Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi


Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari



Yüklə 492,39 Kb.
səhifə2/8
tarix18.05.2023
ölçüsü492,39 Kb.
#110974
1   2   3   4   5   6   7   8
Microsoft Word Document (14)

Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investision sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi.
Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan YaIM hajmi aniqlanadi.
Uchinchi usul – bu YaIMni hisoblashga daromadlar bo‘yicha yondashuv.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
YaIMni daromadlar bo‘yicha hisoblashda uy xo‘jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YaIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizasiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo‘shiladi.


1-jadval. YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar
bo‘yicha yondashuv


Yüklə 492,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə