Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 492,39 Kb.
səhifə6/8
tarix18.05.2023
ölçüsü492,39 Kb.
#110974
1   2   3   4   5   6   7   8
Microsoft Word Document (14)

Keynscha model
Klassik modelda aks etgan iqtisodiy voqelik bir asr o‘tib “Buyuk depressiya” davrida sinovdan o‘tmadi va yangi paydo bo‘lgan omillar ta’sirini nazariy umumlashtirishni taqozo etdi. Bu bozordagi jarayonlarni narxsiz mexanizmlar bilan tushuntirishni zarur qilib qo‘ydi.
Bu vazifa iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan Dj. M. Keyns tomonidan hal qilindi. Uning nazariyasi makro darajadagi tahlil zarurligini tasdiqladi va XX asr­ning 30-yillaridan iqtisodiyot nazariyasining rasmiy mikro va makroiqtisodga bo‘linishiga sabab bo‘ldi.
Dj.M. Keyns birinchi bo‘lib bozor iqtisodiyotining o‘z- o‘zini tartibga solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi xukmron qarashdan voz kechib, makrodarajada uni davlat tomonidan tar­tibga solish zarurligini asosladi.
U o‘z-o‘zini tartibga solish dastagi hisoblangan narx, ish haqi va foiz stavkasi egiluvchanligini inkor etdi. Shu sababli, Keyns talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan faol makroiq­tisodiy siyosat zarurligi to‘g‘risidagi qarashida qattiq turdi. U ishlab chiqarish va bandlikning o‘zgarishi taklif omillariga emas, balki yalpi talabga bog‘liqligini isbotladi. Keyns fikricha, yalpi sarflar tarkibiy qismlaridan har biri, asosan iste’mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha o‘zgarib turishi mumkin.
Bandlikning ortishi milliy daromad (MD) o‘sishiga olib keladi va u iste’molni belgilab beruvchi asosiy omil hisob­lanadi. MD hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yalpi talab ham shun­chalik katta bo‘lishi zarur. Biroq iste’molga sarflar daro­madlar o‘sgan darajaga mos ravishda ko‘paymaydi. Buning sababi Keyns fikricha, “asosiy psixologik qonun” hisoblanib daro­madlar o‘sib borishi bilan iste’molga moyillik pasayadi va daromadning jamg‘armaga yo‘naltiriladigan qismi ulushi nis­batan ko‘proq ortadi. Natijada MD hajmi qanchalik katta bo‘lsa iste’molchi real talabi nisbatan shunchalik kam bo‘ladi.
Aynan u ishlab chiqarish hajmi va shu orqali bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Iste’molchilik sarflaridagi “yetishmovchilik” investitsiyalar bilan qoplanishi zarur. Biroq Keyns qarashicha jamg‘armaning o‘sishi o‘z-o‘zidan investitsiyalar ko‘payishiga olib kelmaydi. Investitsiyalar o‘sishiga 1) kapital unumdorligi kamayib borish qonuni amal qilishi tufayli kutilayotgan foyda normasi pasayishi va 2) foiz normasiga bevosita bog‘liq yuqori likvidlikning (zaxirada naqd pulga ega bo‘lishiga intilish) afzal ko‘rilishi to‘siq bo‘ladi.
Keyns narxning kam xarakatchanligi dalilini hisobga olib uning o‘rniga “sotish hajmi” ko‘rsatkichini ilgari suradi.
Bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanatli hajmi shakl­lanish mexanizmini yangicha tasavvur qilish imkonini beradi. MD hajmining har qanday o‘sishi ishlab chiqarish va shu orqali yalpi taklif hajmi ortishining natijasi hisoblanadi.
Yalpi talab chizig‘ining boshlanish nuqtasi “nol” belgi­si­dan yuqoriroq joylashadiki, iste’molning ayrim eng muhim turlarini kishilar hatto daromadi eng kam darajada bo‘lganda ham amalga oshiradi.


Yüklə 492,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə