Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Mehnat resurslari.
Xalqaro qonunchilikda shuni ta‘kidlaydiki, FKS 
sohasida ta‘lim berish, kadrlar bilan ta‘minlash va boshqaruv tizimi malakali 
personallar bilan ta‘minlangan bo‗lishi kerak. Bunda barcha personal tegishli 
malaka va tayyorgarlikka, shuningdek, ixtisosligiga mos keladigan darajani 
ta‘minlash maqsadida o‗z malakasini oshirib borishi kerak. Undan tashqari, ilgari 
ta‘lim olgan va ular orasidan tanlab olingan ko‗ngilli personallardan ham 
foydalanish mumkin
7

Ommaviy sport yoki barcha uchun sport ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni 
echishda asosiy tamoyillarini o„rganish 
Xorijiy mamlakatlarda ―Sport to‗g‗risida‖ gi qonunchilik ushbu tarmoqdagi 
kadrlar resursi bo‗yicha barcha masalalarni, shuningdek, turli toifadagi 
personallarning ish haqlarini tartibga soladi. Bunda munitsipal sport xodimlari –
sport ishlari bo‗yicha direktor, sport ishlari bo‗yicha muovin, sport bo‗yicha 
instruktor, aholining maxsus guruhlari uchun ish haqi, davlat byudjeti hisobidan 
to‗lanadigan sport bo‗yicha instruktorlarining malakasini munitsipal sport 
qo‗mitasi belgilaydi. 
Fransiyada, shuningdek, murabbiy personallarini tayyorlash standartlari 
qattiq tartibga solib turiladi. Xususan, maxsus diplom –ta‘lim berish, jismoniy 
tarbiya va sport faoliyatini tashkil etish, shuningdek, taqdirlashda ushbu faoliyatni 
boshqarish hamda o‗qituvchi, murabbiy, instruktor, tarbiyachi va shunga o‗xshash 
xodimlarning o‗z vazifalarini bajarishlariga ruxsat beruvchi xujjat hisoblanishi 
belgilab berilgan.
Finlyandiyada JMS sohasida mutaxassislar va o‗qituvchilarni tayyorlash 11 
ta jismoniy tarbiya va sport markazlari hamda o‗quv muassasalarida olib boriladi. 
Masalan, Vierumyaki sport va jismoniy tarbiya instituti eng yaxshi sport 
7
―Qualitative research for physical culture‖ Publisher: Palgrave, Macmillan, 2011. Authors: Pirkko 
Makvulla, Michael Silk. ISBN 978-0-230-30563-2. 


239 
markaziga ega, uning faoliyati ―rivojlantirish, ishlab chiqarish va sotish‖ biznes-
g‗oyasiga asoslangan. Markaz rivojlangan infratuzilmaga ega, markazda 110 nafar 
shtat xodimlari mavjud, yil davomida zaruratga ko‗ra yana 800 nafar shtatdan 
tashqari xodim olish imkoniga ega.
Sport murabbiylarini tayyorlash ta‘lim tizimi 3-4 yil davom etadi. 
Xarajatlarining bir qismini markaz Ta‘lim vazirligi hisobidan qoplaydi. 
Xarajatlarini qoplay olmaydigan tashkilotlarga davlat tomonidan ajratiladigan 
mablag‗ atigi 10 % ni tashkil qiladi. Daromadning 38 %i ishchilar maosh puliga 
sarflanadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə