Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi


-chizma. “Milliy daromad-yalpi sarflar”



Yüklə 492,39 Kb.
səhifə7/8
tarix18.05.2023
ölçüsü492,39 Kb.
#110974
1   2   3   4   5   6   7   8
Microsoft Word Document (14)

1-chizma. “Milliy daromad-yalpi sarflar” (Dj. Keyns muvozanatli) modeli
Dj.M. Keyns kishilar tasarrufidagi pul daromadi o‘sib borishi bilan iste’molga keyingi moyillik tushib borish qoidasini ochib berdi. Bu daromadlar ortib borishi bilan jamg‘arma ulushi o‘sib borishini anglatadi. Agar olingan barcha daromad to‘liq sarflansa talab va taklif chiziqlari o‘zaro mos tushgan bo‘lardi.
Keyns fikricha, rivojlangan bozor iqtisodiyotida monopo­liyalar mavjudligi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzoq mud­datli shartnomalar amal qilishi, kasaba uyushmalarining ish haqi stavkasi barqaror bo‘lishiga harakatlari tufayli narx mexanizmi ishlamaydi. Shu sababli, narx emas sotish hajmi kamayadi va bu ishlab chiqarish hajmi qisqarishiga olib keladi. Mazkur qisqarish yuqori narxlar va ishsizlikning o‘sishi saqlanib qolganda ro‘y beradi. Demak, tadbirkorlar yalpi talabning narx va ish haqi pasayishi hisobiga emas, ishlab chiqarish hajmi qisqarishi va band bo‘lganlar bir qismining bo‘shatilishi hisobiga kamayishiga e’tibor qaratadi. Shu tariqa, makroiqtisodiy muvozanatlik tiklanadi, biroq bunda ishsizlar saqlanib qoladi.
Yalpi talabning tarkibiy qismlaridan biri investi­tsiya­lar hisoblanadi. Keyns fik­richa, investitsiyalar haj­mining 100 birlikka kamayishi daromadlarining 400, 500 va undan ko‘p birlikka qisqarishiga olib kelishi mumkin va aksincha.
Bunday holat iqtisodiy fanda multiplikator samarasi yoki ko‘paytiruvchi samara nomini olgan.
Multiplikator samarasi asosida bir kishining sarflari tezlikda boshqalarning daromadi bo‘lib qolish mumkinligi g‘oyasi yotadi.
Mulkdorlar o‘z daromadlarining bir qismini sarflaydi, boshqa qismni jamg‘aradi. Daromadni sarflab, ular o‘z pul­larini ishlab chiqaruvchilarga uzatadi. Yalpi sarflarning bir qismidagi o‘zgarish milliy daromadning muvozanatli darajasi ko‘paytirilgan (multiplikativ) yo‘nalishida o‘zgarishiga olib keladi. Boshqacha aytganda iqtisodiyotga “tashlangan” investi­tsiyalar milliy daromadning o‘sishi shaklidagi zanjirli reak­tsiyasini keltirib chiqaradi.
Multiplikator – daro­mad­ning o‘sishi va mazkur o‘sish­ni vujudga keltirgan inves­titsiyalar hajmi ortishi o‘rtasidagi nisbatni ifoda­lovchi koeffitsientdir.
Keynsning nazariy qarash­lari mazmunan davlat makro­dara­jada barqarorlashtiruvchi siyosat yuritish zarur degan amaliy xulosa chiqarishga olib keladi.
Bunda davlatning vazifasi, mos keluvchi siyosat yordamida muvozanatli darajani to‘liq bandlik darajasiga “ko‘chirish”dan iborat.


Yüklə 492,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə