Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Xalqaro Olimpiya qo„mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Xalqaro Olimpiya qo„mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari. 
Bosh Assambleya, milliy olimpiya qo„mitalari assambleyasi, sessiya, kongress. 
Xalqaro sport harakatining birinchi bosqichi XX asrning boshlarigacha 
bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Bu, albatta, birinchi Xalqaro Olimpiya o‗yinining 
o‗tkazilishi (1896) va keyingi davrlarda har 4 yilda bir marta o‗yinlarning tashkil 
qilinishi bilan belgilanadi. 
1894 yilda Parijda I Xalqaro sport kongressi bo‗ldi. Bunda quyidagi 
masalalar ko‗rib chiqilgan edi: 
1. Havaskorlik va professionalizm 
2. Olimpiya o‗yinlari. 


255 
Hozirgi davrda Xalqaro Olimpiya qo‗mitasiga 204 dan ortiq mamlakat a‘zo 
bo‗lib kirgan. Sobiq Ittifoqdan ajralib, hozir mustaqil Davlat sifatida faoliyat 
ko‗rsatayotgan respublikalar 1991-1992 yillarda Xalqaro Olimpiya qo‗mitasiga 
a‘zo qilib qabul qilindi. Bu mamlakatlarning sportchilari sport cho‗qqilarini zabt 
etish, xalqlar o‗rtasida tinchlik va do‗stlikni mustahkamlash uchun o‗z g‗oyalarini 
olg‗a surmoqdalar. 
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)Xalqaro sport harakatining rivojlanishi 
va uning tashkilotchisi Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi faoliyatining rivojlanishini 
e‘tiborga olgan holda bu ishlarni kuzatib borish, tegishli yordam qilish maqsadida 
o‗zining muhim tayanchi bo‗lgan YUNESKO huzurida jismoniy tarbiya va sport 
bo‗yicha Xalqaro sport kengashini tashkil qildi. Bu tashkilot davlat hisobida 
bo‗lmagan davlat tashkilotlari bilan aloqador bo‗lib, jismoniy tarbiya va sport 
bo‗yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba 
almashish ishlari bilan shug‗ullanadi. Xalqaro sport harakatida sport 
uyushmalarining ahamiyati va o‗rni juda kattadir. 
Bular o‗z klassifikatsiyalariga (turlari) qarab jahon va regional 
uyushmalarga bo‗linadi. 
1) Jahon sport uyushmasiga Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi va xalqaro sport 
federatsiyalari, jismoniy tarbiya va sportning xalqaro Kengashi, Xalqaro sport 
federatsiyalari Bosh Assambleyasi, milliy olimpiya qo‗mitalarining Bosh 
assambleyasi va boshqa uyushmalar kiradi. 
2) Xududiy uyushmaga xududdagi milliy sport tashkilotining birontasi 
kiradi. Bunday tashkilotlarga Afrika sporti Oliy Kengashi, Osiyo Olimpiya 
Kengashi, Panamerika sport tashkiloti, Markaziy Amerika va Karib dengizi 
o‗yinlari sport tashkiloti, O‗rta er dengizi o‗yinlari xalqaro qo‗mitasi va boshqalar 
kiradi. 
Ijtimoiy-siyosiy 
xususiyati 
bo‗yicha 
xalqaro 
sport 
uyushmalari 
quyidagilarga bo‗linadi: 
- milliy uyushmalar, ligalar, davlat va jamoatchilik asosida tuzilgan 
mamlakatlarning uyushmasini o‗z ichiga oluvchi Xalqaro sport uyushmalari; 


256 
- kapitalistik davlatlarni ichiga oladigan Xalqaro sport uyushmalari (harbiy 
sport xalqaro kengashi - jismoniy tarbiya va sportning xalqaro katolik 
federatsiyasi); 

milliy sport tashkilotlarining professional holatlari bo‗yicha 
temiryo‗lchilarning Xalqaro sport uyushmasi, aloqa, telegraf va telefon 
xizmatchilarining Xalqaro uyishmasi; 
- ilmiy sohalar bo‗yicha (sport tibbiyotining Xalqaro federatsiyasi, sport 
psixologiyasining xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro sotsiologiya assotsiatsiyasi va 
boshqalar); 
- jinsi bo‗yicha (xotin-qizlar) jismoniy tarbiyasi va sportining xalqaro 
assotsiatsiyasi; 
- diniy e‘tiqodlar bo‗yicha (Xalqaro katolik va xristian sport uyushmalari). 
Har bir xalqaro sport uyushmasi o‗z Nizomiga ega. Ustavda uyushmaning 
vazifasi, maqsadi, ish mazmuni, a‘zolikka qabul qilish va undan chiqarish 
qoidalari, yig‗ilishlar, kongresslar o‗tkazish, qarorlar chiqarish tartiblari, moliyaviy 
masalalar, nashriyot ishlari va hokazolar aks ettirilgan. Nizomda rahbar xodimlarni 
saylash va ularning hisobot berib turishlari belgilangan. 
Xalqaro 
sport 
uyushmalarining 
byudjetlari 
asosan 
milliy 
sport 
tashkilotlarining badallari, sport musobaqalaridan yig‗ilgan mablag‗larning bir 
qismi, televizion ko‗rsatuvlar, nashriyot, ayrim shaxslarning homiyligi, 
hukumatlarning ba‘zi badallaridan hamda homiylikdan tashkil topadi. 
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi jahon sport harakatini boshqaruvchi oliy 
tashkilotdir. Uning vazifasiga xalqlar o‗rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng 
targ‗ib qilish va har 4 yilda bir marta o‗yinlarni tashkil qilish kiradi. Xalqaro 
Olimpiya qo‗mitasi havaskorlik sporti rivojlanishini taqdirlaydi, kelgusi o‗yinlarni 
o‗tkazish vaqti va joyini belgilaydi. Bu o‗yinlar xalqlar o‗rtasida sportdagi 
do‗stlikni mustahkamlaydi. 
E‘tirof etish kerakki, olimpiya o‗yinlarining asosiy g‗oyalari sportni 
rivojlantirish, u orqali xalqaro hamdo‗stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu 


257 
o‗rinda Per de Kubertenning «Sportga qoiyda»si (1912) muhim ahamiyat kasb 
etish bilan birga, u o‗zining mazmunan mohiyatini tobora rivojlantirmoqda. 
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining faoliyatini belgilab beruvchi asosiy hujjat 
Xartiya hisoblanadi. Unda Xalqaro Olimpiya harakatining maqsadi va vazifalari, 
huquq va burchlari belgilangan. Shuningdek, unda Xalqaro Olimpiya 
qo‗mitasining milliy va xalqaro sport uyushmalari bilan munosabatlari, olimpiya 
musobaqalarining dasturlari, olimpiada o‗yinlarini ochish va yopishdagi tadbirlar 
ham alohida ko‗rsatilgan. 
Xartiyada olimpiada o‗yinlariga sportchilarni qo‗yish shartlari ifodalangan. 
Bunda professional sportchilarning xalqaro olimpiada o‗yinlarida qatnashishi man 
etilgan. Shuningdek, irqchilik, millatlarni kamsitish va diniy yo‗llar bilan harakat 
qilishga yo‗l qo‗ymasligi alohida qayd qilingan. 
2008 yil ma‘lumoti bo‗yicha Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi 204dan ortiq 
mamlakatning milliy olimpiya qo‗mitalarini tan olgan. 
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining Oliy organi har yilda o‗tkaziladigan 
sessiyasi hisoblanadi. Sessiyalar oralig‗ida Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi faoliyatini 
ijroiya qo‗mita boshqaradi. Olimpiya o‗yinlari oldidan Xalqaro Olimpiya 
qo‗mitasi o‗zining Kongressi va Assambleyalarini tashkil etadi. Unda Prezident va 
ijroqo‗mni saylash, o‗yin qoidalari va dasturga kiritiladigan sport turalri va boshqa 
masalalarni hal etiladi. Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining tarkibida Xalqaro 
Olimpiya Akademiyasi mavjud. U, asosan, Olimpiya g‗oyalarini targ‗ib qiladi. 
Bunda Prezident, 3 ta vitse-prezident va a‘zolar bo‗ladi. Prezident har 8 yil 
muddatga saylanadi. Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi a‘zolarini saylash muddati 
belgilanmaydi. Lekin u 72 yoshga kirsa, a‘zolikdan chiqib ketadi. 
Xalqaro Olimpiya harakatining barcha davrlarida 9 ta prezident saylangan. 
Ular quyidagilar: 
1. 
D.Vikelas, Gretsiya, 1894-1896 yillar. 
2. 
Per de Kuberten, Fransiya, 1896-1925 yillar. 
3. 
A.de Baye-Latur, Belgiya, 1925-1942 yil-lar. 
4. 
E.Edstryom, SHvetsiya, 1942-1952 yillar. 


258 
5. 
E.X.Brendejd, AQSH, 1952-1972 yillar. 
6. 
Lord M.Killanin, Irlandiya, 1972-1980 yillar. 
7. 
X.Samaranch, Ispaniya, 1980-2001 yillar. 
8. 
Jak Rogge, Belgiya, 2001-2013 yillar. 
9. 
Tomas Bax, Germaniya, 2013 yildan. 
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining (XOQ) moliyaviy manbai asosan Milliy 
olimpiya qo‗mitalari (MOQ) a‘zoligidan, ya‘ni har bir a‘zo Amerika dollari 
hisobidan badallar to‗laydi, Olimpiya o‗iynlarining televizion ko‗rsatuvlaridan 
yig‗ilgan pullarning bir qismi, Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi byulleteniga 
obunalardan bir qismini tashkil qiladi. Olimpiya o‗yinlari jarayonidagi barcha 
harajatlarni o‗yinni tashkil qilgan mamlakat ko‗taradi. 
Olimpiya o‗yinini o‗tkazish uchun mamlakatda Tashkiliy qo‗mita tuziladi 
va u barcha ishlar uchun Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi, Xalqaro sport federatsiyasi 
va Milliy Olimpiya qo‗mitasi oldida to‗la javob beradi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə