Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi


Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi



Yüklə 492,39 Kb.
səhifə4/8
tarix18.05.2023
ölçüsü492,39 Kb.
#110974
1   2   3   4   5   6   7   8
Microsoft Word Document (14)

2. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi.
Makroiqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda mavjud resurslar va ulardan foyda­lanish o‘rtasida, ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, moddiy va moliyaviy oqimlar, jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasida mutanosiblikni taqoza etadi .
Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan hisob­la­nadi, bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanati buzilib turi­shiga sabab bo‘ladi.
Yalpi talab va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmini ko‘rsatadi.

1-chizma. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati
Yalpi talab o‘zgarmay qolganda, yalpi taklifning o‘zgarishi iqtisodiyotda ikkita har xil oqibatlarga olib keladi.
Birinchidan, yalpi taklifning qisqarishi narx daraja­sining o‘sishini taqozo qilib, inflyatsiyaga olib keladi.
Ikkinchidan, milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini yotiq kesmada kesib o‘tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi.
Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqa­rishning real hajmi kamayadi, narx darajasi esa o‘zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushganda, milliy ishlab chiqarish­ning real hajmi to‘liq bandlik darajasida qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarish vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Ya’ni tovarlar va resurslar narxi pasayish tamo­yiliga ega bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilga xrapovikli samara sifatida qaraydi.(xrapovik-bu mexanizm bo‘lib g‘ildirakni orqaga emas oldinga xarakat qilishga yordam beradi). Xrapovik samarasi shunga asosla­nadiki, narx osonlik bilan oshadi, lekin qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning tushishini kutish mumkin emas. Narx pasayishi tamoyiliga ega bo‘lmasligining ayrim sabablari mavjud. Birinchidan, ish haqi korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) tashkil qilib, qandaydir davr ichida pasayishi tamoyi­liga ega bulmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma bo‘yicha ishlaydi va uning muddati tugaguncha ish haqini pasaytirish ta’qiqlanadi. Boshqa tomondan, tadbirkorlar ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasligi mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan ancha past ish haqi ishchi­larning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mum­kin. Shu bilan birga ancha past ish haqi maxsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasay­tirishga qaror kilsa, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishi mumkin. Narxning pasayish tamoyiliga ega emasligining ke­yin­gi sababi juda ko‘pchilik korxonalar etarli darajada monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda xam narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.

Yüklə 492,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə