Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Moliyaviy resurslar.
 
Xalqaro qonunchilik ommaviy sport masalalarini 
echishda davlat mablag‗i – milliy, mahalliy va hududiy resurslardan foydalanishga 
chaqiradi. Lekin, keltirilgan misollar shuni ko‗rsatadiki, ommaviy sportning 
rivojlanishida xarajatlar ortishi tufayli yagona manbadan olinadigan moliyaviy 
ko‗mak muammolarni hal etmaydi. Shuning uchun ommaviy sportni rivojlanishida 
ko‗p tarmoqli moliyaviy ko‗mak zarur.
Misol uchun, Ispaniya Oliy kengash mablag‗i – har yili davlat byudjetidan 
ajratiladigan pul, hukumat o‗rnatgan narxlardan olingan daromad, ma‘muriy idora 
va davlat birlashmalari tomonidan ajratilgan pullaridan, hadya, meros, vasiyat, 
mukofot pullaridan, davlat normativ aktlari taqdim etadigan iqtisodiy 
imtiyozlardan, xususiy mulkdan keladigan daromad, qarz va kreditlardan keladigan 
mablag‗dan foydalanishni ta‘kidlaydi.
Ta‘kidlash joizki, sport uchun sarf etiladigan xarajatlar rivojlangan Evropa 
mamlakatlarida YAIM bo‗yicha 0.2-2 %ni (yoki o‗rtacha 2 mlrd. AQSH doll.) 


236 
tashkil etadi, xarajatlarning qolgan katta qismi esa boshqa manbalar yordamida 
moliyalashtiriladi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, SHvetsiya va 
Daniyaning davlat sport byudjeti Fransiyaning mahalliy sport byudjetining 20 
%idan kamroq qismiga to‗g‗ri keladi, Italiyada 30 %, Ispaniya va Portugaliyada 
esa 40 %ni tashkil qiladi. Xududiy, o‗z-o‗zini boshqarish idoralari va davlat 
boshqaruvidagi umumiy sport byudjeti Buyuk Britaniyada – 95 %, Germaniyada – 
98 %, Ispaniyada – 76 %, Finlyandiyada – 85 %, Fransiyada – 77 %, Shvetsiyada – 
90 % va Italiyada – 57 % ni tashkil qiladi. 
Finlyandiyada ommaviy sportni rivojlantirish va mamlakatning barcha 
fuqarolari sport faoliyatini olib borishi uchun hukumat tomonidan belgilangan 
tartib asosida moliyaviy ko‗mak va davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar 
bilan barcha zaruriyatlar bartaraf etilmoqda.
Fransiya Respublikasining Jamiyatda sport va jismoniy faollikni tashkil etish 
va oshirish haqidagi qonunida (1984 y., o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilgan) 
sport tashkilotlarining davlat tomonidan ko‗mak qabul qilish tartiblari keltirilgan. 
Bunday ko‗mak ko‗rsatishdagi asosiy shartlardan biri vakillik vakolatining 
mavjudligidir. Maktab va universitet sport uyushmalari ham davlat, ham mahalliy 
o‗z-o‗zini boshqarish idoralaridan yordam olishadi. Nomi keltirilgan uyushmalar 
o‗zlariga tegishli sport inshoatlari va sport jihozlaridan foydalanish imkonini 
ta‘minlab beradi. Fransiyada davlat byudjetining 0.2 % mablag‗i sportga ajratilgan.
 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə