarga (tashqi savdo va bevosita horijiy investitsiyalar) nisbatan kam miqyosda ishlatiladi (chunki bular bo’yicha afzalliklar yetarli darajada emas);

  • Oxirgi o’nyillikda mamlakat eksportining taxminan 70%i past texnologiyalarga mansub (paxta, energiya tashuvchlar, metal va oziq-ovqat mahsulotlari) bo’lib qolgani tufayli, eksport orqali iqitsodiyotga innovatsion texnologiyalar transferi yetarli miqdorda bo’lmagan;

  • Iqtisodiyot eng muhim sektorlarining texnoligik jihatdan qayta qurollanishi uchun kerakli bo’lgan innovatsion texnologiyalar transferi susayishi bevosita investitsyalarda energetikaning va tog’-kon sanoatining roli o’sishi bilan tushunilishi mumkin;1

  • Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy ta’lim muassasalari xodimlari innovatsion texnologiylarni o’rganish, o’zlashtirsh va iqtisodiyotga tadbiq qilish jarayoniga juda passiv jalb qilinayaptilar. Bu ulardagi ilmiy-texnik xodimlarning bilimlari yetarli emasligi, amaliyotdan uzilib qolganliklari, moliyalashtirish kamligi, innovatsion infratuzilmaning rivojlanmaganligi hamda innovatsiyalarga bo’lgan talabning pastligi bilan izohlanadi;

  • Boshlang’ich va o’rta ta’limning sifati(va unga ajratilayotgan mablag’lar miqdori) rivojlangan mamlakatlar darajasiga to’g’ri kelsa ham, oily ta’lim tizimidagi mutahassislarning (olimlar va professor-o’qituvchilarning) bilimi zamona talablariga javob bermaydi. Bu esa ularda tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasiga salbiy ta’sir qilib, innovatsion texnologiyalarni tushuna olish va ularni hayotga tadbiq qilish imkonini bermaydi;

________________________________________


1O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.



Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə