Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Nazorat savollari: 
1.
Ommaviy sportni tashkil etish va uni boshqaruvida ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolar nimadan iborat? 
2.
Ommaviy sport rivojida qaysi xorijiy tajribalardan foydalanish mumkin? 
3.
Ommaviy sport rivojida-moliyaviy, moddiy, mehnat va ilmiy-axborot 
resurslar bilan ta‘minlanganlikni qaysi omillarga qarab baholash mumkin? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


242 
 
 
 
 
 
 
15-MAVZU. O„ZBEKISTON XALQARO OLIMPIYA HARAKATIDA 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY OLIMPIYA QO„MITASI 
1.O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining Nizomi. Uning 
tarkibiy tuzilishi: Bosh Assambleya, Kongress, sessiya, ijroqo‗m. 
2.O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining asosiy vazifalari. 
3.Olimpiya klublari. Olimpiya Akademiyasi, ularning vazifalari. 
Tayanch iboralar:
 
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi

Bosh Assambleya, Kongress, 
sessiya, ijroqo‘m, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi,Olimpiya 
klublari, Olimpiya Akademiyasi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Xartiyasi, Olimpiya 
g‘oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o‘yinlari.
1.O„zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo„mitasining Nizomi 
Xalqaro Olimpiya harakatining olamshumul kengayishi, O‗zbekistonda 
jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi, ayniqsa, Respublikamizning 
mustaqillikni qo‗lga kiritib, davlat sifatida tanilishi natijasida O‗zbekiston Milliy 
Olimpiya qo‗mitasi 1992 yil 21 yanvarda tashkil etildi va shu yili Xalqaro 
Olimpiya qo‗mitasi (XOQ) tarkibiga rasmiy ravishda a‘zo bo‗ldi. O‗zbekiston 
Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining birinchi ta‘sis majlisida Milliy 
Olimpiya qo‗mitasining Nizomi ham qabul qilindi va keyinchalik Xalqaro 
Olimpiya qo‗mitasining Xartiyasi (Nizomi) va Milliy Olimpiya qo‗mitasining ish 
tajribalari asosida qayta ko‗rib chiqildi hamda unga qisman o‗zgartirishlar kiritildi. 
O‗sha paytlarda. Milliy Olimpiya qo‗mitasi tarkibiga 127 kishi va faxriy a‘zolikka 
11 nafar kishi saylandi. 
O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining Nizomida, asosan, 
uning tarkibiy tuzilishi, maqsad va vazifalari, burchlari hamda huquqlari alohida 


243 
belgilangan. Shuningdek, sportchilar, murabbiylarning huquq va vazifalari, 
musobaqalarda qatnashish jarayonlari, moliyaviy ta‘minot, a‘zolik badallari ham 
o‗z ifodalarini topgan. 
Nizom O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalqaro Olimpiya 
qo‗mitasi Xartiyasi talablari asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, Milliy Olimpiya 
qo‗mitasi bayrog‗i, emblemasi va boshqa ramzlari, nishonlari haqida qayd etilgan. 
O‗zbekiston Milliy Olimpiya qo‗mitasi hukumatga qarashli bo‗lmagan mustaqil 
faoliyat ko‗rsatuvchi tashkilotdir. Uning oliy organi Bosh Assambleya (majlis) 
hisoblanadi. U yil davomida bir marotaba o‗tkaziladi. Assambleyalar oralig‗ida 
rahbarlik ishlari Milliy Olimpiya qo‗mitasining Ijroiya qo‗mitasi tomonidan olib 
boriladi. Uning tarkibi Prezident, 2 ta vitse- prezident, bosh kotib va 18 nafar 
a‘zolardan iborat. Ular 4 yil muddatga saylanadi. 
Kongress Milliy Olimpiya qo‗mitasining eng yirik va kengaytirilgan 
majlisidir. Unda Olimpiya harakati va sport turlarini rivojlantirish bilan bog‗liq 
masalalar muhokama etiladi. Eng ilg‗or tajribalar, ilmiy - tadqiqot natijalari va 
muammoli masalalarga alohida yondoshiladi. Zarur bo‗lsa, Milliy Olimpiya 
qo‗mitasi a‘zolari va Prezidentini ham saylandi. 


244 
Milliy Olimpiya qo‗mitasining sessiyasi u yoki bu qarorni tasdiqlash, 
ularning ijrolarini muhokama qilish, komissiyalarning hisobotlarini eshitish kabi 
faoliyatlar bilan shug‗ullanadi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə